Jamiyat
Belgiya Toshkent shahrida o‘z elchixonasini ochadi. Bu haqda Belgiyaning nufuzli “Eureporter” va “Eureflect” nashrlarida e’lon qilingan O‘zbekiston bilan ikki tomonlama hamkorlikning yangi rivojlanish bosqichiga bag‘ishlangan “Belgiya Toshkentda elchixona ochmoqda” sarlavhali maqolaga tayanib, Dunyo axborot agentlixi xabar berdi.
Maqolada yozilishicha, so‘nggi o‘n yillikda O‘zbekiston va Belgiya o‘rtasidagi diplomatik va iqtisodiy hamkorlik sezilarli darajada rivojlandi. Belgiyaning Toshkentda elchixona ochish qarori shunchaki ma’muriy qadam emas, balki O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi geosiyosiy va iqtisodiy ahamiyatining ortishi va Yevropa bilan mintaqaviy strategik munosabatlarning kengayishidan dalolat beradi.
Belgiya O‘zbekiston mustaqilligini 1991-yilda tan olgan va rasmiy diplomatik aloqalar 1992-yilda o‘rnatilgan. 1995-yildan beri O‘zbekistonning Bryusselda elchixonasi faoliyat yuritib, Yevropa Ittifoqi va Belgiya bilan doimiy muloqotni ta’minlab kelmoqda. Yangi Toshkentda elchixona ochilishi ikki tomonlama munosabatlarda yangi bosqich va O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi muhimligiga belgisi ekani ta'kidlangan.
Nashrlarda qayd etilishicha, parlamentlararo do‘stlik guruhlari va vazirlar darajasidagi aloqalar ikki mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hamkorligini institutsional asosda mustahkamlaydi. Bu mexanizmlar savdo, turizm, ta’lim va gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112445
Jamiyat
95110
Jamiyat
91338
Jamiyat
76026
Jamiyat
//
Izoh yo‘q