Rektor mutolaasi: Sherzodxon Qudratxo‘ja “Otamdan qolgan dalalar” romanini o‘qishni tavsiya qildi


Saqlash
11:01 / 08.01.2022 1395 1

 

 

Qishki ta’til uzaytirilgani munosabati bilan O‘zJOKU rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja hamma o‘qishi kerak deb bilgan kitoblar ro‘yxatini e’lon qildi va talabalarni bo‘sh vaqtdan to‘g‘ri foydalanishga chaqirdi. Ro‘yxatga o‘zbek va jahon adabiyotining durdona asarlari, soha bo‘yicha qo‘llanma va motivatsion kitoblar ham kiritilgan. Xabarda aytilishicha, kitobxon talabalar universitet tomonidan rag‘batlantirilishi rejalashtirilgan.

 

 

 

Milliy adabiyotimizdan:

 

• Abdulla Qodiriy “O‘tgan kunlar”;

• Tog‘ay Murod – “Yulduzlar mangu yonadi”, “Ot kishnagan oqshom”, “Oydinda yurgan odamlar”, “Otamdan qolgan dalalar”;

• Odil Yoqubov – “Ko‘hna dunyo”;

• Pirimqul Qodirov – “Yulduzli tunlar”, “Avlodlar dovoni”;

• G‘afur G‘ulom – “Shum bola”;

• Murod Muhammad Do‘st – “Lolazor”;

• Abduqayum Yo‘ldosh – “Puankare”.

 

Jahon adabiyotidan:

 

• Fyodor Dostoevskiy – “Telba”, “Jinoyat va jazo”, “Aka-uka Karamazovlar”;

• Erix Mariya Remark – “Uch og‘ayni”;

• Gabriel Garsia Markes – “Yolg‘izlikning yuz yili”, “Oshqora qotillik qissasi”;

• Mixail Bulgakov – “Usta va Margarita”, “Ityurak”;

• Nodar Dumbadze – “Abadiyat qonuni”, “Hellados”;

• Alber Kamyu – “Begona”, “Vabo”;

• Frans Kafka – “Jarayon”, “Evrilish”;

• Mark Tven – Sarguzasht asarlari;

• Den Braun – “Raqamli qal’a”;

Jorj Oruell – “Molxona”, “1984”.

 

 

Tavsiya etamiz:

 

Yozuvchi Javlon Jovliyevdan 5 kitob tavsiyasi

 

Yoshlar mutolaasi: Tarjimon Mirzohid Muzaffardan 5 kitob tavsiyasi

1 Izoh

shahzoda

06:01 / 01.01.1970

kitob juda ham maroq va zavq bilan o'qiladigan kitob .kitobni sizlarga ham maslahat beraman

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19272
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 16338
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi