Ilm-fan
Yaqinda Xiva shahar ichki ishlar boʻlimi 9 ta noyob qoʻlyozmani Xorazm Maʼmun akademiyasi tasarrufiga topshirdi. Tarixiy kitoblar orasida Saʼdiy Sheroziyning “Guliston”i va Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”i tarjimasi ham borligi, ayniqsa, qoʻlyozmalar Muhammadrizo Ogahiyning shaxsiy dastxati bilan bitilgani oʻzbek manbashunosligida muhim yangilik boʻldi.
– Yangi topilgan 9 qoʻlyozmadan biri “Guliston”ning turkiy tarjimasi va Ogahiyning dastxati ekani toʻgʻrisida olimlar Komiljon Xudoyberganov, Abdulla Oʻrozboyev xulosa bergan, – deydi Xalqaro ogahiyshunoslar kengashi ilmiy kotibi, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Hilola Nazirova. – Ammo soʻnggi varagʻini sinchiklab qaraganimizda “Guliston”ning yakuniga oʻxshamasdi. Ustiga ustak, kitob 220 sahifadan oshiqroqligi ham jildda ikkita asar boʻlishi mumkin, degan taxminni kuchaytirdi.
Ogahiyning tarjima kitoblari roʻyxatida “Guliston”dan keyin “Bahoriston” keltirilgan, lekin haligacha birorta nusxasi topilmagan edi. Bu asarning Shoislom Shomuhammedov tomonidan hozirgi oʻzbek adabiy tiliga oʻgirilgan variantini qoʻlyozmaning soʻnggi varagʻi bilan solishtirdik.
Ikki tarjimani bir asrlik katta davr ajratib tursa-da, matnning bir-biriga juda oʻxshashligi chindan ham hayratlanarli edi. Abdurahmon Jomiy qalamiga mansub “Bahoriston” asaridan Muhammadrizo Ogohiy amalga oshirgan turkiy tarjimaning hozircha dunyoda yagona nusxasi shu tariqa kashf etildi.
Yana bir qiymatli tarafi, mazkur qoʻlyozma nafaqat dastxat, balki qoralama nusxa hamdir. Yaʼni toʻldirish va oʻchirishlar bilan koʻchirilgan. Bu esa adibning ijodiy laboratoriyasini ich-ichidan oʻrganish, tarjimonlik mahorati va soʻz qoʻllash usullarini aniq misollar asosida tadqiq etishga boy material beradi.
Tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Hilola Nazirovaning mazkur noyob qoʻlyozma haqidagi toʻliq maqolasini ushbu havola orqali oʻqishingiz mumkin.
Eslatib oʻtamiz, “Shajarayi turk” asarining Gurlan nusxasi topilgani haqida ham Oyina.uz portali xabar bergandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q