Ayni kunlarda o‘zbek media olamida hususiy telekanallar orqali namoyish etilayotgan “tarbiyaviy” mazmundagi serial nomi ostida odamning ong ostiga hayosizlik, yengiltaklikni singdirayotgan seriallar asosiy trend mavzularga aylangan. Mazkur masalalarga davlat va jamoat tashkilotlari, jurnalist va blogerlarning qolaversa, ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lgan halqimizning haqli e’tirozlariga sabab bo‘ldi.
Bu bo‘yicha ayrim mutasaddilarga tegishli choralar ham ko‘rilmoqda. Men ko‘tarayotgan yana bitta masala bor-ki, bu ham ko‘pchilikka tushunarsiz ko‘rinayotganiga aminman. Anchadan buyon telekanallarda bir soatlarcha davom etadigan ko‘rsatuvda sifat reklamalari namoyish etilmoqda.
Bu reklamalar telekanalning o‘z moliyaviy ishi ekanligini tushunamiz. Lekin bu reklamalar axloq chegaralaridan chiqib ketmoqda. Bizning odatdagi o‘zbek oilasida uch avlod (ota-ona, o‘g‘il-qiz, nevaralar) vakillari yashaydi. Ular ovqatlanish vaqtida oilaviy dasturxon atrofida o‘tirganida qo‘rqibgina bemaza seriallar va kliplarga duch kelib qolmasin deb davlat telekanaliga olasiz.
U yerdagi maza-matrasiz serialni ko‘rib “Madaniyat va ma’rifat” kanaliga o‘tasiz. Madaniyatni targ‘ib qiluvchi bu kanalni qo‘ysak “Erkaklik kuchingizni qaytaring!”, “Turmush o‘rtog‘ingizga yoqimli ertak sovg‘a qiling!” deb bir erkak va ayolning tinimsiz vaysashiga guvoh bo‘lamiz. Bu ham yetmaganday erkak reklama qilayotgan dorisini o‘zi ichib yuboradi. Ayol esa erkaklar badanidagi o‘simliklar (jun) o‘stirish usulini o‘rgatyapti.
Buni ko‘rgan bobo bilan buvi bir-biriga qaraydi, kelin tezlik bilan “choy damlab kelay” deb yangi damlangan choynakni ko‘tarib oshxonaga shoshiladi, “Kango qani, kango?”ni o‘rgangan, bir necha ertaklarni buvisidan eshitgan nevara esa dadasidan “Dada, yoqimli ertak qanday sovg‘a?” deb so‘raydi. Dada esa “soqov” bo‘lib televizorni o‘chirib qo‘ya qoladi.
Savol tug‘iladi. Nima? Bugun o‘zbek erkaklarining “kuchi” yo‘qolib qolibdimi? Ayollarga soqol o‘stirmaydigan, badanida o‘simliklari yo‘q erkaklar yoqmay qolibdimi? “Madaniyat va ma’rifat” telekanali shu reklamani qo‘ymasa yopilib ketadimi? Telekanallarning Badiiy kengashlari qachon ishlaydi? Yoki kengash a’zolarining saviyasi yetmaydimi?
Biz ma’naviyat, ma’rifat deb maktabda, mahallada tadbir o‘tkazsak, aholidan birinchi bo‘lib “Nimaga telekanallardagi seriallar va kliplarga qaramaysiz?” degan savol beriladi. Telekanallardagi bu kabi “ma’rifat” targ‘ibotiga chek qo‘yilmasa, bizning targ‘ibotimiz qay darajada foyda beradi? Bu matnda darak gapdap ko‘ra, so‘roq gap ko‘proq bo‘ldi. Aybga buyurmaysiz.
Bekzod Abdirimov,
Xorazm viloyati Ma’naviyat va ma’rifat markazi
Xorazm viloyati bo‘limi rahbari
Adabiyot
San’at
Adabiyot
Tarix
Adabiyot
San’at
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q