O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor


Saqlash
11:07 / 29.07.2022 1202 0

 

2020-yil yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida jamiyatda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ishlarga to‘xtalib, 30-iyul sanasini Xalqlar do‘stligi kuni sifatida nishonlashni taklif qilgandi.

 

2021-yil 5-fevralda Oliy Majlis Senati “Xalqlar do‘stligi kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi. 2021-yil 10-fevral kuni ushbu hujjat O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolandi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat, jumladan, 16 ta diniy konfessiya vakillari istiqomat qiladi. Konstitusiyamizning 4-moddasida belgilab qo‘yilganidek, O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tili, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratib beradi.

 

Hozirgi paytda yurtimizda 147 ta milliy madaniy markaz, shuningdek, 38 ta do‘stlik jamiyati faoliyat yuritadi. Respublika davlat ta’lim muassasalarida darslar 7 ta tilda: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik va turkman tilida olib boriladi. Teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar 12 tilda efirga uzatiladi. Gazeta va jurnallar 10 dan ortiq tillarda chop qilinyapti. 

 

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyundagi qarori bilan “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni ta’sis etilgan. Ko‘krak nishoni bilan millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitining mustahkamlanishiga munosib hissa qo‘shgan mahalliy va xorijiy davlat organlari xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, tadbirkorlik sub’yektlari, ijtimoiy soha va OAV vakillari hamda chet eldagi vatandoshlar taqdirlanadi. Har yili Xalqlar do‘stligi kunida topshiriladigan mazkur ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti to‘lanadi.

 

Ma’lumot uchun, BMT Bosh Assambleyasi 2011-yili qabul qilgan rezolyusiyada xalqlar, davlatlar, madaniyatlar va insonlar o‘rtasidagi do‘stlik, tinchlikni ta’minlash bilan bog‘liq harakatlarga ilhomlantirish hamda madaniy xilma-xillikni hurmat qiladigan jamiyatlar o‘rtasida ko‘priklar o‘rnatish maqsadida 30-iyul – Xalqaro do‘stlik kuni (International Day of Friendship) sifatida belgilangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Ma’naviyat

18:04 / 18.04.2024 0 195
Ey qarindoshlar!





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19177
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 7 16004
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi