Jamiyat
O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi bosqich talabalarining bandligini ta’minlashga qaratilgan “Mening birinchi kasbim” dasturi joriy etiladi. Bu prezidentning yoshlar bandligini qo‘llab-quvvatlashga oid qarorida belgilandi.
Qarorga ko‘ra, dastur doirasida OTM, ish beruvchi va talaba o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi. Shartnoma asosida talabalarga amaliyot davrida har oy bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha, ya’ni 2 mln 60 ming so‘mgacha qo‘shimcha stipendiya to‘lanadi.
Shuningdek, istiqbolli startap loyihalarining namunaviy modelini yaratish xarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi. Zarurat tug‘ilganda, talabalarni xorijdagi OTM va korxonalarda qisqa muddatli kurslarda o‘qitish uchun 20 mln 600 ming so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.
Dastur ijrosini moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 15 mln dollar ekvivalentida mablag‘ yo‘naltiriladi. Bundan tashqari, qaror bilan talaba va yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratish hamda qariyb 100 mingta yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Siyosat
112445
Jamiyat
95109
Jamiyat
91337
Jamiyat
76026
Jamiyat
//
Izoh yo‘q