Muzeylar tabiiyki, madaniy merosning ajralmas qismidir. Sayohatchilar qay o‘lkaga borar ekan, eng avvalo ularning muzeylarini tomosha qiladilar va shu orqali mamlakat tarixi, madaniyati, san’ati va adabiyoti bilan yaqindan tanishishadi. Quyida dunyo tan olgan eng ko‘hna besh muzey haqda ma’lumot beramiz.
Uffitsi muzeyi. Italiya (1575)
Ushbu muzey Yevropa san’atini o‘zida aks ettiruvchi eng muhim va yirik inshootlardan biri sanaladi. Muzey Florensiyadagi saroyda joylashgan bo‘lib, u 1560-1581 yillarda qurilgan. Uffitsi tarixi 1559 yillarga borib taqaladi, Florensiya qiroli Kozimo I qasrda shaharning ko‘zga ko‘ringan ustalarini yiqqan. Kelasi yildan boshlab Jorjio Vazari ismli hunarmand ishga kirishgan. Biroq 1974 yilda Vazari vafot etadi, ishni uning jiyani Bernardo Buontalenti davom ettiradi. Yil o‘tib galereya bitkaziladi, unda oilaviy yig‘ilishlar o‘tkaziladi. Keyinchalik muzeyga aylantiriladi.
Britan muzeyi. Buyuk Britaniya (1753)
O‘z davrida bu tarixiy-arxeologik bino jahonning eng katta muzeyi hisoblangan. Avvaliga muzeyda faqat Qadimgi Rim va Qadimgi Yunonistonga oid tarixiy ashyolar joylashtirilishi ko‘zda tutilgandi. Lekin ular qatoriga turli san’at buyumlari va arxeologik topilmalar ham qo‘shiladi. Ular Londonga Britaniya imperiyasining turli kolonnalaridan olib kelingan, shu tariqa muzey noyob surat, medal, kitob, tanga kabi buyumlarga to‘lib borgan.
Ermitaj. Rossiya (1764)
Rossiyaning yirik madaniy-tarixiy obyekti bo‘lmish ushbu muzeyda san’at namunalari talaygina. Muzey beshta binodan iborat bo‘lib, bir-biriga eshiklar orqali ulanib ketgan. Ermitajni yaratish g‘oyasi Yekaterina II tomonidan taklif qilingan. Imperator xonim savdogardan Gorsovskiy kolleksiyasini sotib olgach, ushbu 220 ta kartinani joylashtirish uchun muzey tashkil qilgan. Bir muddat bino Kichik Ermitaj nomi bilan atalgan. Hozir esa Rossiyaning eng ko‘zga ko‘ringan maskanlaridan biri.
Vatikan muzeyi. Vatikan (1769)
Ayni vaqtda muzey Papa saroyi va shaharning qimmatli kolleksiyalarini o‘zida jamlangan yirik inshoot sanaladi. Vatikan muzeyini noyob buyumlari 1769 yildan boshlab yig‘ila boshlangan. U yerda 50 mingga yaqin eksponatlar, shuningdek 1400 ta zal mavjud. Ushbu kichik mamlakat aynan shu muzey tufayli har yili minglab sayyohlarga to‘ladi.
Luvr. Fransiya (1793)
Bu muzey nomini eshitmagan odam kam topiladi. Luvr – qadimiy va boy, shuningdek qiziqarli tarixiy kolleksiyalarni o‘zida jamlagan, nozik did sohiblarini san’at asarlari bilan bag‘riga chorlovchi g‘aroyib binodir. Uni qurish ishlari ming yillar davom etgan, Parijning dovrug‘ini oshirishda katta xizmati bor. Aytish lozimki, u aholi uchun 1793 yildan boshlab eshiklarini ochgan. 2018 yilda muzeyga 10 mln sayohatchi tashrif buyurgan va bu rekord natija hisoblanadi.
Nodirabegim tarjimasi
San’at
Jarayon
Tarix
Tarix
Adabiyot
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
5 Izohlar
Ahmad
11:04 / 22.04.2024
Большой спасибо
Fayoz
12:10 / 30.10.2023
Rahmat kattakon
Diyorbek
13:10 / 26.10.2023
Yana Temuriylar haqidagi muzey yoʻqmi
Shaxsenem
15:10 / 17.10.2023
Juda katta raxmat sizlarga
Asadbek
15:10 / 13.10.2023
Bizlarning asosiy yodgarlik larmiz tashib ugʻrlab.ketilgan bizlar kup narsalarimiz sohta