Goʻzallik atlasi – fotograf 50 ga yaqin mamlakatga safar qilib, turli millat ayollarining jozibasini 500 dan ortiq suratga muhrladi (fotojamlanma)


Saqlash
01:24 / 15.01.2022 1396 0

2013-yili ruminiyalik fotograf Mixael Norok hayotida keskin oʻzgarish qiladi. Ishini tashlab, ryukzak va fotoapparatini oladi-da, dunyo boʻylab sayohatga chiqadi. Maqsad – turli millat ayollarini suratga tushirish orqali goʻzallik chegara bilmasligini, madaniyatlar turfaligini koʻrsatish.

 

 

Mixael unchalik koʻp boʻlmagan mablagʻ bilan 50 ga yaqin mamlakatga safar qildi. Chodirda yoki mahalliy aholi uylarida yashab, xilma-xil madaniyatlar bilan tanishishga muvaffaq boʻldi. Fotograf nafaqat sayyohlar orasida mashhur mamlakatlarga, balki Eron va Shimoliy Koreya kabi siyosiy sabablarga koʻra yopiq davlatlarga ham borib, dunyo goʻzallik xaritasiga yetishmayotgan elementlarni qoʻsha oldi.

 

 

“Global tendensiyalar bizni bir xil koʻrinishga va harakat qilishga undaydi, lekin biz bir-birimizdan farq qilganimiz uchungina goʻzalmiz – bu boshqalar tomonidan qadrlanadi. Maqsadim – «Goʻzallik atlas”ini aholi xilma-xilligining koʻzgusiga aylantirish, oʻz madaniyatiga sodiq, tabiiylikni saqlashga intiladigan odamlarni qoʻllab-quvvatlashdir», deydi fotograf.

 

 

Mixael Norok sayohatlari davomida jamiyat ayollardan muayyan tashqi qiyofa va xulq-atvor kutishini payqadi: baʼzi mamlakatlarda ayollar jozibali koʻrinishga harakat qiladi, boshqalarida – kamtarona. Goʻzallik marketing kampaniyalari, moda tendensiyalari yoki ijtimoiy meʼyorlarga bogʻliq emas, deydi u.

 

 

Fotografning fikricha, biz oʻzimiz boʻlishni oʻrganishimiz kerak va boshqalarga ham oʻzi boʻlib yashashga qoʻyib berishimiz zarur.

Moldova

Moldova

 

 

AQSH

 

 

 

 

 

 

Ruminiya

 

 

 

Turkiya

 

 

 

Oʻzbekiston

 

 


Chili

 

 

 

Hindiston

 

 

 

Peru

 

 

Moʻgʻiliston

 

 

 

Shimoliy Koreya

 

 

 

Eron

 

 

 

Efiopiya

 

 

 

Tojikiston

 

 

 

Meksika

 

 



Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Adabiyot

12:12 / 03.12.2024 0 278
Buyuklarning “maydalik”lari





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

San’at

16:08 / 28.08.2021 8 22614
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//