Vatanga muhabbatini kuylarida aytolgan bastakor


Saqlash
16:20 / 05.06.2025 272 0

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, Davlat mukofoti sovrindori, kompozitor Anor (Anorqul) Nazarov tavallud topgan kun.

 

Bastakor 1950-yil 5-iyunda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida tavallud topgan. 1968-yilda M.Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasini tamomlagan.

 

1968−1985-yillarda A.Navoiy nomidagi DAKT orkestri solisti, 1985−1987-yillarda Toshkent shahar musiqa ansambllari jamoasi bosh dirijyori, 1986−1996-yillarda O‘zbekiston teleradiokompaniyasi estrada-simfonik orkestri badiiy rahbari va bosh dirijyori, 1996−2000-yillarda “O‘zbeknavo” birlashmasi bosh direktori, 2000−2002-yillarda esa badiiy rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

 

1995-yil O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, 1997-yil A.Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti laureati va 2008-yil “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan. U ijodiy faoliyati davomida 120 dan ortiq milliy-estrada yo‘nalishidagi mashhur qo‘shiqlar musiqasini yaratgan.

 

Anor Nazarov 2019-yil 16-yanvarda vafot etgan.

 

Oyina.uz bugungi sana munosabati bilan Anor Nazarov kuy bastalagan eng mashhur qo‘shiqlar “playlisti”ni taqdim etadi:

 

Muyassar Razzoqova, Avaz Rajabov, “Vatan azizdir”;

 

Nuriddin Haydarov, Kumush Razzoqova, Doston Ubaydullayev, “Men nechun sevaman O‘zbekistonni”;

 

Sevara Nazarxon, “Ulug‘imsan, Vatanim”;

 

Zohida Umarova, “Yurt qadri”;

 

Nuriddin Haydarov, “Do‘lana”;

 

Ozodbek Nazarbekov, “Jon O‘zbekiston”;

 

“Fayod” guruhi, “Nozlanajakdir”;

 

Gulbahor Erqulova, “Izhor”;

 

Dilshodbek Kattabekov, “Ozod elning o‘g‘liman”;

 

Hojiakbar Haydarov, “Yur, muhabbat, ketdik bu yerdan”.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

//