Koʻpincha kimgadir quvonch baxsh etish yoki hatto qutqarish uchun superqahramon, boy odam yoki yulduz boʻlish shart emas. Aksariyat xayrli ishlarni boshqa odamlar muammolariga befarq boʻlmagan va oʻzida borini boshqalar bilan baham koʻrishga tayyor boʻlgan oddiy odamlar qiladi. Biz bugun eʼtiboringizga ana shunday oddiy insonlardan yaxshilik koʻrgan kishilarning hikoyalarini havola etamiz.
“Sentyabr oyidan beri ishsizman. Soʻnggi chaqamgacha sarflaganim uchun Rojdestvoda qizimni qanday xursand qilishni bilmas edim. Ammo keyin qoʻshnim eshikni taqillatdi...”
“Yaqinda rasm chizishni boshladim. Norvegiyalik notanish kishi menga rasmlarimni sotib olmoqchiligi haqida xat yoʻlladi. Ammo suratlarni yuborish deyarli imkonsiz boʻlib chiqdi. Shundan soʻng u «Hechqisi yoʻq. Hisob raqamingizni yuborasizmi? Men sizga ijod bilan shugʻullanishingiz uchun pul yubormoqchiman”, dedi. Va 10 000 rubl yubordi. Oʻshanda xuddi aqldan ozgandek, quvonch bilan butun uyni boshimga koʻtarib baqirardim. Soʻng boʻyoq, moʻyqalam va qogʻozlarga buyurtma berdim. Men endi oʻzimga ishona boshladim».
Yaxshilik qilish uchun millionlar kerak emas. Ertalabdan buyon taksi haydarkanman, kreditni qanday toʻlash haqida oʻylardim. Kayfiyatim yaxshi emasdi. Navbatdagi buyurtmani olish uchun manzilga borganimda keksa onaxon qoʻlimga nevarasi unutgan tufli solingan paketga qoʻshib, bitta olma va ikkita mandarin uzatdi. Mayin ovozda “yeb olgin, oʻgʻlim”, dedi. Olmani yer ekanman, xuddi kreditlarim toʻlangandek xotirjamlik tuydim. Yoʻl-yoʻlakay shirinliklar sotib oldim va ularni odamlarga tarqatishni oʻyladim. Hozir hammasi yaxshi.
“Farzandli boʻldim, 35 sm sochimni kesib, xayriyaga topshirdim”.
“Yaqinda ehtiyojimizdan biroz koʻproq daromad ola boshladim. Men hamisha boshqalarga yordamlashish haqida oʻylardim, xotinim ham bu gʻoyani qoʻllab-quvvatladi. Biz bolalar uchun oʻttizta sovgʻa sotib oldik va ularning baʼzilarini allaqachon tarqatishga ham ulgurdik”.
“Qurilishda ishlayman. Xoʻjayin uyimizga olib ketishimiz uchun ushbu yeguliklarni keltirdi. Bayram uchun ajoyib sovgʻa boʻldi!”
Doʻstlikni sotib olib boʻlmaydi, deyishadi. Ishdagi birinchi hafta, pul yoʻq, kayfiyat yoʻq, hech kimni tanimayman. Tashqarida esa qish, sovuq. “Omon qolish rejimi”da yashardim. Kechki ovqat paytida bir qiz indamasdan mandarinni men tomonga itardi. Bu qora bulutlarni yorib oʻtgan bir qatim yorugʻlik nuriga oʻxshardi. Doʻstligim hech qachon bunchalik arzonga sotib olinmagan...
“Tashqarida -20 daraja sovuq edi. Men qoʻlqopsiz uyga qaytayotgan edim va buni menga mutlaqo notanish odam berdi. Bunday beminnat sovgʻa kunimni goʻzallashtirdi”.
«Erim ketib qolganida oʻgʻlim 4 yoshda edi. Topgan pulim ovqatga zoʻrgʻa yetardi, bolam ulgʻayar, lekin kiyishiga hech vaqo yoʻq edi. Xonadon egasi bizga ikkita paket berarkan, kiyimlar eski, lekin yaroqli holatda ekanini aytib, olishimni soʻradi. Va u bizni qutqardi... Hozir yaxshi pul topaman va muhtoj bolalarga bagʻaraz hadyalar tarqataman.
“Oʻtgan jumada ogʻir kunni boshdan kechirdim. Doʻkondan chiqayotganimda supermarketning ikki nafar xodimi koʻnglimni koʻtarish uchun tekinga gullar berishdi. Gullar hali ham chiroyli koʻrinmoqda. Rahmat sizga, mehribon begonalar!”
Adabiyot
Til
Adabiyot
Adabiyot
Jarayon
Til
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q