Adabiyot
Nima uchun “водород” deymiz? Inglizchada u “hydrogen”, xitoy tilida “tsing”, yapon tilida “suiso”? Nima uchun turklar, arablar ingliz, fransuz tili orqali yunoncha istilohni olishgandek (“hidrojen”), biz esa ruscha shaklni olishimiz kerak edi?
O‘zbek tilida vodorodni “suvzot”, kislotani (ingl. acid) “achitqich” deya olmasligimiz kerak edi? Axir “temir”, “oltin”, “ruh” degan kimyoviy unsurlar, “suv”, “tuz” moddalarini o‘zbekchada ataymiz-ku?
Yana qiziq bir narsani kuzatdim: dunyoviy bilim yurtlari uchun chiqarilgan “Mantiq (logika)” adabiyotida ba’zi istilohlar rus tilidan kirib kelgan so‘zlarga duch kelsak, xuddi shu ma’nolarni aks etuvchi kalom mantig‘idagi iboralar tarjimasiz arab va fors so‘zlari ishlatilayotganini ko‘ramiz. Albatta, ikkala yondashuvda o‘zbek tiliga tarjima qilingan iboralar bor. Lekin bir mavzu va mohiyat ikki xil tilda berilayotgandek ko‘rinadi, bu ikki tarafni birlashtirgan to‘g‘ri bo‘lar?
Bir xitoyshunosning intervyusida hozirgi zamon Xitoy fani g‘arbning ilmiy paradigmasi ortidan yuryapti (qayerda boshqacha?) deb turib, lekin xitoyliklarning qadimdan kelayotgan qarashlari sababli fan sohasida o‘ziga xos yangicha talqinlarni kashf qilishi imkoniyati bor. Xitoyliklar yangi ilmiy atamalarni darhol o‘z tillariga xitoylashtirib oladi va bunda ilmiy istiloh nafaqat o‘zga til ekvivalent tarjimasiga, balki o‘zgacha mazmun, ma’no kashf etishga imkon beradi, qadimdan kelayotgan bilimlariga bog‘lab olishlari mumkin. Xuddi shu yondashuvni yapon va koreyaliklarda kuzatish mumkin (agar adashayotgan bo‘lsam, biladiganlar to‘g‘rilab qo‘yishsin).
Fikrimcha istilohlarga yangi o‘zbekcha nom topishdan va hatto yangicha shakllarni ixtiro qilishdan qochmaslik kerak. Kim bilsin, balki maxsus atama uchun o‘zbekchasini topish jarayonida o‘sha istilohning sohasi uchun yangicha qirralar ochilib qolar? Bu ish ijodiy ixtirochilik uchun yaxshi uslub bo‘lishi mumkin.
Yuqoridagi matndan arab va fors so‘zlarini ko‘rsatib, tilimiz xorijiy so‘zlarga to‘la ekanligini aytishlari mumkin. Deyarli hech bir til yo‘qki, uning ichida boshqa tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlar bo‘lmasa, bu tabiiy holat. Men esa tabiiy jarayonlarga bo‘ysunavermay, balki ijodiy yondashuvga chaqiryapman. Hammaning umri poyon topadi – bu tabiiy jarayon, lekin salomatlikni yaxshilash, hayotning sifati va mazmunini boyitishga urinib, tabiatga qarshi chiqamiz, mana shuni men ijodiy yondashuv deyman. Tilimizni boshqa tillarga mag‘lub qilavermay, o‘zligini saqlagan holda, jahon tafakkuri maxsulotini o‘zlashtirish sinoatini o‘rganishimiz kerak.
Jamshid MUSLIMOV
Adabiyot
Adabiyot
Til
Adabiyot
Adabiyot
Jarayon
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q