
Oyina.uz portali o‘zbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA O‘QISHI SHART BO‘LGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi. Loyihaning 82-kuni jurnalist, tarjimon Rustam Jabborov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Alisher Navoiy, “Xamsa” dostoni;
2. Zahiriddin Muhammad Bobur, “Boburnoma” asari;
3. Abdulla Qodiriy, “O‘tkan kunlar” romani;
4. Cho‘lpon, “Kecha va kunduz” romani;
5. Oybek, “Navoiy” romani;
6. Lev Tolstoy, “Anna Karenina” romani;
7. Shekspir, “Hamlet” tragediyasi;
8. Dostoyevskiy, “Jinoyat va jazo” romani;
9. Erkin Vohidov, “Yoshlik devoni” she’riy to‘plami;
10. O‘tkir Hoshimov, “Tushda kechgan umrlar” romani.
Rustam Jabborov 1979-yil Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetini tamomlagan. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. “Respublika”, “Qishloq hayoti” gazetalarida muxbir, “Darakchi” gazetasi bosh muharriri, “Zamon Press info” nashriyot uyi direktori, “O‘zbekkino” MA boshqarma boshlig‘i, “Sevimli” telekanali bosh muharriri lavozimlarida faoliyat yuritgan. Ayni vaqtda WOSCU ilmiy maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritadi.
“100 jumboqli hikoya”, “Erkak yig‘lagan kun”, “Padarkushning iqrori” kabi o‘nlab kitoblari nashr etilgan. R.Jabborov poliglot bo‘lib, rus, ingliz, nemis, turk, fors, arab, ozarbayjon tillarini yaxshi biladi va shu tillardan asarlar tarjima qilgan. Xususan, uning tarjimasida Xolid Husayniyning “Shamol ortidan yugurib”, “Ming quyosh shu’lasi” romanlari, Anorning “Qizil limuzin” hikoyalar to‘plami, Voqif Sultonlining “O‘lim uyqusi”, Yunus O‘g‘uzning “Otabek Eldengiz”, Vorisning “Umidlar intihoda o‘ladi”, “Senga ishonaman” Aziza Ja’farzodaning “Boku. 1501”, Okay Tiryakio‘g‘lining “Mavlono” romanlari, Aleksandr Griboyevdovning “Aqllilik balosi” pyesalari o‘zbek o‘quvchilariga taqdim etilgan.
Falsafa
Jarayon
San’at
Vatandosh
Adabiyot
Adabiyot
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
Til
//
Izoh yo‘q