Jamiyat
Xonanda Mirodil Hakimov mualliflik huquqini buzganligi uchun farg‘onalik shoirga jami 140 million so‘m miqdorida tovon puli va ma’naviy zarar to‘laydi.
Avvalroq xonanda Mirodil Hakimov «Uylanamiz» qo‘shig‘i uchun she’rning muallifi Erkin Doripov bilan hech qanday shartnoma tuzmasdan huquq egasining ruxsatisiz foydalanganligi bois jarimaga tortilgani haqida xabar berilgandi.
Shunga muvofiq joriy yilning sentabr oyida shoir Erkin Doripov Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudiga mualliflik huquqlari buzilishiga chek qo‘yish, mualliflik huquqlari buzilgani uchun tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasini kiritgan.
Mazkur da’vo arizasi bo‘yicha fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, sudning hal qiluv qarori bilan da’vo arizasi qisman qanoatlantirildi. Natijada Mirodil Hakimovdan da’vogar Erkin Doripovga 50 million so‘m miqdorida ma’naviy zarar hamda bazaviy hisoblash miqdorining 300 barobar miqdorida (90 million so‘m) tovon puli undirish belgilangan. Bundan tashqari javobgarning zimmasiga «Uylanamiz» she’ridan muallifning roziligisiz foydalanmaslik majburiyati yuklatilgan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q