Jamiyat
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga falsafa doktori (PhD) Hilola Nazirova direktor etib tayinlandi.
Hilola Nazirova 1983-yili Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent davlat sharqshunoslik institutida bakalavr va magistratura bosqichlarini tamomlagan. OʻzR FA Tarix instituti kichik ilmiy xodimi boʻlib faoliyatini boshlagan. OʻzR FA Sharqshunoslik instituti aspiranturasini oʻtagan.
Hilola Nazirova 2022-yili «Qoʻngʻirotlar sulolasi tarixnavisligida Muhammadrizo Ogahiyning «Zubdat ut-tavorix» asari» mavzusida dissertatsiyasini yoqlab, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.
Olima «Zubdat ut-tavorix» asarining ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlagan. “Xonlar alqagan muarrix” risolasi ham nashr etilgan.
Hilola Nazirov, shuningdek, Fanlar akademiyasi yoshlar yetakchisi, Sharqshunoslik instituti Yosh olimlar kengashi raisi, “Bilimkent” seminari taʼsischisi, “Oʼzbekiston tarixi” telekanalida “Tarixiy savol” koʻrsatuvi hammuallifi hamdir.
Hilola Nazirova oyina.uz portalining faol mualliflaridan sanaladi. Uning maqolalari bilan quyidagi havolalar orqali oʻqishingiz mumkin.
“Bahoriston”ning Ogahiy tarjimasidagi ilk qoʻlyozmasi
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q