Yoshlar mutolaasi: “Asaxiy.uz” loyihasi asoschisi Firuz Allayev “Yolg‘onlar shahri” asarini o‘qishni tavsiya qildi


Saqlash
12:02 / 11.02.2022 1437 0

“Besh kitob tavsiyasi” loyihasining navbatdagi sonida “Asaxiy.uz” loyihasi asoschisi va rahbari Firuz Allayev tavsiyalarini o‘qishingiz mumkin. Bugungi taqdim etilayotgan kitoblar so‘nggi yillarda chop etilgan jahon adabiyotining namunalari hisoblanib, mutolaa uchun sara asarlar izlayotgan bo‘lsangiz, quyidagi ro‘yxat  sizga yordam beradi.

 

Teodor Drayzer, “Sarmoyador” – amerikalik yozuvchining mashhur romanlaridan biri. Adibning “Istak trilogiyasi”dan joy olgan ushbu asari 1912-yilda nashr etilgan. Unga amerikalik temiryo‘l korchaloni, millioner Charlz Yerksning hayot yo‘li asos qilib olingan. Kitobda konkret bir inson misolida tadbirkor qanday fikrlashi, xayolidan qanday o‘ylar kechishi, muammolarga qanday yechim topishi tasvirlangan. Bu asar chinakam tadbirkor xarakteriga berilgan chizgidir.

 

Den Braun, “Da Vinchi siri” – 2017-yilda  chop etilib, dunyo bo‘ylab ko‘plab shov-shuv va jiddiy bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan, “Da Vinchi siri” asari muallifi Den Braunning yana bir mashhur romani. Bu asar 2017-yil oktabr oyida AQSh da chop etilishiga qaramay, 2 oy ichida dunyoning o‘ttizdan ortiq tiliga tarjima qilindi va jahon bestsellerlari sirasiga kirgan asar hisoblanadi.

 

Oldos Haksli, “Ajib yangi dunyo” – ingliz yozuvchisi Oldos Hakslining 1931-yilda yozilib, 1932-yilda nashr etilgan, distopik, ijtimoiy-fantastik romanidir. Unda fuqarolari aql-idrokka suyanuvchi, ijtimoiy ierarxiya tartiboti qaror topgan futuristik umumjahon mamlakati to‘g‘risida hikoya qilinadi. Romanda reproduktiv texnologiyalar, uyqudagi ta’lim, ruhiyatga ta’sir va shartli reflekslarni shakllantirish sohalarida erishilgan yutuqlar yordamida antiutopik jamiyat yaratiladi. Bu jamiyatga birgina inson – asarning bosh qahramoni qarshi chiqadi.

 

Benazir iste’dod egasi bo‘lgan Haksli bir vaqtning o‘zida ham san’atkor, ham ruhshunos, ham inson tabiati va taraqqiyotining eng yorqin taftishchilaridan biri edi. Uning durdona asari – “Ajib yangi dunyo” millionlab o‘quvchilarni hayrat va vahimaga soldi, bizni ogohlantiruvchi, o‘yga toldiruvchi ajoyib badiiy asar o‘laroq, bugungi kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmadi.

 

Ramita Navai, “Yolg‘onlar shahri” asari – bugungi Tehronning unutilmas manzarasini chizib beradi. Bu kitob tehronliklar tuzumning shafqatsiz bosimi ostida qanday yashayotgani, tuyg‘ulari, shodlig-u iztiroblarini qanday ifodalayotgani, umuman, turfa insonlar taqdiri haqida hikoya qiladi. Kitob 2012-yili Britaniya Qirollik adabiyot jamiyatining “Jervud” mukofoti bilan taqdirlangan.

 

Deniel Kiz, “Eljernonga atalgan gullar” AQShda adabiyot bo‘yicha maktab dasturiga kiritilgan kitoblardan biri.1966-yilning eng zo‘r romani deb topilgan, “Nebula” va “Hyugo” mukofotini olgan. Deniel Kiz asarni o‘n to‘rt yil mobaynida  o‘z hayotida ro‘y bergan voqealar bilan boyitib borgan. Romanning bir necha qismi aqli zaif inson tilidan so‘zlangan bo‘lib, tarjimon qahramon tilini boricha – imloviy va uslubiy jihatdan saqlashga harakat qilgan. Asar matnidagi ayrim g‘ayriodatiy, g‘alati jumlalar imloviy yoki uslubiy xatolar emas. Tarjimada ham muallifning ana shu uslubini imkon qadar saqlab qolishga harakat qilingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19258
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 16121
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi