Adabiyot
Millionlab sayyohlar Bernini, Mikelanjelo va Rodinning jahonga mashhur durdona asarlari fonida suratga tushar ekan, biz sizga unchalik mashhur boʻlmagan, ammo diqqatga sazovor 17 ta haykal rasmini taqdim etamiz. Ular noodatiyligi, biroz gʻalati va qoʻrqinchliligi bilan ham yoʻlovchilar diqqatini tortadi, oʻyga toldiradi hamda shaharning oʻziga xosligini taʼmin etadi.
1. Irving shahridagi Las Kolinas mustanglari (Texas, AQSH)
Otlarga oʻrnatilgan dunyodagi eng yirik monumentlardan biri boʻlib, Texas taraqqiyotiga xos dinamika va ozodlik ruhini ifodalaydi.
2. Nomaʼlum oʻtkinchi yodgorligi (Vroslav, Polsha)
Haykal kommunizm davrida shaxslarga bosim oʻtkazilishi va polyaklarning 1980-yillardagi yashirin antikommunistik faoliyati ramzi hisoblanadi.
3. Lasos (Portlend, AQSH)
Portlend yirik bandargoh shahar boʻlib, bu baliq mashhur restoranlardan biriga tashrif buyuruvchilarni jalb qiladi.
4. Daryo boʻyidagi odamlar (Singapur)
Ushbu kompozitsiya muallifi Chong Fax Chong (Chong Fah Cheong) Singapur daryosi boʻyida yashab, ishlayotgan odamlar haqidagi koʻplab haykallari bilan mashhur.
5. Dunay qirgʻogʻidagi poyabzallar (Budapesht, Vengriya)
Yodgorlik Ikkinchi jahon urushi paytida Budapeshtda natsistlar tomonidan oʻldirilgan yahudiylar xotirasiga bagʻishlangan. Ularga oyoq kiyimlarini yechib, qirgʻoqda turish buyurilgan. Otilgan qurbonlar mayitini daryo oqizib ketgan. Ushbu fojiani eslatib turuvchi oyoq kiyimlarigina qolgan faqat.
6. “Zoʻravonlikka yoʻq” haykali (Nyu-York, AQSH)
“Tugunli qurol” nomi bilan ham tanilgan yodgorlikni shvetsiyalik rassom Karl Fredrik Reutersvard 1980-yili doʻsti Jon Lennonning oʻldirilishi munosabati bilan yaratgan.
7. Oʻz qolipingizdan xalos boʻling (Filadelfiya, AQSH)
Ushbu kompozitsiya oʻlmaslikka intilish ramzidir. Toʻrt bosqichdagi figuralar asta-sekin uyqudan uygʻonib, kishanlarni tashlab, abadiy hayotga yoʻl ochayotgan odamni tamsil etadi.
8. Sayohatchilar (Marsel, Fransiya)
2013-yili Bruno Katalanoning bir nechta haykallari Marsel portiga oʻrnatildi. Har bir figurada tananing muhim qismi yoʻq. Bunday boʻshliqning sababi haqida turli farazlarni bildirish mumkin: ularga nimadir yetishmayaptimi yoki sayohat davomida oʻz ruhlarining bir qismini ozod qoʻyib yuborishganmi?..
9. Nelson Mandela yodgorligi (Janubiy Afrika)
Yodgorlik Mandela hibsga olingan joyda oʻrnatilgan, qamoqxona panjaralari ramzi boʻlgan 50 ta poʻlat ustundan iborat. Janubiy Afrikaning 8-prezidenti 27 yil davomida iskanjada ushlab turilgan.
10. Politsiyachi bilan hazil (Bryussel, Belgiya)
1985-yili oʻrnatilgan bu kulgili kompozitsiyada kanalizatsiya qudugʻiga yashiringan hazilkash yigit politsiya zobitining oyogʻidan ushlab qolib yiqitgani tasvirlangan.
11. Davlat kutubxonasi yonidagi choʻkayotgan bino (Melburn, Avstraliya)
12. Kuzatuvchi (Bratislava, Slovakiya)
Ingliz tilida bu haykal “Ishchi” deb ataladi, lekin slovak tilidan “kuzatuvchi” deb tarjima qilingan. Bronza chilangar kanalizatsiya qudugʻidan oʻtib ketayotganlarni kuzatib turadi. Sayyohlar haykalning qoʻli ishqalashsa barcha istaklar amalga oshishiga ishonishadi.
13. Mixay Eminesku (Onesti, Ruminiya)
Rumin klassik adabiyoti yodgorligi.
14. Birinchi jahon urushidagi askarlar yodgorligi (Ejeabat, Turkiya)
Birinchi jahon urushi davrida Dardanel operatsiyasining quruqlikdagi janglari shu hududda boʻlib oʻtgan.
15. Osilgan odam (Praga, Chexiya)
Sizningcha, bu haykal kimni ifodalaydi? Ajabki, u psixoanaliz asoschisi Zigmund Freyd. Haykaltarosh Devid Cherniy yangi mingyillikda ziyolilar qanday rol oʻynaydi, degan savolga javoban ushbu yodgorlikni yaratgan. Muallifning fikricha, psixoanaliz asoschisi XX asr intellektualining timsolidir.
16. Nomaʼlum amaldor (Reykjavik, Islandiya)
Mazkur noodatiy va kishini oʻylantiradigan haykal, ehtimol, dunyoda yuzsiz byurokratiyaga bagʻishlangan yagona monumentdir.
17. Headington akulasi (Oksford, Angliya)
Haykaltarosh Jon Baklining “Akula”si dastavval koʻplab bahs-munozaralarga sabab boʻlgan. Oksford shahar kengashi xavfsizlik nuqtayi nazaridan yodgorlikni binodan olib tashlashga harakat qilgan. Uni mahalliy hovuzga koʻchirish taklif etilgan, ammo aholi akulani joyida qoldirish gʻoyasini qoʻllab-quvvatlagan. Aytgancha, haykalning maʼnosi teran: Nagasakiga atom bombasi tashlanganining 41 yilligi munosabati bilan oʻrnatilgan. Akula goʻzal, ammo halokatli raketani ifodalaydi.
BONUS
“Tabiat kuchi”. Italiya
Yerni aylantirayotgan ona tabiatning goʻzal haykali italiyalik haykaltarosh Lorenso Kvinn tomonidan yaratilgan.
Adabiyot
Adabiyot
Til
Adabiyot
Adabiyot
Jarayon
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q