Tamu qapug‘in achar tavar – Pora do‘zax eshigin ochadi


Saqlash
16:34 / 11.04.2022 1402 0

Maqollar, nazarimda, hozirgi yoshlar nutqini tark etayotgandek. Go‘yoki ular endi eskilik sarqiti, bugungi avlod uchun munosib emas. Ming yillar osha bizgacha yetib kelgan maqollar aslida chinakam xalq donishmandligi, har qanday badiiy asar bilan bellasha oladigan xalq og‘zaki ijodi namunalaridir. Ajdodlarimiz xoh xos, xoh avom bo‘lsin, nutqini albatta maqollar bilan bezagan. Maqollar ularga milliy an’analar, qadriyatlarga amal qilib to‘g‘ri yashashga ko‘mak bergan.

 

Koshg‘ariy bobomiz ham “Devonu lug‘otit-turk”da yuzlab maqollar keltiradi va albatta ularning ma’nolari, qachon, qanday holatda ishlatilishi haqida tushuntirish beradi. Buni qarangki, ular hozir ham ahamiyatini yo‘qotmagan, dolzarb. Mana, shunday maqollardan biri:

 

“Tamu qapug‘in achar tavar”.

 

Bu yerda: “tamu” – tamug‘, ya’ni do‘zax; “qapug‘” – eshik; “achar” – ochar; “tavar” – tavar, buyum, ammo ushbu maqolda “tavar” so‘zi, Mahmud Koshg‘ariy izohiga ko‘ra, “pora” ma’nosida ishlatilgan. Maqolning mazmuni: Pora do‘zax eshigini ochadi”.

 

Demak, ming yil, ikki ming yil oldingi ajdodlarimiz-da pora berishni nafaqat jamiyat uchun, balki insonning o‘zi, oxirati uchun ham salbiy hodisa deb bilganlar.

 

Abduvohid HAYIT

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

San’at

16:08 / 28.08.2021 8 23620
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//