Inson shaʼni masalasida hazil boʻlmaydi – Prezidentlarni haqoratlab javobgarlikka tortilgan “blogerlar”


Saqlash
23:35 / 25.02.2022 1125 0

Inson huquqlari boʻyicha xorijdagi baʼzi internet faollari sud tomonidan 3 yilga ozodlikdan mahrum qilingan xorazmlik mahalliy bloger Sobirjon Boboniyozov taqdiridan xavotirda. Goʻyo bu holatda soʻz erkinligi boʻgʻilgan.

 

Ammo 31 yoshli blogerning jazolanishiga uning telegram ijtimoiy tarmogʻida Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyevni haqorat qiluvchi video yozuvlarni eʼlon qilgani sabab boʻlgan. Xolbuki, bu kabi haqoratlar uchun JKning 158-moddasiga muvofiq, 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

 

Bu kabi holatlar nafaqat yurtimizda, balki qator xorij mamlakatlarida ham javobgarlikka sabab boʻladi. Quyida bir nechta misollarni keltirib oʻtaman.

 

Polshada Prezidentni haqorat qilish uch yilgacha qamoq, jarima yoki jamoat ishlari bilan jazolanadi. Shuningdek, Polshaga tashrif buyurgan xorijiy davlat rahbarlarini haqorat qilganlik uchun ham jazo ham nazarda tutilgan. 2005-yilda Polsha OAVdan birining egasi mamlakatga tashrif buyurgan Rim papasini haqorat qilgani uchun 20 000 zlotiy miqdorida jarimaga tortilgan. 2012-yilda esa Prezident Bronislav Komorovskiy haqidagi sayt yaratuvchisi oʻn oylik jamoat ishlari bilan jazolandi.

 

Niderlandiyada qirolichani haqorat qilish besh yilgacha, qirollik shaxsining turmush oʻrtogʻini haqorat qilish esa toʻrt yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 2012-yil avgust oyida Twitter foydalanuvchisi qirolicha Beatris II ni haqorat qilgani uchun olti oylik qamoq jazosiga hukm qilinadi. Ayblanuvchida asperger sindromining mavjudligi yengillashtiruvchi holat boʻlgan.

 

AQSHda ham Prezidentga tahdidlar qonun bilan jazolanadi. Shimoliy Karolina shtatining Sharlotta shahrida yashovchi yosh afroamerikalik Donte Jamar bunga amin boʻldi: u AQSHning oʻsha paytdagi Prezidenti Barak Obamaga tahdid solgan bir necha tvitlari uchun olti oy qamoq va bir yil shartli muddatga hukm qilingan. “Maxfiy xizmat Barakni peshonasiga oʻqlarni joylashtirganimda uni himoya qila olmaydi”, - degandi u.

 

Alabamalik 28 yoshli Jarvis Britton esa “Prezidentni sianid bilan oʻldiraylik” deya tvit yozgani uchun bir yilni panjara ortida oʻtkazdi. Himoyachi sudni bu shunchaki hazil ekanligiga ishontirishga urindi, biroq keltirilgan vaj inobatga olinmadi.

 

Pensilvaniya shtatida istiqomat qiluvchi Nikolas Savino ham bir yilga yaqin qamoqda saqlangan. U Oq uy veb-saytida quyidagicha mazmunda post qoldirgan: “Prezident Obama – dajjol. Yoki Konstitutsiyani buzib ketasan yoki seni otib oʻldirishadi”.

 

Bugun mamlakatimizda inson shaʼni, qadr-qimmati hamma narsadan ustun, unga daxl qilinishi esa jazosiz qolmasligi kerak. Shu maʼnoda Oʻzbekistonda qonunlar buzilyapti yoki soʻz erkinligi boʻgʻilyapti, deyishdan avval bu holat naqadar qonuniy ekani haqidagi maʼlumotlar va jahon tajribalariga koʻz tashlab qoʻyilsa zarar boʻlmaydi.

 

Anvar Ikramov

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Adabiyot

12:12 / 03.12.2024 0 303
Buyuklarning “maydalik”lari





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

San’at

16:08 / 28.08.2021 8 22622
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//