Oyina.uz portali o‘zbekning 100 ziyolisidan “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiyasini berishda davom etadi. Loyihaning 87-ishtirokchisi, “Ma’rifat” – “Учитель Узбекистана” gazetalari tahririyati bosh muharriri, jurnalist Husan Nishonov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Qurʼoni karim
2. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kitoblari
3. Zahiriddin Muhammad Bobur, “Boburnoma”
4. Abdulla Qodiriy, “O‘tkan kunlar”
5. Alixonto‘ra Sog‘uniy, “Turkiston qayg‘usi”
6. Shukur Xolmirzayev hikoyalari
7. Murod Muhammad Do‘st, “Mustafo”
8. Ahmad Aʼzam, Nazar Eshonqul hikoyalari
9. Fyodor Dostoyevskiy, “Jinoyat va jazo”
10. Harper Li, “Mazaxchini o‘ldirish”
Husan Nishonov 1974-yil 1-fevralda Samarqand viloyati Qizilkarvon qishlog‘ida tug‘ilgan. 1991 – 1996-yillari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti)ning o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini hali talabalik paytidayoq, 1995-yili “Ko‘zgu” gazetasida musahhihlikdan boshlagan. 1997-1998-yillari Qizilkarvon qishlog‘idagi 15-maktabda ona tili va adabiyot o‘qituvchisi, 1999 – 2005-yillari “Ma’rifat” gazetasida turli lavozimlarda ishlagan.
2005 – 2009-yillari Xalq ta’limi vazirligi “Tarbiya” jurnali bosh muharrir o‘rinbosari. 2009-yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan. 2009 – 2017-yillari “Ma’rifat” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari, 2017-yili “Ma’rifat” – “Учитель Узбекистана” gazetalari tahririyati bosh muharriri birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. 2017-yil 11-oktyabrdan buyon O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “Ma’rifat” – “Учитель Узбекистана” gazetalari tahririyati bosh muharriri.
Jurnalistik faoliyati davomida qator yutuqlarga erishgan:
“Navro‘z – boqiy bayram” respublika tanlovi (2002), “Vatan uchun yashaylik” respublika tanlovi (2012) g‘olibi, “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” xalqaro tanlovida 2-o‘rin (2020), “Oltin qalam” xalqaro tanlovida “Ma’rifat” jamoasi bilan 1-o‘rin sohibi (2021). “Eng ulug‘, eng aziz” respublika tanlovida 1-o‘rin (2022).
“Yorug‘ xayol” (Hasan Karvonli bilan hammualliflikda, 2004), “Ilg‘ab borayotir meni fasllar” (2010), “O‘g‘limga maktublar” (2012), “O‘zbek shaxmatining oltin avlodi” (2022) nomli kitoblari nashr etilgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Jurnalistlar uyushmasi a’zosi.
Mukofotlari:
“O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni (2004)
“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil” esdalik nishoni (2006)
“Shuhrat” medali (2014)
“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni (2016)
“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 30 yil” esdalik nishoni (2021)
Tarix
Til
Ma’naviyat
Adabiyot
Adabiyot
Adabiyot
Jarayon
Vatandosh
Tarix
Til
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Din
Til
//
Izoh yo‘q