Yaqinda taniqli adabiyotshunos va shoir Rahimjon Rahmat: “Abduvohid, turk-o‘zbekcha ismlar ro‘yxatini tuzish kerak”, deb murojaat qilib qoldi. Men: “Buni qarang, Rahmat aka, qariyb o‘n yillardan beri chin o‘zbekcha otlarni yig‘ib kelaman”, – deb javob qildim.
Hozirgi o‘zbek ismlarini asosan uch katta qism: arabcha, forscha va turk-o‘zbekcha ismlar guruhiga bo‘lish mumkin. Afsuski, ular ichida eng g‘aribi, eng kam uchraydigani – chin o‘zbekcha ismlardir. Keyingi paytlarda esa ularning soni yanada keskin kamayib bormoqda. O‘z farzandini o‘z tilidagi ot bilan atashga or qiladigan o‘zbekday millat bo‘lmasa kerak.
Shuningdek, o‘zbek ismlari ichida aralash: arabcha-o‘zbekcha (Alloberdi), forscha-o‘zbekcha (Gulyuz), forscha-arabcha (Dilmurod) ismlar ham juda ko‘p.
Ma’lumki, Islomdan keyin, har bir musulmonning ismi islomiy bo‘lishi kerak, degan aqida ta’sirida sof turkiy ismlar qo‘yish udumi o‘rta asrlardayoq taraqqiyotdan to‘xtagan. O‘tmishda fors tili arab tilidan keyin ikkinchi madrasa tili, adabiyot tili bo‘lib kelganligi uchun forscha ismlar bundan turk ismlariga nisbatan kam ziyon ko‘rgan. Shunday bo‘lsa-da, o‘tmishda ajdodlarimiz chin o‘zbekcha ism qo‘yish udumini saqlab kelishgan. Ammo bugungi kunda, o‘zbek tili arab, fors tillari ta’siridan ancha mustaqil bo‘lgan bir paytda, chin o‘zbekcha otlardan mutlaqo voz kechilmoqda. Bugungi avlod farzandiga seriallarda ko‘rgan, qulog‘i yoqtirgan biror qahramonning ajnabiy, ma’nosini o‘zi ham tushunmaydigan ismini ravo ko‘rishi mumkin, ammo o‘zbekcha ot qo‘ymaydi. O‘zbekcha ism go‘yoki eskilik sarqiti, “modniy” emas.
Xullas, men ancha yillardan beri o‘zim bilgan, eshitgan, manbalarda duch kelgan chin o‘zbekcha otlarni yig‘ib kelayotgan edim. Rahimjon Rahmatning gapi bilan uni e’lon qilib ko‘rsammi, deb o‘yladim. Albatta, bu ish hali chala, ancha to‘ldirilishi kerak, ehtimol, bir kun uni kitob holiga keltirish mumkin bo‘lar. Eslatib o‘taman, ushbu ro‘yxatga aralash ismlar (misol, Xudoyberdi) emas, balki butunlay turkiy (Tangriberdi) ismlar kiritildi. Agar sizga ushbu ro‘yxatda keltirilmagan, siz yashaydigan hududda uchraydigan chin o‘zbekcha otlar (albatta ular juda ko‘p) ma’lum bo‘lsa, ularni izohda yozib qoldirsangiz, buning uchun oldindan o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. (Iltimos, faqat sof o‘zbekcha (turkiy) ismlarni taklif qilsangiz.)
Chin o‘zbekcha otlar
(Tuzuvchi Abduvohid Hayit)
A
Adashboy
Alp
Alparslon (Saljuqiy hukmdorlardan birining oti)
Alpomish
Alptegin (G‘aznaviylar davlati asoschisi)
Alper
Arslon
B
Balqiya
Barchin (Ma’nosi “ipak”, “parcha”. “Devonu lug‘otit-turk” ind. 57)
Bahodir
Begimoy
Begoyim
Begimqo‘l
Bektosh
Beybars (Mamluklardan birining oti)
Bekbo‘ta
Bektemir
Bekqul
Bekchik (“Temur tuzuklari” 18-bet. Dashti Jete amirlaridan birining oti)
Berdi, Berdibek
Berkin
Bibixon
Bibish
Bilga
Boybek
Boybo‘ri
Boyir
Boykeldi
Boysun
Boysari
Boysunqo‘r
Bolibek
Bolqiboy
Bolbuvi
Bolta
Botir
Bosim
Boshbek
Burxon (arabcha “burhon” emas, qadimgi turkiycha “burxan”, “burqan”)
Burgut
Bo‘rivoy
Bo‘ritosh
Bo‘ta
V
G
Go‘zal
D
Dadaxon
Ye
Yetmishboy
Yo
Yovqoch (Jovqoch)
Yovqochdi
Yozi
Yozibek
Yolqin
Yorqin
Yorqinoy
Yomg‘ir
J
Jovli
Jongil
Z
I
Inju
Inoq
Ipak
Y
Yo‘ldosh
Yo‘lbars
Yo‘lchi
Yigitali (-ali – arabcha)
K
Katta, Kattabek
Kattabuvi
Kengboy
Kenja
Ketmon
Kimsan
Kimsanboy
Kunsuluv
Kuntug‘mish
Ko‘klamboy
Ko‘paysin
Ko‘rkli
Ko‘chakboy
Ko‘char
Ko‘chim
Ko‘chimxon
Ko‘kalp
L
Lochin
M
Mayram
Manguberdi
Meli
Meliqo‘zi
Mengir
Mengli
Menglixon
Momoxon (Momoxol: “xol” – forscha)
Momobuvi (bibi)
N
O
Oybalqi
Oybek
Oybeka
Oybibi
Oyday
Oydin
Oysara
Oysuluv
Oytosh
Oyto‘la
Oychechak
Oychuchuk
Oyxon
Oyxonim
Oyqiz
Olmaxon
Olmos
Oltmishboy
Olg‘u (“Olg‘u Chig‘atoyning nabirasi tutur”. Abulg‘oziy. Shajarayi turk. 89-bet)
Onaxon
Oppog‘oy
Orol
Ortiq
Otabek
Otaboy
Otaxon
Ochildi
Ochil
Oqin
Oqbilak
Og‘abek
P
Pamuq
R
S
Sabuktegin (eski turkiyda: “sevimli shahzoda”. Mahmud G‘aznaviyning otasining ismi)
Saljuq
Sanjar
Sevar
Sevara
Sevgi
Sevinch
Sotvoldi, Sotiboldi
Suluv
Suyun
Suyunbek
Suyunbeka
Suyunch (Shayboniyxon o‘g‘lining ismi)
Suyanch
Suyar
Suyarqul
Suqsur
T
Tangriberdi
Tangribek
Tanishbek
Tarxon (Tarkan)
Tegin
Tegina (Teginabegim)
Tesha, Teshavoy
Tilov
Tilak
Tinibek
Tirkash
Toymas
Tolmas
Tongotar
Tosh
Toshbolta
Toshbuvi, Toshbibi
Toshtemir
Toshto‘xta
Toshqin, Toshqinboy
Tog‘ay
Tog‘boy
Tuyma, Tuymaboy
Tuyg‘u
Tuman
Turat
Turdi, Turdibek
Turkonbegim
Turon
Turg‘un
Turg‘unboy
Turmish (Turmish oqa Amir Temur davrida Qarshi beklaridan Joku barlosning qizining ismi. 1354-yili Temurbek 18 yoshida Turmish oqaga uylangan)
Tursun, Tursunboy
Tursunoy
Tug‘luq (Tug‘li, Tuxli)
Tug‘rulbek (Saljuqiylar davlati asoschilaridan)
Tuqtemur (“Temur tuzuklari” 18-bet. Dashti Jete amirlaridan birining oti).
To‘ychi
To‘la
To‘lagan
To‘lg‘onoy
To‘lqin
To‘ra, To‘raqo‘l
To‘ti
To‘xta
To‘xtaboy
To‘xtasin
To‘xta
To‘qsuluv
To‘g‘ri, To‘g‘ribek
U
Uzoq
Uyto‘l, Uyto‘loy
Uyto‘la
Ulash
Ullibibi
Ulbo‘lsin
Ulug‘bek
Ulug‘berdi
Ulug‘boy
Ulug‘xon (Hindistonda hukmronlik qilgan mamluklar sulolasidan Dehli sultonligi to‘rtinchi hukmdorining ismi. (1265–1287) G‘iyosiddin Balban)
Ulg‘ay
Umid, Umida (bu ism forscha deyiladi, lekin qadimgi turkiyda “umid” ma’nosida “umdu”, “umunch” so‘zlari bo‘lgan. Shu kabi “umunchlig‘” – umidli, “umundim” – umidlandim)
Unsin, Unsinoy
Uchqun
F
X
Xontemir
Xonkeldi
Xonbibi
Xoqon
Ch
Charos
Chag‘ribek (Saljuqiylar davlati asoschilaridan birining oti. “Chag‘ri” eski turkman tilida “lochin”)
Chechak
Chinni (Chinnixol, chinnigul)
Chingiz
Chuchuk
Cho‘li (Cho‘lli)
Cho‘yan
Sh
Shodlik
Shaymanboy
Shunqor
E
Egamqul
Egamberdi, Egambergan
Elbek
Elkezar
Elsevar, Elsuyar
Eltuzar
Eltutmish (Hindistonda hukmronlik qilgan mamluklar sulolasidan Dehli sultonligi uchinchi hukmdorining ismi. (1211–1236) To‘liq ismi: Shamsiddin Eltutmish ibn Yalam)
Elxon
Enaxon
Enaqiz
Epkin
Eralp
Eran
Erbek
Ergash
Erboy
Erqul
Esirgap
Eshbek
Eshboy
Eshbo‘ri
Eson
Yu
Yulduz
Yurtsevar
Ya
Yayra
Yangiboy
Yarlaqab
Yashin
O‘
O‘daboy
O‘zbek
O‘zbegoyim
O‘ktam
O‘lmas
O‘ljaboy
O‘lmas
O‘lmasoy
O‘nar
O‘ngboy
O‘rin
O‘rinboy
O‘rol
O‘roz
O‘roq
O‘rxon
O‘sar
O‘skan
O‘tkir
O‘g‘iloy, O‘g‘ilxon
O‘g‘ilcha
O‘g‘uzbek (O‘g‘uzxon)
O‘qtoy
Q
Qaldirg‘och
Qambar
Qamchi, Qamchibek
Qarshi, Qarshiboy
Qashqir
Qizlarbegi
Qizlarbibi
Qizlarxon
Qilich
Qilich Arslon (saljuqiy hukmdorning oti)
Qirmiz
Qirg‘izboy
Qozoqboy
Qoplon
Qoravoy
Qorasoch
Qoracha
Qoryog‘di
Qorjov
Quvnoq
Quvonchbek
Quvondiq
Quyosh
Qumri
Qunduz
Qutlug‘
Qutbuka
Qutlibeka (Qutlug‘beka)
Qutluqqiz
Qo‘zi, Qo‘ziboy
Qo‘yli
Qo‘ysin
Qo‘ldosh
Qo‘ralay
Qo‘sh(sh)a
Qo‘shoq
Qo‘chqor
G‘
H
Hulkar
Abduvohid HAYIT
Ma’naviyat
Adabiyot
Ma’naviyat
Ta’lim-tarbiya
San’at
Adabiyot
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
4 Izohlar
Muzaffar
02:04 / 29.04.2024
Bumin - Turkey Xoqonligi asoschisi va 1-xoqoni
Timur
16:01 / 26.01.2024
Yaxwi maqolani yoritibsizlar, xozirgi kundagi ism sharifdagi VICH, OV qőshimchalaridan voz kechish kerak, arablashib ketyabmiz ohirgi yillari
Ulug'bek
04:10 / 29.10.2023
Zo'r fikr. Meni otim va otamni oti sof turkiycha o'g'limni ismini ham sof turkiycha qo'ymoqchiman. Shu ro'yxatdan. Raxmat
Xusnidin
12:01 / 01.01.1970
To`g`ri fikrlarni bildiribsiz. Rahmat sizga