Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar faoliyatiga bir nazar


Saqlash
11:10 / 19.01.2022 6575 5

Bolani yoshligidan badiiy tafakkur qilishga o‘rgatish, iste’dodini yuzaga chiqarish uning intellektual rivojida muhim omil sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qaroriga muvofiq,  o‘tgan  o‘quv yilidan boshlab o‘rta umumta’lim maktablarida ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimi joriy etildi.

 

Ushbu lavozim ta’lim muassasalarida madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarning  ijodiy qobiliyatini aniqlash, uni ro‘yobga chiqarishni ko‘zda tutadi. Aytaylik, bugun “Yosh ijodkorlar” to‘garagiga qatnashayotgan hamma bolalar ham kelajakda  shoir-yozuvchilikka da’vo qilmas, lekin ular bu muhitda ma’rifatli-ma’naviyatli insonlar bo‘lib ulg‘ayishi tabiiy.

 

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2020-yil 28-dekabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimini joriy etish to‘g‘risida”gi qo‘shma qaroriga asosan umumta’lim maktablarida ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi 0,5 shtat birligi joriy etildi. Bugungi kunda ryespublika bo‘yicha o‘n ming nafardan ortiq targ‘ibotchilar faoliyat  ko‘rsatmoqda. Ulardan  qariyb yarmi yozuvchi-shoirlar, jurnalistlar va madaniyat xodimlari hissasiga to‘g‘ri kelsa, qolgan yarmi ona tili va adabiyot hamda boshqa fan o‘qituvchilaridan iborat.

 

Qo‘shma qarorga ko‘ra ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchining asosiy vazifalari belgilab berilgan. Ammo ushbu yo‘nalish yangi soha bo‘lganligi sababli, uning faoliyat doirasini yanada aniqlashtirish maqsadida seminar-treninglar o‘tkazish va kerakli qo‘llanma chop etish zarurati bor edi. O‘tgan yilning 22-23-noyabr kunlari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida targ‘ibotchilar ishtirokida o‘tkazilgan amaliy seminar-trening ko‘p masalalarga yechim bera oldi.   

 

Ikki kun mobaynida targ‘ibotchilarga o‘z sohasining yetuk mutaxassislari, jumladan, xalqaro sertifikatga ega trenerlar, yozuvchi-shoirlar tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi, taqdimotlar uyushtirildi. Mashg‘ulotlarda targ‘ibotchilar ham amaliyot davomida orttirgan tajribalari va taklif-mulohazalarini hamkasblari bilan o‘rtoqlashdi. Tayyorlangan trenerlar 13-28-dekabr kunlari oralig‘ida barcha hududlarda targ‘ibotchilar uchun seminar-treninglar tashkil etishdi. Endilikda trenerlar tomonidan qishki ta’til davrida tuman (shahar)larda targ‘ibotchilarni jadval asosida, o‘qitish ishlari olib borilmoqda. Xalq ta’limi vazirligi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi va Yozuvchilar uyushmasining takliflari hamda joylardagi targ‘ibotchilar bildirgan fikrlar bir yerga jamlanib, uslubiy qo‘llanma loyihasi  ham tayyorlandi. U joriy yilda  chop etilib, barcha targ‘ibotchilarga tarqatiladi.

 

Ayni paytda har bir hududda ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilarning o‘z telegramm guruhlari yoki kanallari (masalan: “Andijon targ‘ibotchilari”, “Xorazm targ‘ibotchilari” va hokazo) ochildi. Ushbu guruhlar jami 9175 nafar targ‘ibotchini qamrab olgan. Targ‘ibotchilar o‘rtasida har yili “Yilning eng namunali ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi” tanlovini tashkil etish ham  rejalashtirilmoqda.

 

Targ‘ibotchilarning maktablarga kirib borishi avvalo u yerdagi ijodiy muhitni jonlantirdi. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashning aniq mexanizmlari yaratildi. Mamlakatimizdagi barcha maktablarda “Yosh ijodkorlar” to‘garaklari tashkil etilib, o‘quvchilarning  ijod namunalari mahalliy va markaziy ommaviy axborot vositalari orqali yoritilmoqda. Bu ham yoshlarga katta ma’naviy rag‘bat bo‘layotir. Yaqinda Respublika Kasaba uyushmalari tomonidan uyushtirilgan “Mening Prezidentim” ijodiy ishlar tanlovida aynan ana shu to‘garak vakillaridan 5 nafari ryespublika bosqichida ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

 

Xulosa qilib  aytadigan bo‘lsak, dastlabki qadamlar ancha samarali bo‘ldi, deyishga to‘la asosimiz bor. Bu xayrli tashabbus ertangi kunda yanada salmoqli natijalar berishiga shubha yo‘q.

 

                                                                      To‘xtasin ARSLONOV,

          Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining

Ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i

 

 

5 Izohlar

MUNISA

16:54 / 04.03.2023

Men lavozim haqida ijobiy fikrdaman nasib qilsa men ham shu lavozimda ishlab maktab o'quvchilarining qizishlari boyicha yonalish berish va nafaqat ular bilan birgalikda tadbirlar otkazib ijodiy ishlarini tahririyatga berish balki oquvchilarni kasbga yonaltirish niyatidaman.ozim 14 yoshimdan kashta tikaman.kelajakda maktabimiz oquvchilariga kasbimni sidqidildan orgatib.ularni yanada kengroq fikrlashga tadbirkorlikka yonaltirmoqchiman.bu hunar insonni qiyin vaziyatlarda ham middiy jihatdan qollaydi insongs oziga bolgsn ishonchni qaytaradi.

Chori Axmatov

18:07 / 20.12.2022

Bu lavozim yaxshi niyat bilan ochilgan. Lekin xozirgacha ishlari ko‘ngildagidek emas. Sababi: 1. Oylik kam. 2. Ma‘naviyatchi bilan ishi bir xil. 3. Ijodkorligi yo‘q( masalan, aniq va tabiiy fan o‘qituvchilari hamda pensionerlar joylashtirilgan). 4. Yuqori organda ularni so‘rovchi yoki ular bo‘ysinuvchi alohida rahbarlari yo‘q. Xullas, bu shtatni yana o‘ylab ko‘rish kerak. Ko‘plari tekin oylik olib yurishibdi.

Abdullayeva Aygul

23:05 / 09.11.2022

Assalomu alaykum men ham shu fikrdaman.

Mavluda

22:52 / 06.10.2022

Assalomu alaykum! FIKR. Bu kasb juda kóp mehnat va kóp vaqt talab qiladi. IZOH Shu sababli bu lavozim 0,5 shtatda emas 1 shtat bolip ochilsa yaxshi bolardi. Chunki bir maktabda ortacha 400, 500 óquvchi bolsa ular bn ishlashga kóp vaqt sarflanadi deb óylayman. SAVOLIM. Yana seminar treninglar tashkillashtiriladimi?

Nazarova Muqaddam

09:29 / 10.09.2022

Targibotchi lavozimi qaysi fan oqituvchisiga beriladi

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Tarix

11:03 / 17.03.2023 0 560
Navro‘z bayrami tarixi va transformatsiyasi

Ma’naviyat

18:03 / 10.03.2023 2 338
Puldorlar jamiyati mafkurasi: ertaga nima yeyman?..





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Tarix

11:24 / 30.09.2021 0 5853
Amir Temur va temuriylar davrida tabobat