Madaniyat
O‘zbekiston xalqining uch ming yildan ortiq davlatchilik tarixining ajralmas qismi bo‘lgan harbiy tarix, sarkardalarning harbiy mahorati, milliy Qurolli kuchlarning barpo etilishi va rivojlanish bosqichlari, shuningdek, mamlakatda harbiy sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni xalq, ayniqsa, yoshlar va dunyo jamoatchiligiga tanitish va targ‘ib etish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 3-iyundagi qarori bilan Qurolli kuchlar davlat muzeyi negizida O‘zbekiston harbiy san’ati tarixi davlat muzeyi tashkil etiladi.
Hujjatga ko‘ra, Mudofaa vazirligi Madaniyat vazirligi, Madaniy meros agentligi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan birgalikda muzey ekspozitsiyalarini yuksak g‘oyaviy-badiiy saviyada yaratish uchun eng iste’dodli va mahoratli ijodkorlar hamda mutaxassislarni jalb etadi.
Muzeyning umumiy ko‘rinishi va me’moriy tuzilishi milliy uslub hamda an’analarga mos bo‘lishi, ekspozitsiyalar jahondagi ilg‘or tajribalarni o‘zida mujassam etishi ta’minlanadi. Muzey ekspozitsiyalari va kompozitsiyalari ta’sirchan, interaktiv usullar, innovatsion texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalangan holda yaratiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
112445
Jamiyat
95109
Jamiyat
91337
Jamiyat
76026
Jamiyat
//
Izoh yo‘q