Yangi yil kirib kelishiga oz qoldi. Koʻchalar allaqachon bayramona tusga kirgan. Bayram atmosferasini beruvchi asosiy elementlardan biri esa – archa, Yangi yil archasi. Biroq ushbu daraxt bayram shukuhi bilan birga inson salomatligiga zarar yetkazishi ham mumkin. Chunki soʻngi yillarda xonadonida archa bezatish sevimli anʼanasiga aylanib ulgurgan koʻpchilik har yil takroran yasatiladigan archa oʻrniga haqiqiy daraxt keltirib bezatishni maʼqul koʻra boshladi. Tadqiqotlarga koʻra, bu insonlar oʻzida shamollashga oʻxshash kasallik belgilarini kuzatgan.
Mana shu belgilarni virus bilan adashtirmaslik uchun aholi orasida unchalik taniqli boʻlmagan “Yangi yil archasi sindromi” haqida bilib olish muhim sanaladi.
“Yangi yil archasi sindromi” oʻzi nima?
“Yangi yil archasi sindromi” – jonli daraxtlarda sogʻliqqa taʼsir qiluvchi bir qator muammolar keltirib chiqaruvchi allergenlar spektri boʻlib, uni daraxtdagi gulchang va zamburugʻlar chaqiradi.
Kasallikning asosiy belgilari burun bitishi yoki oqishi, aksa urish, koʻz achishishi, yoʻtal, tomoq boʻgʻilishi (xrip) va qichishishi kabilarni oʻz ichiga oladi. Kasallik shuningdek, astma simptomlarining rivojlanishiga ham sabab boʻlishi mumkin. Teri boʻlsa archaga qizarish va shish belgilari bilan reaksiya koʻrsatadi.
Archalardagi mogʻor
Jonli archalarda 50 dan ortiq mogʻor turi yashashi mumkin. Ularning aksariyati insondagi allergiyalarga sabab boʻladi. Tadqiqotchilar bir necha marta tirik archa daraxti oʻrnatilgan xonalardagi mogʻor miqdorini tekshshirishgan. Dastlabki uch kun davomida 1 kubometr havoda 800 ga yaqin mogʻor spora aniqlangan. Toʻrtinchi kundanoq ushbu koʻrsatgich osha boshlaydi va ikki haftada sporalar soni 1 kubometrda 5000 taga yetadi.
Mogʻorlar iliq va nam sharoitda juda yaxshi rivojlanadi. Xona harorati esa mana shu qulaylikni beradi.
Kimlar ushbu sindrom xavfi doirasiga kiradi?
Ushbu sindrom rivojlanish xavfi baʼzi odamlarda yuqoriroq boʻladi. Tadqiqotlarga koʻra, 7% allergik bemorlar uyida jonli archa oʻrnatganiddda allergiya xolati keskin ortgan. Astma yoki surunkali obstruktiv oʻpka kasalligi boʻlgan bemorlar yoʻtal va nafas siqishiga olib keluvchi allergenlarga nisbatan sezuvchanroq boʻlishi mumkin. Shu bilan birga, bu sindromga boshqa sogʻlom odamlar uuchrash extimoli ham bor.
Qanday qilib “Yangi yil archasi sindromi”ga yoʻliqmaslik mumkin?
Ushbu sindrom xavfini minimum darajaga tushirish uchun quyidagilarga rioya qilish zarur:
Adabiyot
San’at
Adabiyot
Tarix
Tarix
Adabiyot
Vatandosh
Jarayon
Tarix
Til
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Din
Til
//
Izoh yo‘q