Ketma-ketlikmi, ketmaketlik – qay biri to‘g‘ri, bizga yechim bering!


Saqlash
16:26 / 23.12.2024 87 0

Umumiy o‘rta ta’limda, xususan, boshlang‘ich sinflarda “toshga o‘yilgan naqsh” kabi bilimlar shakllantirilar ekan, bunda hech bir ustozning xato qilishga, muammolarga bee’tibor bo‘lishga haqqi yo‘q. Afsuski, orfografik bilimlarni o‘zlashtirishda tayanch bo‘luvchi imlo lug‘atlaridagi xilma-xillik (imlo qoidasiga mos kelmaydigan, dublikat so‘zlar) nafaqat bilim beruvchida, balki o‘zlashtiruvchilarda ham birdek muammolar tug‘dirmoqda...

 

Til va adabiyot talimijurnalining shu yil 8-sonida Bashorat Bahriddinova hamda Sharifa Nabiyeva hammuallifligidagiLugat qonunchiligi tushunchasi va ozbek meyoriy lugatchiligi muammolarimaqolasi ana shunday xulosaga kelishimga sabab boldi. Maqoladagi haqli etirozlarmaktab oqituvchilari uchun savodxonlikni shakllantirishda duch kelinayotgan yechimsiz muammolarning qalamga olinganini oqib, bazi mulohazalar bildirishni lozim topdim.

 

2022-yili 6-, 7- va 10-sinflarga moljallangan yangi avlod ona tili darsliklarini qolga olganimizda ayrim sozlarning yozilish shakli ozgarganini va ularning qoidasi professor Nizomiddin Mahmudov tahriri ostida filologiya fanlari doktori Ernest Begmatov hamda filologiya fanlari nomzodi Abduvahob Madvaliyev tomonidan 2013-yili tuzilgan 85 000 sozdan iboratOzbek tilining imlo lugatikitobiga asoslanib shakllantirilganini mutaxassislar izohidan bilgandik.

 

Shuningdek, tez orada yangi imlo lugati kitobi tasdiqlanishi, unda aynan 2013-yili nashr etilgan kitobga kiritilgan sozlar qatori boyitilayotgani hamda kop muammolar bartaraf etilayotgani, xususan, 1995-yiliOqituvchiva 2013-yiliAkademnashrnashriyotida chop etilgan ikki lugatdagi bir-birini inkor etuvchi yozuv shakllari borasida bir toxtamga kelingani haqidagi xushxabarlar bilanovundik”. Chunki “sentabr” yoziladimi yoki “sentyabr” deb bir-birimizdan so‘rashdan charchagan edik. Jurnalist Orif Tolibning quyidagi mulohazalari ham holatimizni yaqqol aks ettiradi.

 

“Yagona imlo uslubini qo‘llash, chalkashliklarning oldini olish uchun yangi darsliklarni nashrga tayyorlashda 2013-yili “Аkademnashr” nashriyotida chop etilgan imlo lug‘atiga asoslanilgan. Bu lug‘at 85 000 dan ortiq so‘zni o‘z ichiga oladi. Unda savolda so‘ralgan so‘z “sentyabr” ko‘rinishida berilgan. Nega bunday yozilayotganiga mualliflar lug‘atning kirish qismida to‘xtalib o‘tgan. Nima uchun so‘zni “sentabr” shaklida bergan lug‘atdan foydalanilmadi? 1995-yili “O‘qituvchi” nashriyotida chop etilgan lug‘atda so‘zlar miqdori anchagina kam. Unga hatto “kompyuter” so‘zi ham kiritilmagan. Qayta ishlangan nashrlarda bu so‘zga joy ajratilgan bo‘lsa-da, darsliklarda uchraydigan boshqa juda ko‘p so‘z va atamalar ushbu lug‘atda aks etmagan. Kishilarda bir xato qarash bor: ko‘pchilik 1995-yilgi lug‘atni Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan deb o‘ylaydi. Vazirlar Mahkamasi imlo qoidalarini tasdiqlagan, lug‘atni emas. Garchi “sentabr”, “oktabr” shakli ham xato bo‘lmasa-da, turfaxillik yuzaga kelmasligi uchun “sentyabr”, “oktyabr” shaklida yozish va o‘rgatish tavsiya etilgan edi. Bundan boshqa bahsli so‘zlarni berishda ham barcha darsliklarda bir xil imlo uslubi qo‘llanyapti. Imlo va lug‘atlardagi kamchiliklarni tuzatishga masʼul bo‘lgan tashkilot hamda muassasalar shu va shu kabi masalalarga tezroq nuqta qo‘ysa, qatʼiy va mantiqli qaror qabul qilsa, kun tartibidan tushmaydigan bunday savollarga ham barham berilardi”.

 

Har ishning bir xayri bor, deganlaridek, mutaxassislar tavsiyalariga muvofiq, shu paytgacha imlomizga o‘rnashib qolgan, kundalik hayotimizdagi eng faol so‘zlardan hisoblangan “sentabr”, “oktabr”ni “sentyabr”, “oktyabr” shaklida yoza boshladik.

 

Haqli savol tug‘iladi: nega 2013-yildan beri ham 1995-yil nashridagi so‘zlar imlosini iste’moldan chiqarmadik? So‘zlarning “sentyabr”, “oktyabr” tarzida yozilish shaklini amalda qo‘llamadik. Rostdan ham, ushbu so‘zlar og‘zaki nutqda “sentabr”, “oktabr” emas, “sentyabr”, “oktyabr” tarzida talaffuz qilinadi-ku! Og‘zaki va yozma shaklning bir-biriga mutanosib bo‘lishi ayni muddao emasmi?

 

Fikrimcha, 2013-yili “O‘zbek tilining imlo lug‘ati” (E.Begmatov, A.Madvaliyev) nashrdan chiqqani bilan muammolar hal bo‘lmadi. Unga “sentyabr”, “oktyabr” tarzidagi yozuv shakli kiritilgan edi. O‘quvchining savodini chiqarishga qaratilgan asosiy qo‘llanma – darsliklarda 1995-yil 24-avgustda Vazirlar Mahkamasining 339-sonli qaroriga muvofiq tasdiqlangan imlo qoidalari amaliyotdan chiqarilmadi. Tushunishimcha, o‘sha lug‘at muqobil variant sifatida, to‘g‘rirog‘i, asosiy kitob sifatida “o‘z kuchi”ni doimo saqlab qoldi. Uzoq yillarga qaytmaylik, 5-sinf ona tili darsligining 2020-yildagi nashrida (78-, 120-bet) ham “sentabr”, “oktabr” shaklida yozilgan, vaholanki, yangi lug‘at tuzilganiga 7 yil bo‘lgan edi.

 

Tilimiz rivoji, millat ravnaqi uchun muhim bo‘lgan 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasini o‘z ichiga olgan yangi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” (G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023) kitobi xursandchilik bilan kutib olindi. Maktabdagi mutaxassis sifatida birinchi izlaganim yuqoridagi ikki so‘z shakli bo‘ldi: sentabrmi – sentyabrmi, oktabrmi – oktyabrmi? (Axir qiziquvchan yosh avlodning savollariga javob berishni jo‘n hisoblagan yutqazadi-da. Nima deysiz, meniki ham, seniki ham to‘g‘ri deymizmi?) Quvonchimiz yanada oshdi: olti jildida ham bitta variant – sentyabr, oktyabr tarzida kiritilibdi! Ofarin!

 

Ammo-lekin...

 

90 mingga yaqin so‘z imlosini jamlagan “O‘zbek tilining imlo lug‘ati” (E.Begmatov, A.Madvaliyev, Y.Odilov. – Toshkent: “Kafolat print kompany”, 2023. N.Mahmudov tahriri ostida) kitobi hafsalamizni biroz pir qiladiganga o‘xshaydi. Mayli, boshqa so‘zlarni aytmay, muhokama ham qilmay, ammo biz maktab o‘qituvchilari uchun juda faol so‘z bo‘lgan oy nomlarini bir variantda berish kerak edi-da. Qarangki, “oktabr” va “oktyabr”, “sentabr” va “sentyabr” bir safda!

 

“Ma’lumki, imlo lug‘atlari tilning qabul qilingan joriy imlo qoidalari talablariga amal qilgan holda tuziladi”,  deya tushuntirish berilgan lug‘at kitobida (8-bet, 2023).

 

Imlo qoidalarining 53-bandidagi ushbu qoidaga qat’iy amal qilinadi: “So‘zning -ma, ba- yordamida birlashgan qismlari chiziqcha bilan yoziladi: ko‘chama-ko‘cha, uyma-uy, rang-barang, dam-badam kabi. Lekin mustaqil ishlatilmaydigan qism qatnashsa, bunday so‘zlar qo‘shib yoziladi: ro‘baro‘, darbadar kabi” (16-bet, 2023). Endi amaldagi lug‘atlarimizga kiritilgan quyidagi so‘zlarga e’tibor bering: ketma-ket, ketma-ketlik (205-bet, 2013), ketma-ket, ketmaketlik (246-bet, 2023).

 

Nima o‘zgardi? Nega to‘ldirilgan nashr sifatida qabul qilingan yangi imlo lug‘atiga ketma-ketlik so‘zi qo‘shib olindi. Axir qoida talabiga mos yozilgan edi-ku? Bundan bu yog‘iga ketma-ketlik shaklidagi so‘zni xatolikka olamizmi? Bunda qaysi orfografik me’yorni asos sifatida sharhlaymiz? Unday bo‘lsa, 2023-yildan oldin nashr etilgan lug‘atlarning iste’moldan chiqqanini qaysi asosga ko‘ra bilsak bo‘ladi? Shusiz ham xilmaxillik so‘zining shakliy yozuviga boshimiz qotib turgan edi (449-bet, 2013), moslasholmasak-da, amal qilib yurgandik, harqalay, yangi nashrda o‘zgarishsiz qolibdi: xilma-xil, xilmaxillik (552-bet, 2023).

 

Bundan tashqari, yozma matnlar ustida ishlaganda ba’zi so‘zlar shaklining qaysi variantini qo‘llash maqsadga muvofiq, degan savol kishini o‘ylantiradi. Masalan, ketkazmoq – ketkizmoq, ketkazuv – ketkizuv (246-bet, 2023), xazanak – xazonak (551-bet, 2023). Ma’nosi: ХAZONCHINAK f. – خزان چيکن xazon, barg to‘plash. shv. Хazanak. (Izohli lug‘at. 6-jild. 39-bet, 2023); xomit va xomut (555-bet, 2023). Ma’nosi: r. хомут < qad. r. хомти – “qismoq, siqmoq”. (Izohli lug‘at. 6-jild. 68-bet, 2023), assalomalaykum va assalomu alaykum bir variantdagi (54-bet, 2023); barala va baralla (73-bet, 2023) kabi nusxali so‘zlar boshqa so‘zlarni ham yozishda ikkilantirish hosil qiladi. Yoki xalq-demokratik (549-bet, 2023) jumlasi chiziqcha bilan yozilganini qanday izohlaymiz? (Xalq demokratik partiyasi).

 

O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari bilan boshlangan lug‘at kitobda mualliflar tomonidan ayrim so‘zlar imlosiga izoh berilgan, ammo yuqorida tilga olingan so‘zlar imlosi xususida izoh zarur edi. Imkon qadar tilimiz, imlomiz sofligi uchun hech bo‘lmaganda eng faol so‘zlarning nusxasi (dublikati) bo‘lmasligini istardik.

 

Mutasaddi mas’ullardan so‘raymizki, maktab o‘qituvchisi sifatida bizga qaysi lug‘at amalda ekanligini tasdiqlovchi qaror va amaliy ijro kerak. Eng asosiysi, darsliklar imlosi bitta lug‘at asosida tuzilsin. Bir-birini rad etuvchi imlo lug‘atlar faqat va faqatgina savodsizlikni urchitadi!

 

Dildor NURMUHAMMEDOVA,
Termiz shahridagi 23-umumta’lim maktabining
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

 

“Til va adabiyot ta’limi” jurnali, 2024-yil 12-son.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

San’at

16:08 / 28.08.2021 8 23706
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//