Atrofda boʻlayotgan baʼzi salbiy voqea-hodisalar umidsizlikka tushish uchun sabab boʻlolmaydi. Sizga taqdim qilinayotgan quyidagi fotosuratlar esa insoniyatga boʻlgan ishonchingizni tiklashga xizmat qilsa ajab emas.
Uysizlarga koʻmak berish, ogʻir ahvoldagi hayvonlarga yordam qoʻlini choʻzish yoki oddiygina iliq soʻzlar bilan kimningdir koʻnglini olish – bir qarashda kichik tuyulgan yaxshiliklar, ammo ular barchamizni ezgulikka boʻlgan ishonchimizni yanada orttirishi shubhasiz.
1. Suratdagi inson har kuni bemor itini koʻlga olib boradi, chunki suv itning ogʻrigʻini kamaytirishga yordam beradi.
2. Amerikadagi Memfis tozalash kompaniyasining ishchilari bolalar shifoxonasidagi bemorlarni xursand qilish uchun super qahramonlardek kiyinishdi.
3. 2010-yil Tayvanda oʻtkazilgan marafonda keniyalik Jaklin Kiplimo xitoylik sportchining suv ichishga qiynalayotganini koʻrib, unga yordam beradi. U poygada 1-oʻrinni egallab, nafaqat gʻoliblikni, balki 10 ming dollar pul mukofotini ham qoʻlga kiritadi.
4. Har yakshanbada uysizlarga bepul xizmat koʻrsatuvchi nyu-yorklik soch stilisti.
5. Suratdagi autizm kasalligiga chalingan bolakayning tugʻilgan kuniga sinfdoshlari kelmaydi. Uning onasi bu haqida Facebookʻka post qoʻyadi. Shundan soʻng mehribon oʻt oʻchiruvchilar, politsiya xodimlari va mahalladagi bolalar bolakayni tabriklash uchun tashrif buyuradi.
6. Choʻkayotgan mushukchani soyaboni bilan qutqarayotgan odam.
7. Erkak uysiz qolgan qizga oʻz oyoq kiyimini sovgʻa qilmoqda.
8. Oʻt oʻchiruvchi yongʻindan qutqarib olingan mushukka kislorod bermoqda.
9. Tokioda yoʻlovchilar poyezd va platforma orasiga tushib ketgan ayolga yordam berish uchun 32 tonnalik poyezdni surmoqda.
10. Nogironlar aravachasidagi bolalar uchun qurilgan argʻimchoqlar
Suratlar “boredpanda.com” saytidan olindi.
Ma’naviyat
Adabiyot
Ma’naviyat
Ta’lim-tarbiya
San’at
Adabiyot
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q