Bulturgi belqars, bodi biyi, gajir xamsiya – shevadagi soʻzlar tahlili


Saqlash
18:09 / 26.11.2024 31 0

Oʻzbek tili turli lahja, sheva va dialektlardan tashkil topgan. Adabiy tilda qoʻllanuvchi soʻzlar shevalarda boshqacha variantda ishlatilishi mumkin. Yoki tilimizda yoʻqolib ketayotgan baʼzi soʻz va qoʻshimchalar shevalarimizda barqaror ishlatilayotgan boʻladi. Bu oʻrinda tilshunoslar shunday leksik birliklarni chuqur oʻrganishi, adabiy til doirasida tahlil qilishi va keng ommaga taqdim etishi mumkin. Shundagina olinma soʻzlarning baʼzilarini oʻz tilimizdagi ekvivalenti bilan almashtira olish mumkin. Avvalo, sheva, lahja, dialekt atamalarining oʻxshash va farqli jihatlarini sanab oʻtamiz. 

 

Shеva – biror tilning oʻziga xos fonеtik, lеksik, grammatik xususiyatlariga ega boʻlgan kichik qismi (oraliq sheva, shevalar guruhi degan terminlar ham bor)  

Lahja – shevaning fonеtik, lеksik, soʻz yasalishi hamda grammatik xususiyatlarini maʼlum bir tizim asosida oʻzida birlashtirgan shеvalar yigʻindisi. Ayni vaqtda tilimizda uchta lahja bor: 1) qarluq lahjasi, 2) qipchoq lahjasi 3) oʻgʻuz lahjasi. Ularning nomlanishi turkiy urugʻ-qabilalar nomidan shakllangan. Lahja soʻzi arab tilidan oʻzlashgan soʻz boʻlib, tarz, ravish, yoʻsin singari maʼnolarni bildiradi. 

Dialеkt atamasi – dialеktologik adabiyotlarda lahja, shеva maʼnolarida ham ishlatiladi. Hoziri kunda esa u umumlingvistik dialеkt atamasi maʼnosida ishlatilmoqda. Dialеkt atamasi grеk tilidan oʻzlashgan soʻz boʻlib, professor V.V.Rеshеtov bu atamani oʻz tadqiqotlarida shеvalar guruhi maʼnosida qoʻllagan. Mazkur atama bu fanga oid rus tilidagi ilmiy hamda ilmiy metodik adabiyotlarda ham uchraydi.

 

Oʻzbek tili shevashunosligi V.V.Rеshеtov, F.Abdullayеv, Sh.Shoabdurahmonov, A.Aliyеv, B.Joʻrayеv, X.Doniyorov, Y.Gʻulomov, Y.Jumanazarov, A.Ishayev, D.Abdurahmonov, N.Rajabov, Q.Muhammadjonov, N.Shoimova kabi dialеktolog olimlar tomonidan chuqur oʻrganib tahlil etilgan. Oʻzbek dialektologiyasi geografiya fani bilan uzviy aloqador, yaʼni, har bir sheva haqida maʼlumot toʻplanganda, shu sheva vakillari joylashgan territoriyaning koʻlami, aholining miqdori, shu territoriya iqlimi va boshqa maʼlumotlar ham toʻplanadi, yaʼni geografik muhiti ham yoritiladi. Shuningdek, oʻzbek dialektologiyasi oʻzbek xalqi tarixi, adabiyoti, etnografiyasi, sanʼati fanlarining maʼlumotlariga ham tayanadi va ular uchun boy material beradi(4). Shuningdek, areologiya ham dialektologiyaning bir tarmogʻi sanalib, bevosita geografiya fani bilan mushtarak sohalardandir. Dialektologiyaning oʻrganish obyekti shevaga oid soʻzlar boʻlsa, areologiya fani esa shevaga oid soʻzlarni hududiy jihatdan, geografik xususiyatiga koʻra tahlil qilishdan iboratdir.

 

Shеvalar har bir xalqning umumiy milliy tili tarkibiga kiradi, lеkin ular shu milliy adabiy tildan oʻzining fonеtik, lеksik va grammatik xususiyatlari bilan farqlanadi. Dеmak, shеva milliy adabiy tilning bir tarmogʻi sanaladi. Oʻzbek adabiy tili murakkab tarixiy jarayonda tashkil topgan. Eski oʻzbek tilida yozilgan asarlar umumxalq oʻzbek tilida yozilgan boʻlib, ularda turli mahalliy shеvalarning xususiyatlari aks etgan edi. Masalan: bir asarda yaqin soʻzi uchrasa, ikkinchi asarda esa shu maʼnoda yovuq soʻzi uchraydi.

 

Dеmak, sheva(lar)ga xos boʻlgan soʻzlarda ham maʼnoviy oʻzgarishlar boʻlib turadi. Adabiy tilning orfoepik qoidalari hamma shevalar uchun umumiy boʻlgan bir xil talaffuz meʼyorlarini hosil qiladi. Xuddi shuningdek, adabiy tilning orfografik qoidalari shevalarimiz uchun soʻzlarni toʻgʻri yozish meʼyorlarini amaliy jihatdan kuchaytirishga yordam beradi. Maqolada tahlil uchun Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani Javogʻi qishlogʻi aholisining ogʻzaki soʻzlashuv uslubida ishlatadigan soʻzlari tanlandi. Oʻrganilgan soʻzlar adabiy tilda nisbatan kam qoʻllaniladi yoki umuman qoʻllanilmasligi kuzatildi. Misol uchun: beqiliq, boyna, boynagi, chinaqay, doʻqalash, gʻujurli, gajir, girillak, glagay, hayat, itirqim, kaypang, olashaqshaq, pidana, pinna, pori, qoʻtan, sergimoq, shapshak, shoʻtanoq, shoʻttak, siyirmoq, soʻnarmoq, sonsiz, taypish, timirskilanib, tuyatoppon.

 

Ayrim feʼllarning talaffuzida esa farqlar kuzatiladi. Chunonchi, shunday qilib-shuytib deb aytiladi. Yana shunday otlar borki, aytilishida ozgina tafovut seziladi: supurgi-shivitki, lovlovi-lavlagi kabi. Shuningdek, yana ayrim soʻzlar xalq tiliga boshqa tildan oʻzlashgan va shu tildagi soʻzdan foydalanadi. Qishloq aholisi bundan ellik-oltmish yil avval turli joylardan koʻchib kelishgani bois bu yerda yashovchi kishilar talaffuzida ham turfalikni uchratish mumkin. Keyingi davrlarda boshqa hududdan qiz olib, qiz uzatish koʻpaygani bois yosh bolalar nutqida turli shevalarga xos soʻzlarni uchratishimiz mumkin. Bu bevosita onalar nutqi bilan bogʻliqdir.

 

Quyida biz ushbu soʻzlarni va ularning adabiy tilimizdagi izohini berib oʻtamiz (tahlilda tilshunos Shavkat Rahmatullayev tomonidan tuzilganOʻzbek tilining etimologik lugʻatiga murojaat qilindi. Tahlil davomida eʼtibordan chetda qoldirilgan ayrim soʻzlarning jadvali tuzildi). Baʼzi soʻzlar haqiqatdan ham yuqorida tilga olingan qishloq aholisining doimiy kundalik soʻzlashuvida ishlatilib kelinmoqda. Savdo-sotiq, bordi-keldi va toʻy-marosimlardagi yaqinlik sabab Javogʻi qishlogʻi odamlarining shevasi Yakkabogʻ tumanidagi boshqa qishloqlar, jumladan, Sovuqbuloq, Qasnoq, Tezob, Gʻozliq, Qoʻtontepa va Chiroqchi tumanidagi Oʻymovut qishlogʻi odamlarining shevalarida ham uchraydi.

 

Bu oʻrinda Qashqadaryoning qipchoq lahjasida boʻlganJlashishga oid soʻzlar tahlilga tortilmadi. Qolaversa, voha tilidagi soʻz soʻngida keluvchiGʻ” undoshiningVkabi talaffuz etilishini ham, soʻz oxiridagiQ”, “Kundoshlarining tushirib qoldirilishini ham yozish maʼqul topilmadi. Tadqiqotda, asosan, adabiy tildagi soʻzlarning shevada boshqacha aytilishi yoki yondosh soʻzga yaqin talaffuz etilishi tahlil qilindi. Umuman olganda, hozirgi oʻzbek adabiy tiliga xorijiy soʻzlarning koʻplab olinishi yoki baʼzi qoʻshimchalarning tilimizdan yoʻqolib borayotgani tufayli ularning oʻrnini chekka hududlardagi oʻzbek shevalari orqali toʻldirish, muqobil variantini aniqlash lozimdir. Zotan, ushbu izlanish milliy tilning ravnaqi va naqadar boy ekanligi belgilashga xizmat qiladi.

  

Fonetik jihatdan farqlanuvchi so‘zlar

 

Shevadagi so‘z

Adabiy tildagi variant

Izohi (O‘xshash va farqli jihatlari)

So‘z turkumi

Belqars

Belbog‘

Qo‘shma so‘zning ikkinchi qismidagi so‘zda o‘zgarish yuz bergan.

Ot

Billa

Birga

Tovush o‘zgargan.

Olmosh

Birich

Guruch

Tovush o‘zgargan.

Ot

Boshmardoq

Boshbarmoq

Tovush o‘zgargan.

Ot

Buva

Bobo

Tovush o‘zgargan.

Ot

Buytib, betib

Bunday qilib

Tovush o‘zgargan.

Fe’l

Byaqda

Bu yoqda

Tovush o‘zgargan.

Ot

Byarda

Bu yerda

Tovush o‘zgargan.

Ot

Chuchchi

Chuchuk, shirin

Tovush tushishi va tovush ortishi ro‘y bergan.

Sifat

Chapcha

Sapcha; Qovunning kattaroq tugunagi, hali pishmagan mayda qovun

Tovush o‘zgargan.

Ot

Dostiq

Yostiq, bolish

Tovush o‘zgargan.

Ot

Dumaloq

Yumaloq

Tovush o‘zgargan.

Sifat

Do‘ppi

To‘p

Tovush o‘zgarishi va ortishi yuz bergan.

Ot

Duvol

Devor

Tovush o‘zgargan.

Ot

Elanish

Yalinish

Tovush tushishi va tovush o‘zgarishi yuz bergan.

Fe’l

Ena

Ona, oyi

Tovush o‘zgargan.

Ot

Eyaqda

U yoqda

Tovush o‘zgargan.

Ot

Eyarda

U yerda

Tovush o‘zgargan.

Ot

Gittak

Qittak, Ozgina

Tovush o‘zgargan.

Sifat

Hi

Ha

Tovush o‘zgargan.

Modal so‘z

Iyarib

Ergashib

Tovush o‘zgargan.

Fe’l

Ko‘ppala, ko‘ppalavola

Ko‘p, bir talay

Tovush ortishi yuz bergan.

Ravish

Ko‘cha osh

Go‘ja osh

Tovush o‘zgargan.

Ot

Lovlovi

Lavlagi

Tovush o‘zgargan.

Ot

Makkai

Makkajo‘xori

Tovush tushishi yuz bergan.

Ot

Meylov

Mo‘ylab

Tovush o‘zgargan.

Ot

Navoda

Mobodo, bordi-yu

Tovush o‘zgargan.

Bog‘lovchi

Oya

Ona

Tovush o‘zgargan.

Ot

Pichchi

Picha

Tovush o‘zgarishi va ortishi yuz bergan.

Sifat, ravish

Shashov

Shoshqaloq

Tovush tushishi yuz bergan.

Sifat

Shirvunich

Shirguruch

Tovush o‘zgargan.

Ot

Shirchoy

Sutchoy

Qo‘shma so‘zning birinchi qismidagi so‘z boshqasi bilan almashgan.

Ot

Shivitki

Supurgi

Tovush o‘zgargan.

Ot

Sho‘tanaq (sho‘tanoq)

Sho‘x– shaddod

Tovush ortgan.

Sifat

Sho‘ttak

Nordon, sho‘r (sho‘rdak),

Tovush o‘zgargan.

Sifat

Shuytib, shetib

Shunday qilib

Tovush o‘zgargan.

Fe’l

Shyaqda

Shu yoqda

Tovush o‘zgargan.

Ot

Shyarda

Shu yerda

Tovush o‘zgargan.

Ot

Tuva, teva

Tepa, tepalik

Tovush o‘zgargan.

Ot

Ul

O‘g‘il

Tovush tushgan.

Ot

Uytib, etib

Unday qilib

Tovush o‘zgargan.

Fe’l

`

Morfologik jihatdan farqlanuvchi so‘zlar

Shevadagi so‘z

Adabiy tildagi variant

Graditsional shakli

So‘z turkumi

Ajriq

Chim

Neytral so‘z

Ot

Alqindi

Ishlatilgan sovun, sovun bo‘lagi

Salbiy

Ot

Alag‘da bo‘lmoq

Xavotir olmoq

Salbiy

Ibora

Arimoq

Ketmoq, daf bo‘lmoq

Ijobiy

Fe’l

Arg‘amchi

Ingichka arqon.*[1]

Tabu va yevfimizm doirasida ilonni anglatgani uchun salbiy ma’noda ishlatiladi.

Ot

Avramoq

Ishontirish, ko‘ndirish*

Ijobiy

Fe’l

Aya

Ona

Neytral so‘z

Ot

Bayavoy

Bahaybat, gavdali

Ijobiy

Sifat

Bachcha

Bola

Neytral so‘z

Ot

Bepallaki

O‘ylamay gapiradigan

Salbiy

Sifat

Beqiliq

Shum

Salbiy

Sifat

Biyi

Qaynona

Neytral so‘z

Ot

Bodi

Olifta

Salbiy

Sifat

Boyna

Biroz avval

Neytral so‘z

Ravish

Boynagi

Haligi

Neytral so‘z

Sifat

Bultur

O‘tgan yili

Neytral so‘z

Ravish

Bo‘la

Amakivachcha, ammavachcha, xolavachcha,    tog‘avachcha

Neytral so‘z

Ot

Bo‘xcha

Kiyim-kechak o‘ralgan tugun*

Neytral so‘z

Ot

Chakki

Suzma

Neytral so‘z

Ot

Chaqqon

Yengil, yupun

Neytral so‘z

Sifat

Chayla

Kapa

Neytral so‘z

Ot

Checha

Yanga

Neytral so‘z

Ot

Chechan

So‘zamol

Ijobiy

Sifat

Chikin(a)

O‘xshab (Undaychikin-unga o‘xshab)

Salbiy

Ko‘makchi

Chin

Rost

Neytral so‘z

Sifat

Chinchinaki

Haqiqiy

Ijobiy

Sifat

Chinaqay

Jimjiloq

Neytral so‘z

Ot

Darmayit

Boqimanda

Salbiy

Sifat

Do‘ng

Tepa

Neytral so‘z

Sifat

Do‘nglik

Tepalik

Neytral so‘z

Ot

Do‘qalash

Qo‘zg‘ash, aralashtirish

Salbiy

Fe’l

Doritmoq

Yaqinlashtirmoq

Salbiy

Fe’l

Dovur

-gacha

Neytral so‘z

Ravishdosh

Dovruppa

Nahotki, bo‘lishi mumkinmas

Salbiy

Modal so‘z

Emchi

Tabib

Neytral so‘z

Ot

Ertachi

Barvaqt, vaqtli

Neytral so‘z

Ravish

G‘ujurli

Tadbirli

Ijobiy

Sifat

Gajir

Janjalkash

Ijobiy

Sifat

Girillak

Aylana

Neytral so‘z

Sifat

Glagay

Yangi tuqqan sigirning suti

Neytral so‘z

Ot

Govxona

Molxona

Neytral so‘z

Ot

Gurri

Urishqoq

Salbiy

Sifat

Gurung

Suhbat

Neytral so‘z

Ot

Havo

Yomg‘ir, yog‘in

Neytral so‘z

Ot

Hachcha

Tirgak

Neytral so‘z

Ot

Halinchak

Arg‘imchoq

Neytral so‘z

Ot

Hayat

To‘r, adoq, hovlining to‘ri

Neytral so‘z

Ot

Hayiqmoq

Qo‘rqmoq, hadiksiramoq

Salbiy

Fe’l

Hiyla

Ana

Neytral so‘z

Olmosh

Hiyyi

Ha, albatta

Salbiy

Modal so‘z

I-i

Yo‘q

Salbiy

Modal so‘z

Ilashmoq

Zich bo‘lmagan holda yopishmoq, tegmoq*

Neytral so‘z

Fe’l

Iring

Injiq qaysar

Salbiy

Sifat

Itirqim

Ko‘p, sanoqsiz

Salbiy

Ravish

Janqovul

“J” bilan gapiruvchilar

Salbiy

Ot

Jittilamoq

Qilpillab o‘zini ko‘rsatmoq

Salbiy

Fe’l

Jomaykor

Ish kiyimi

Neytral so‘z

Ot

Juvona

Ho‘kiz

Neytral so‘z

Ot

Kakkillamoq

Sharaqlab kulmoq

Salbiy

Fe’l

Kamitir

Oqsoqol

Neytral so‘z

Ot

Kaypang

Oxirini o‘ylamaydigan kishi, o‘ylamay                 shoshib qaror qabul qiluvchi

Salbiy

Sifat

Kayvoni

Yoshi ulug‘ bilgich

Neytral so‘z

Ot

Kuchuk

It

Neytral so‘z

Ot

Kuttacha

Nimcha, jaket

Neytral so‘z

Ot

Lahat

Qabr

Salbiy

Ot

Laxcha-to‘ppa

Xamirli ovqatning bir turi

Neytral so‘z

Ot

Lo‘la

Katta bolish

Neytral so‘z

Ot

Lo‘x

Qamishning boshqacha turi

Neytral so‘z

Ot

Mayak

Tuxum

Neytral so‘z

Ot

Mashak

Qunduz, ondatra

Neytral so‘z

Ot

Mo‘rcha

Chumoli, qumursqa

Neytral so‘z

Ot

Moma

Buvi

Neytral so‘z

Ot

Moy

Yog‘

Neytral so‘z

Ot

Murdashov

Yuvg‘ich

 

Ot

Muyum

Narsa, buyum

Neytral so‘z

Ot

Naynov

Bo‘lar-bo‘lmasga aljiraydigan

Salbiy

Sifat

Naqiris

Xasis, ziqna

Salbiy

Sifat

O‘lamsa

Nozik, kasalvand

Salbiy

Sifat

Obtova

Qumg‘on

Neytral so‘z

Ot

Olashaqshaq

Hakka

Neytral so‘z

Ot

Pandiyat

Saboq, dars, xulosa

Neytral so‘z

Ot

Paqir

Chelak

Neytral so‘z

Ot

Pasil (Bir pasil)

Bir oz, bir dam

Neytral so‘z

Ravish

Payanap

Suvning chiqishi, izova suv

Neytral so‘z

Ot

Pidana

Yalpiz

Neytral so‘z

Ot

Pinna

Puxta, mug‘ombir

Salbiy

Sifat

Pishak

Mushuk

Neytral so‘z

Ot

Piyova

Yovg‘on

Neytral so‘z

Ot

Pori

Go‘ng

Neytral so‘z

Ot

Potirdoq (patirdaq)

Qoqi, ko‘kat

Neytral so‘z

Ot

Povut

Xalal, xalaqit

Salbiy

Ot

Puchcha

Mug‘ombir, ichidan pishgan

Salbiy

Sifat

Qalampir

Garmdori

Neytral so‘z

Ot

Qalang‘i-qasang‘i

Tagi zoti past

Salbiy

Sifat

Qalpoq

Do‘ppi

Neytral so‘z

Ot

Qasqon

Gardish, doira shaklidagi temir

Neytral so‘z

Ot

Qayishmoq

Yonini olmoq

Ijobiy

Fe’l

Qitmir

Quv, shum

Salbiy

Sifat

Qo‘tan

Qo‘ra, qo‘yxona

Neytral so‘z

Ot

Qultum

Ho‘plam, yutum

Neytral so‘z

Hisob so‘z

Qumursqa

Chumoli

Neytral so‘z

Ot

Sergimoq

Qurimoq, nami qochmoq

Neytral so‘z

Fe’l

Shalaq

Og‘zi yomon

Salbiy

Sifat

Sholaq (sholax)

Mazax, kalaka

Salbiy

Ot

Sholcha

Gilamcha, to‘shamchi

 

Ot

Shapshak

Betgachopar, o‘ylamay gapiradigan

Salbiy

Sifat

Shiptir

Kiyimi nam va sasigan

Salbiy

Sifat

Siyirmoq

Shilmoq, archimoq

Salbiy

Fe’l

So‘g‘un

Keyin

Neytral so‘z

Ravish

So‘narmoq

Mo‘ltirab qaramoq

Salbiy

Fe’l

So‘rri

Novcha, bo‘yi uzun.

Salbiy

Sifat

Sonsiz

Uquvsiz, befarosat, didsiz

Salbiy

Sifat

Tapalanglab

Hovliqib, dovdirab

Salbiy

Fe’l

Tappi

Tezak

Neytral so‘z

Ot

Tarmashmoq

Mahkam ushlamoq, yopishmoq*

Salbiy

Fe’l

Taypish

Hovliqma

Salbiy

Sifat

Timirskilanmoq

Sinchkovlik bilan qaramoq

Salbiy

Fe’l

Tirrancha

Kuchi yetmasa ham zo‘ravonlik qiladigan, zumrasha

Salbiy

Ot

Tirtanglamoq

Biron ishga kuchi yetmasa ham o‘zini urmoq

 

 

Toti

Bodi, olifta

Salbiy

Sifat

Tuyatoppon

Beso‘naqay, beo‘xshov

Salbiy

Sifat

Unnamoq, unnab qolmoq

O‘tirmoq, o‘tirib qolmoq (hidga nisbatan)

Salbiy

Fe’l

Uvuz

Tug‘ish oldidagi sigirning yelinidagi suyuqlik

Neytral so‘z

Ot

Xamsiya, hamsoya

Qo‘shni

Neytral so‘z

Ot

Xaymi

Xo‘pmi

Salbiy

Modal so‘z

Xezlanmoq

Qasdlanmoq

Salbiy

Fe’l

Xiyli (xiylivola)

Ko‘p

Neytral so‘z

Ravish

Xurri

Xurrak otuvchi

Salbiy

Sifat

Yo‘ng‘ichqa

Beda

Neytral so‘z

Ot

Zardoli

O‘rik

Neytral so‘z

Ot

 

Anvar ESHNAZAROV

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. //Birinchi jild. – Moskva: Русский язык, 1981.

Enazarov T.J., Karimjonova V.A., Ernazarova M.S., Mahmadiyev SH.S, Rixsiyeva K. G‘.  O‘zbek dialektologiyasi (o‘quv qo‘llanma), – Toshkеnt, Universitet, 2012. – B. 11.

Ashirboyev Samixon O‘zbek dialektologiyasi O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun, – Toshkent, 2013. – B. 8.

Sh.Rahmatullayev. “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati” (turkiy so‘zlar), Toshkent, 2000.

 

 


9 Yulduzcha bilan alohida belgilangan so‘zlar Shavkat Rahmatullayev tomonidan tuzilgan “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”dan olindi. Sh.Rahmatullayev. O‘zbek tilining etimologik lug‘ati (turkiy so‘zlar). Toshkent, 2000.

 



 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Adabiyot

16:11 / 22.11.2024 0 187
Maktab amma





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

San’at

16:08 / 28.08.2021 8 22168
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//