Jamiyat
Bugun, 5-iyundan oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish uchun qabul boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Oliygohlar bakalavriatiga qabul jarayoni Prezidentning PF-81-son Farmoniga muvofiq, ikki bosqichda — “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi.
1-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtib, faqat test sinovida ishtirok etsa:
— fanlar majmuasi;
— taʼlim tili;
— test topshirish hududi.
Agar alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy/ijodiy imtihonlarda ishtirok etmoqchi boʻlsa:
— taʼlim tili;
— test topshirish hududi;
— alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishi;
— kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan oliygoh.
Oliygohlarga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi.
2-bosqichda abituriyentlar kirish imtihonlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali quyidagilarni tanlaydi:
— oliy taʼlim muassasasi;
— bakalavriat taʼlim yoʻnalishi;
— taʼlim shakli;
— tanlov ustuvorligi.
Abituriyent test sinovida toʻplagan ballarini imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga bilishi mumkin. Uning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani qabul jarayonining 2-bosqichi toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Texnikumlarda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar oliygohlarga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi:
— texnikum;
— kasb va mutaxassislik;
— taʼlim shakli.
Natija bir hafta muddatda Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulayliklar yaratish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda barcha oliy ta’lim tashkilotlarida “Qabul-2026” shtabi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Bundan tashqari, fuqarolarimiz vazirlikning 1006, Agentlikning 1195 ishonch telefoni yoki @EduuzUniversalBot’ga murojaat qilgan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
112445
Jamiyat
95109
Jamiyat
91337
Jamiyat
76026
Jamiyat
//
Izoh yo‘q