Sirdaryoning yana 8 tumanida “Maʼnaviyat festivali” o‘tkazildi

Saqlash
17:05 / 12.10.2022 772 0

11–15-oktabr kunlari Sirdaryo viloyatida “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlardan iborat “Maʼnaviyat festivali” boʻlib oʻtayotgani, Mirzaobod hamda Sirdaryo tumanlarida tadbirlar koʻtarinki ruhda oʻtkazilgani haqida xabar bergandik.

 

 

Festival doirasida mehmon sanʼatkorlar Boyovut, Sayxunobod, Sardoba, Guliston, Xovos, Oqoltin, Mirzaobod, Sirdaryo va Xovos tumanidagi mahallalaridagi xonadonlarda boʻldi. Shuningdek, xalq bilan davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar oʻtkazildi.

 

Ular “Mehr-muruvvat va saxovat” loyihasining amaliy davomi sifatida aholiga oʻzlarining qaynoq tilaklarini yoʻllashib, sovgʻalar ulashdi.

 

 

Tadbirlar doirasida “Vatan ostonasi”, “Muhabbat bahori”, “101-reys”, “Meros”, “Ayol qismati”, “Ayol qalbi”, “Baron 2”, “Bir kunlik toʻy” singari bir qator filmlar premyeralari ham boʻlib oʻtadi.

 

 

Uchrashuvlarda aholi, ayniqsa, yosh avlod qalbida vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik hissini yanada kuchaytirish, ularni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida tarbiyalash, fuqarolarimizning ong-u tafakkuri, dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//