Oʻtgan yilning dekabr oyi boshida Oʻzbekiston kichik delegatsiyasi bilan birgalikda Olmaotada boʻlib oʻtgan xalqaro konferensiyada qatnashdim. Oʻzim bu shaharda bir necha marotaba boʻlganman, bu yerda doʻstlarim va biznes hamkorlarim yashashadi. Hamkasblarim esa bu shaharda birinchi marta boʻlishdi.
Olmaota ularda yaxshi taassurot qoldirdi – oʻzining tarixiy jozibasini saqlab qolgan toza, yam-yashil shahar – bu, ayniqsa, Olmaota markazida sezilardi. Biz, toshkentliklarda katta taassurot uygʻotgan yana bir jihat – avtomobilni ehtiyotkorona boshqarish, haydovchilarning bir-biriga va piyodalarga hurmati boʻldi. Nima uchun Oʻzbekistondagi yoʻl harakati bilan bu qadar olis farq toʻgʻrisida soʻraganimizda jarimalar “chaqadigan” qilib belgilab qoʻyilgan degan javob oldik, jarimalar oshganidan soʻng haydovchilar ham oʻz haydash uslubini yumshatgan.Megamarketlar ham kam hayratga solishmadi, biznikiga nisbatan pastroq narxlardagi chiroyli doʻkonlar. Endi boʻlsa bu voqealar…
Bir necha kun ichida shahar koʻrgan talafotlarni sanab oʻtishning maʼnosi yoʻq. Internet tom maʼnoda Qozogʻistonning iqtisodiy poytaxti infratuzilmasi qulashi aks etgan videolar bilan toʻlib ketgan.
Olmaotadagi vandalizm va tartibsizliklar ortida qaysi kovakdan chiqqani nomaʼlum odamlar turgani toʻgʻrisidagi turli-tuman va qarama-qarshi maʼlumotlar ham kam emas.
Nima uchun “nomaʼlum odamlar?"
Kim bu “namoyishchilar” – degan savol bilan murojaat qilgan doʻstlarim, hamkasblarim, bu yoshlarning kimligi, qaysi viloyatlardan kelganligi haqida hech qanday tasavvurga ega emasliklarini aytishdi. Men gaplashganlarning hech birining “norozi” olomon orasida tanishlari yoʻq, ularning tanishlari ham hech kimni tanimaydi: bu tartibsizlikni uyushtirganlarni, talon-taroj qilganlarni, vayron qilganlarni, kaltaklaganlarni, oʻldirganlarni.
Qozogʻiston Prezidenti Toʻqayev esa bu “odamlar” haqida: “Tinch namoyishchilar” orasida tartibsizliklardan foyda koʻrgan talonchilar va oʻgʻrilar ham bor edi. Qizigʻi shundaki, ular orasida qoʻshni davlatlarning radikal guruhlari vakillari – mamlakatdan haydalganlar ham bor edi», dedi. Ehtimol shundaydir ham.
Biroq, negadir hech boʻlmaganda ularning bir qismi ham vatanidan quvilgan begonalarga oʻxshamadi. Shunga qaramay, ular juda yaxshi muvofiqlashgan va mohir harakat qilishdi, politsiya va harbiylarni osongina qurolsizlantirishdi, oʻqotar qurollarni egallab olishdi, ulardan toʻgʻri foydalanishni bilishadi.
Koʻplab guvohlarning maʼlumotlariga koʻra, Olmaotada uyushgan va yaxshi jihozlangan jinoiy guruhlar aniq rahbarlik va harakatlarni muvofiqlashtirish bilan ishlaydi. Ularning vajlari hozircha aniq emas va yakuniy maqsadlar ham nomaʼlum.
Albatta, qoʻshni mamlakatdagi hodisa uzoq vaqt muhokama qilinadi, aniqliklar kiritiladi, baholanadi, tahlil qilinadi. Ekspertlar, tahlilchilar, siyosatshunoslar katta hajmdagi maʼlumotlarni yigʻib, oʻz baholarini, prognozlarini bildiradilar, ammo bu biroz keyinroq sodir boʻladi.
Lekin ilk yuzaki tahlil hozir amalga oshirilishi mumkin. Bundan tashqari, Qozogʻistondagi voqealarga bildirilgan munosabatlar, jumladan, koʻplab turli dalillar allaqachon tarmoq boʻshliqlarini toʻldirib ulgurdi.
Birinchi toifa fikrlar
Namoyishlarda chet elliklarning izlarini qidirish – sodda nuqtayi nazardir. Soʻnggi vaqtlarda jamiyatshunoslar (sotsiologlar), ekspertlar, mutaxassislar jamiyatdagi keskinlik, Qozogʻiston iqtisodiyotidagi umidsizlik va salbiy negativ bashoratlar haqida tinimsiz gapirib, yozishayotgandi.
Gaz narxining oshishi Qozogʻistondek davlatda tasodif emasligi aniq. Ammo bular chet elliklar emas. Bular mahalliy mentalitet va hokimiyat tranziti bilan bogʻliq mavjud vaziyatdan kelib chiqib, oʻzaro munosabatlarini tartibga sola olmayotgan mahalliy elita.
Nazarboyev urugʻidan norozilik, koʻpchilik qozogʻistonliklarning fikricha, takabbur va boshqa klanlar bilan toʻqnash kelib, vaziyat doimiy ravishda taranglashib borardi.
Ikkinchi toifa fikrlar
Qozogʻistonda ham xorijdagi beqarorlik markazlari, ham mahalliy elita aybdor, deb hisoblashadi.
Lekin nima uchun bundan oddiy odamlar aziyat chekishi kerak?
Oddiy xalq esa mamlakat rahbariyati hozirgi sharoitda oʻz layoqatsizligini koʻrsatgani, davlat boshqaruvi tizimi oʻzining balandparvoz nomini oqlamagani uchun qiynalmoqda.
Eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar:
1. Davlat tuzilmalarining axborot vakuumi.
Hech qanday matbuot anjumanlari, brifinglar oʻtkazilmadi. Nur-Sultonda yagona davlat axborot markazi tashkil etilmadi. Hech kim rasmiylar vaziyatni qanday tartibga solishi borasida hech bir tasavvurga ega emas. Oddiy fuqarolar nimadan umid qilishlari mumkin? Butun dunyo Qozogʻistondagi voqealar haqida ommaviy manbalardan maʼlumot olmoqda.
2. Nizolarni hal qilish boʻyicha shtab, hududiy shtablar tuzilmadi.
Hech boʻlmaganda, favqulodda vaziyatlarda bu kabi nazorat organlari, kuch tuzilmalarining muvofiqlashtirish ishlari haqida gapirilmadi. Inqirozga qarshi reja mavjudmi? Demak, bunday reja yoʻq.
3. Olmaotada huquq-tartibot tizimi barbod boʻldi. Bu faktni batafsilroq tahlil qilish kerak.
5-yanvar kuni huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari (oʻzini chetga oldi yoki qochib ketdi) va shaharni talonchilar olomoniga topshirdi. Olmaotadagi barcha muhim maʼmuriy binolar, Ichki ishlar vazirligi, MXQ, Milliy gvardiya obyektlari yoqib yuborildi va talon-taroj qilindi. Natijada oʻqotar qurollar, oʻq-dorilar va jangovar kiyim-boshlar “tinch namoyishchilar” qoʻliga oʻtdi.
Nahot bu tasodif? 2011-12 yillarda Qozogʻistonda sodir boʻlgan teraktlar ketma-ketligini eslaylik, 2016-yil – Aqtoʻbe, Olmaotadagi teraktlarchi? Oʻshanda koʻplab huquq-tartibot xodimlari halok boʻldi. Keyinchalik mamlakatda tan olinganidek – tayyorgarlik darajasi pastligi, layoqatsizlik, tajriba yetishmasligi sabab jon berishdi. Biroq, unda terrorchilarni barmoq bilan sanash mumkin edi.
Hozir esa jiddiy inqiroz yuz berdi va tizim parchalana boshladi.
4. Inqirozni hal qilishda, mamlakatdagi vaziyat uchun, asosiy sohalarda shaxsiy javobgarlikning yoʻqligi.
Bularning barchasi davlat tuzumining chuqur tanazzulga yuz tutganligidan, uning deyarli falaj boʻlganidan dalolat beradi.
Xalq oʻz prezidentini, davlat rahbari oʻz xalqini his etmaydi.
Endi esa Qozogʻistondagi bugungi kunda dunyoning ayrim davlatlarining axborot agentliklari katta ishtiyoq bilan efirga uzatayotgani inqilob haqida. Sabrsizlik bilan Qozogʻistonning oʻqimishli, ziyoli, erkin fikrli fuqarolari kutgan, baʼzan esa uni amalga oshirishga yordam bergan inqilob haqida.
Britaniyalik yozuvchi, publitsist, tarixchi va faylasuf, “Fransuz inqilobi” koʻp jildli esse muallifi Tomas Karleylning mashhur soʻzlarini qozoq birodarlarga eslatib oʻtamiz: “Har qanday inqilob rejasini romantiklar pishitadi, aqidaparastlar amalga oshiradi, uning natijasidan esa yaramaslar foydalanadi”. Har doim shunday boʻlgan, hozir ham shunday va shunday boʻladi ham.
Viktor Mixailov
Adabiyot
Til
Adabiyot
Adabiyot
Jarayon
Til
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q