Vatan muhabbatini dunyoga olib chiqqan san’atkor – Sultonali Rahmatov playlisti


Saqlash
10:07 / 29.07.2025 359 0

Kecha, 28-iyul kuni taniqli bastakor va sozanda Sultonali Rahmatov uzoq vaqt davom etgan xastalik sabab vafot etdi. Ijodkor 1970-yil 13-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. 

 

1987-yil Toshkent konservatoriyasi (hozirgi Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi)ga oʻqishga kiradi. Uni ommaga tanitgan “Oʻzbekiston” musiqasidan 1994 – 2005-yillar Oʻzbekiston telekanalining “Assalom Oʻzbekiston” axborot-musiqiy dasturining boshlanish musiqasi sifatida hamda Oʻzbekistondagi koʻplab bayram tantanalarida foydalanilgan. 

 

Sultonali Rahmatov 2006-yili Nyu-York musiqa akademiyasi kompozitori boʻlgan. 2010-yil Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlangan. Mudofaa vazirligi qoshidagi qurolli kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli badiiy rahbari boʻlib ishlagan. Kompozitor Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi aʼzosi edi. Bastakorning ilk yakkaxon konserti 2006-yil Olmaota shahrida, Oʻzbekistondagi birinchi konserti esa 2007-yili Samarqanddagi Registon maydonida boʻlib oʻtgan.

 

Oyina.uz marhum ijodkorning xalq orasida sevimli va mashhur bo‘lgan musiqalarini yodga oladi.

 

“Assalom Oʻzbekiston”

 

 

Mening Oʻzbekistonim

 

 

“Oʻzbegim”

 

 

Baxt

 

 

Muhabbat siri

 

 

Zamin

 

 

Hayot

 

 

Yolgʻizlik

 

 

Sharq taronalari

 

 

Simfoniya 2

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Jarayon

15:11 / 06.11.2025 0 171
Yo‘qolgan udumlar

San’at

15:11 / 05.11.2025 0 478
Jismida ikki oʻq bilan yashagan aktyor

Jarayon

17:11 / 03.11.2025 0 101
“Orzu-havas” ortidagi og‘riqlar





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

//