Xorijiy atamalarning o‘zbekcha muqobillari taqdim etildi


Saqlash
12:14 / 28.02.2025 348 0

Xorijiy atamalarni o‘zbekcha muqobillariga almashtirish bo‘yicha jamoatchilik yuborgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Atamalar komissiyasining ishchi kengashi – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan ko‘rib chiqildi. Ishchi organ taqdim etilayotgan atamalarning milliy muqobillari boʻyicha boshqa fikr va mulohazalarni  ham qabul qilishi va koʻrib chiqishini bildirgan.

 

Quyida takliflar jadvali taqdim etilgan. Siz ham taklifingizni bildirishingiz mumkin.

 

Yangi so‘z va iboralar

 

T/r

So‘z va atama

So‘z va atama

qo‘llanilgan manba

(nomi, sanasi

va raqami)

So‘z va atamaning izohi

(qaysi tildan olingani)

So‘z va atamani o‘zbek tilida ifodalovchi so‘zlar

Rasmiy  muomalaga

kiritish bo‘yicha taklif

Qaysi vazirlik

(idora)

tomonidan taklif qilingan

1

Aysberg

Dunyodagi eng katta aysberg joyidan siljidi (ijtimoiy tarmoqdan olindi).

Aysberg (nemischa Eisbegr, “Muztog‘”) – okean va dengizlarda erkin suzib yuruvchi katta muz bo‘lagi.

Muztog‘

Muztog‘

Jamoatchilik taklifi

2

Bruschatka

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.02.2024-yildagi PQ-66-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.06.2024-yildagi 353-son qarori.

Bruschatka (ruscha “бруc”) – qirrali, bir o‘lchamga ega, qattiq yo‘l to‘shamasi.

Tosh yotqiziq, tosh to‘shama

Yo‘lg‘isht

Jamoatchilik taklifi

3

Diskussiya

Kelinglar, talabalar bir masalani diskussiya qilamiz (ijtimoiy tarmoqdan olindi).

Diskussiya (lotincha “discussion”) – muhokama. Muammo yuzasidan erkin muhokamaga kirishish.

tortishuv, tortishma

Bahs, munozara

Jamoatchilik taklifi

4

Zona

O‘zbekiston Respublikasining 07.02.2025-yildagi Qonuni, O‘RQ-1025-son; “Urgut” iqtisodiy zonasida ishlar ko‘lami kengaymoqda (ijtimoiy tarmoqdan olindi).

Zona (lotincha/yunoncha) – mintaqa, chiziqlar bilan belgilangan chegara joylar.

Tegra

Hudud

 

Jamoatchilik taklifi

5

Instrument

Sohaviy hujjatlarda qoʻllanadi

Instrument (lotincha “instrumentum”) – qurol, uskuna, asbob.

Ish qurol, qurol

Ish quroli

Jamoatchilik taklifi

6

Intensiv

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.01.2025-yildagi PQ-12-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrug‘i, 26.12.2024-yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3467-2.

Intensiv (lotincha “intensio”) – kuch bilan, muntazam. 

Qizg‘in, unumli

Jadal

Jamoatchilik taklifi

7

Kamera

Yurak anatomik jihatdan 4 kameradan tuzilgan (ijtimoiy tarmoqdan olindi).

Kamera (lotincha “camera”) yopiq joy, maxsus xona.

Bo‘lma

Bo‘lma

Jamoatchilik taklifi

8

Konstruksiya

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.01.2025-yildagi
10-son qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.01.2025-yildagi 2-son qarori.

Konstruksiya (lotincha “constructio”) – tartib, bir biriga mos taraflama yig‘ilgan uskuna/qurilma.

Qurilish, qurilma

Tuzilma

Jamoatchilik taklifi

9

Koordinator

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.11.2024-yildagi 800-son qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.10.2024-yildagi 652-son qarori.

Koordinator (ruscha, inglizcha) – bir ish boshqaruvchisi.

Yo‘naltiruvchi, boshqaruvchi

Muvofiqlashtiruvchi

Jamoatchilik taklifi

10

Koridor

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘i, 01.02.2024-yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3494;

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrug‘i, 12.12.2023-yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3483.

Koridor (italyancha “corridore” keyinchalik lotincha “currere”) – yugurmoq.

Yo‘lak

Yo‘lak

Jamoatchilik     taklifi

11

Lider

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.01.2025-yildagi PQ-12-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.06.2024-yildagi 365-son qarori.

Lider (inglizcha “leader”) – birinchi, birinchi yuruvchi.

Yo‘lboshchi, yetakchi

Yo‘lboshchi, yetakchi

Jamoatchilik taklifi

12

Marshrut

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.07.2023-yildagi 277-son qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.04.2021-yildagi 235-son qarori.

Marshrut (nemischa “Marschroute”) – yo‘l.

Yo‘nalish

Yo‘nalish

Jamoatchilik taklifi

13

Progress, progressiv

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.12.2024-yildagi PQ-467-son qarori

Progress, progressiv (lotincha “progressus”) – muvaffaqiyat, ilgari yurmoq/bo‘lmoq.

Ilg‘or, ilg‘orlik

Ilg‘or, rivojlanish

Jamoatchilik taklifi

14

Dostavka

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.10.2022-yildagi
566-son qarori
.

Dostavka (ruscha) – xaridorlarga sotib olingan tovarlarni yetkazish.

Eltish, yetkazish

Yetkazish

Jamoatchilik taklifi

15

Probeg

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.11.2022-yildagi 660-son qarori.

Probeg (ruscha) – yugurish.

Yurim

Yurim

Jamoatchilik taklifi

16

Set (ovqatlar seti bo‘yicha)

“Yaponamama” sushi setlarini tanlang (Ijtimoiy tarmoqdan olindi)

Set (inglizcha “set”) – seriya, to‘plam, bir qator.

To‘plam

To‘plam

Jamoatchilik taklifi

17

Oprava

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i, 28.07.2017-yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2905.

Oprava (ruscha) – biron narsani joylash mumkin bo‘lgan narsa-buyum. Masalan ko‘zoynak oynasini joylash mumkin bo‘lgan narsa.

Ko‘zlik

Ko‘zoynak bandi

Jamoatchilik taklifi

18

Polik

Yevropa “Evakor” poligining hamma turi bizda bor (Ijtimoiy tarmoqdan olindi)

Polik (ruscha “полик”) – kichik gilam, avtomobil gilamchasi.

To‘shama

To‘shama

Jamoatchilik taklifi

19

Balansirovka

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrug‘i, 11.11.2015-yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2726;

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrug‘i, 09.12.2011-yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2288

Balansirovka (fransuzcha balance “torozi”) – sohalar bo‘yicha ko‘p ma’noli.

Tenglashtirish

Muvozanatlashti-rish

Jamoatchilik taklifi

20

Vnedorojnik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.07.2020-yildagi PQ-4794-son qarori,

Vnedorojnik (ruscha) – qiyin sharoitlarga chidamli avtoulov.

Yo‘ltanlamas

Yo‘ltanlamas

Jamoatchilik taklifi

21

Chelenj

Tez kunda ushbu taronaga chelenj e’lon qilamiz (ijtimoiy tarmoqdan olindi).

Chelenj (inglizcha challenge “chaqiriq”, “sinov”) – ijtimoiy tarmoqlarda biron voqea munosabati bilan uyushtirila-digan chorlov.

Chorlov

Chorlov

Jamoatchilik taklifi

22

Navigator

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.11.2024 yildagi PQ-389-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.12.2023-yildagi 664-son qarori.

Navigator (lotincha “navigator”) – yo‘lga qo‘ymoq, yo‘llanma.

Qo‘nim

Yo‘llagich

Jamoatchilik taklifi

23

Sеlfi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.01.2024-yildagi PQ-21-son qarori.

Sеlfi (inglizcha “self”) – o‘zimni o‘zim rasmga olish/tushirish.

Selfi

O‘zchekim

Jamoatchilik taklifi

24

Svеtofor

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.12.2024-yildagi 901-son qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.11.2024-yildagi 806-son qarori.

Svеtofor (yunoncha/ruscha) – nur taratuvchi, avtomobil harakati uchun belgi beruvchi.

Yo‘lchiroq

Yo‘lchiroq

Jamoatchilik taklifi

25

Ekspluatatsiya

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.01.2025-yildagi 27-son qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.01.2025-yildagi 10-son qarori.

Ekspluatatsiya (fransuzcha “exploitation”) – foydalanish, boshqalarning mehnatini o‘zlashtirish.

Foydalanish

Foydalanish

Jamoatchilik taklifi

26

Aksiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.01.2025-yildagi PQ-26-son qarori.

Aksiya (lotincha “actio”) – davlat, partiya va ijtimoiy harakat. Jismoniy tarbiya va sportga doir tadbir va aksiyalarni tashkil etish.

Yalpi harakat

Yalpi harakat

Jamoatchilik taklifi

27

Kulеr

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2022-yildagi 733-son qarori

Kulеr (inglizcha “cooler”) – sovutish tizimi.

Suvlik, suvluq, sovuq suv

Suvlik

Jamoatchilik taklifi

28

Kеshbеk

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.12.2024-yildagi 897-son qarori

Kеshbеk (inglizcha “cash back”) – ma’lum vaqtdan so‘ng sarflangan pul qismini qaytarib berish.

Qaytiq, qaytim

Hadya-qaytim

Jamoatchilik taklifi

29

Povеrbank

Pover bank Toshkentda – tez, arzon va onlayn sotib oling (“OLX” e’lonlaridan)

Povеrbank (inglizcha “power bank”) – tashqi telefon quvvatlagichi.

Kuchlik, kuchluq, quvvatlik, quvvatsaqlagich

Kuchlantirgich

Jamoatchilik taklifi

30

Karving

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.08.2023-yildagi 340-son qarori

Karving (inglizcha “carving”, nemischa “kerben”) – mevalar va sabzavotlarga kesma bezak berish san’ati.

Kesma bezak

Meva bezakchiligi

Jamoatchilik taklifi

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Adabiyot

17:02 / 28.02.2025 0 328
Biz unutayotgan esse va unda yashayotgan falsafa





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

San’at

16:08 / 28.08.2021 8 25430
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//