Boburning urducha-o‘zbekcha she’ri


Saqlash
16:33 / 09.03.2022 1240 0

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yaqinda Pokistonga davlat tashrifi bilan borganida Bosh vazir Imron Xon janoblariga “Urducha-o‘zbekcha mushtarak so‘zlar lug‘ati”ni sovg‘a qildi.

 

– Ma’naviy ildizlardan kuch va ilhom olayotgan aloqalarimiz kelgusida ham xalqlarimizning orzu-intilishlariga va biz tuzayotgan katta-katta rejalarga mos ravishda yangi marralarga ko‘tariladi, – dedi davlatimiz rahbari.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Pokiston monumenti” milliy yodgorlik majmuasida ham bo‘ldi. E’tiborlisi, bu yerda ham ikki xalqning mushtarak ildizlarini ko‘rish mumkin. Majmua boburiylar me’morchiligi an’analari asosida barpo etilgan.

 

Pokistonning davlat tili – urdu tili bo‘lib, turkiycha “o‘rdu”, ya’ni “qo‘shin” so‘zidan kelib chiqqan.

 

 

Kamina ulug‘ bobomiz Boburning urdu va o‘zbekcha so‘zlardan foydalanib yozgan mulamma’ fardini keltirib o‘tsam:

 

Mujhko‘ na havo kuchh havase mo‘nigo‘ mo‘tiy,

Faqr ahliga bas bo‘lg‘usidur poni-yu ro‘tiy.

 

So‘fiyona fard tarjimasi shunday bo‘lg‘usi:

 

Hech menga emas hoy-u havas yoqu-tu inju,

Faqr ahliga bas bo‘lg‘usidur qoq etmaku su(v).

 

 

Izoh: qoq etmak qattiq non.

 

Tolibjon NOSIROV,

Rishton tumanidagi 13-maktabning ijodiy targ‘ibotchisi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

San’at

16:08 / 28.08.2021 8 23620
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//