Hozirgina Prezidentimizning videoselektor yig‘ilishida yana bir karra ma’naviyat masalasiga to‘xtalib o‘tganliklari biz ma’naviyat xodimlari oldiga katta mas’uliyat yukladi.
Zamon rivojlanmoqda, odamlar har daqiqa yangi axborotlar bilan tanishmoqda. Islohotlarning zamirida ma’naviyat masalasi eng asosiy rol o‘ynayotgani, ma’naviyat - jamiyat hayotining tom ma’noda ruhi va joniga aylanayotgani hayot haqiqatidir.
Prezidentimiz selektorda “Ma’naviyat – jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir. Bu poydevor qancha mustahkam bo‘lsa, xalqimiz ham, davlatimiz ham shuncha kuchli bo‘ladi”, deb ta’kidladi.
Darhaqiqat, shu vaqtga qadar yurtboshimizning “Har bir nuroniy – besh yoshga murabbiy”, “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy”, “Tarbiyada tanaffus bo‘lmaydi” degan o‘nlab tamoyillarni ilgari surganliklari, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” bosh milliy g‘oyamiz atrofida butun xalqimizni yanada jipslashtirish masalasi har qachongidan-da muhimroq ekanligini anglash qiyin emas.
Mamlakat rahbarining “Kimki ma’naviyat masalasi – bu faqat Ma’naviyat va ma’rifat markazi yoki tegishli vazirlik va idoralarning ishi deb o‘ylasa, xato qiladi” degan qat’iy fikrlari barchamizni nafaqat ruhlantirib yubordi, balki kuchimizga kuch, g‘ayratimizga g‘ayrat qo‘shdi, shuningdek, mas’uliyat va javobgarlikni yelkamizga olishimizda katta turtki bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari yig‘ilish davomida Strategiyaning ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish yo‘nalishi bo‘yicha mamlakatda mavjud 12 mingdan ziyod kutubxona imkoniyatlaridan foydalanib, kitobxonlikni ommalashtirish masalasini alohida ta’kidladi.
Shundan kelib chiqib, Sirdaryoda ilgari surilgan “Besh muhim tashabbus” doirasida amalga oshirayotgan ishlarimizni yanada takomillashtirishimiz zarurligini anglab yetdik.
Murodjon Hayitov,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
Sirdaryo viloyati bo‘limi rahbari
Ma’naviyat
Adabiyot
Ma’naviyat
Ta’lim-tarbiya
San’at
Adabiyot
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q