National Geographic jurnalining 2024-yilgi eng sara suratlar toʻplamidan qanday fotolar joy oldi? (fotojamlanma)


Saqlash
17:00 / 26.11.2024 514 0

“National Geographic” jurnali 2024-yilning dunyo miqyosida eng yaxshi fotosuratlarini taqdim etdi. Unda 2,3 million surat orasidan saralab olingan eng yaxshi 20 ta fotoni koʻrish mumkin.

 

50 futlik muz qoyadan ilk marta suzish uchun sakrayotgan pingvin.

 

Antarktida, Atka koʻrfazi. Fotograf Berti Gregori

 

Nikoh marosimidan keyin Shimoliy Amerika boʻylab Meksikadan Kanadagacha kuzatilgan moʻjiza – Quyosh tutilishi hodisasini kuzatayotgan yuzlab juftlikardan biri va ularning farzandi.

 

AQSH, Arkanzas shtati. Fotograf Aaron Huey

 

Kapalaklar bilan oziqlanish uchun uchib kelayotgan koʻrshapalaklar.

 

AQSH, Texas shtati. Fotograf Babak Tafreshi

 

Sunʼiy urugʻlantirish yoʻli bilan homilador qilingan karkidonning 70 kunlik homilasi olim qoʻlida.

 

Afrika, Keniya. Fotograf Ami Vitale

 

Oilasini taʼminlash uchun atrofdagi dalalarga kunlik ishchi sifatida chiqqan opa-singillar. Ular 90-yillarda yuz bergan portlash vaqtida uyida ovqat tayyorlayotgan edi. Islom diniga eʼtiqod qilganlari uchun suratga yuzlarini roʻmol bilan yashirib tushishni maʼqul koʻrganlar.

 

Hindiston, Chacha. Fotograf Chinki Shukla

 

Qazilma yoqilgʻilar oʻrnini egallay oladigan quyosh nuri, suv va karbonat angidriddan tayyorlangan quyosh sintetik suyuqligi. Undan yuk mashinalari, kema va samolyotlarni qayta jihozlamasdan harakatga keltirishda foydalanish mumkin. Shveysariyaning Synhelion kompaniyasi ushbu energiya muqobilini ishlab chiqaradigan birinchi zavodini ishga tushirgan.

 

Germaniya, Yulix. Fotograf Davide Monteleone

 

13-17-yil davomida yer ostida yashab, koʻpayish uchungina yer yuziga chiqadigan davriy chigirtkalar. Ular sherigini juftlashish uchun havoni titragan ovozi bilan toʻldirib chaqiradi.

 

AQSH, Illinoys shtati. Fotograf Jon Stenmeyer

 

Misrning gʻarbiy choʻlida joylashgan, sayyohlarni oʻziga jalb qiladigan Siva oazisi qumtepaliklari hamda tanazzulga uchragan ekotizimning oʻlik palmalari.

 

Misr, Siva. Fotograf Muhammad Kilito

 

Misr, Siva. Fotograf Muhammad Kilito

 

Minglab yillar davomida gʻor tubiga tomchilab tushgan suvdan hosil boʻlgan kalsiy karbonat tuzilmalarini oʻrganayotgan Bongolo gʻoridagi tadqiqotchilar (va koʻrshapalak).

 

Fotograf Robbie Shone

 

Ijtimoiy qush sanaluvchi Ara toʻtiqushlari va ularni sevimli taomi – yongʻoq bilan pastga tushishga undayotgan qoʻriqxona rahbari Janet Trumbule.

 

AQSH, Arizona shtati Fotograf Christie Hemm Klok

 

Qoʻy terisidan boʻlgan anʼanaviy poʻstin kiygan dehqon Konstantin Dancilă. Uning oila aʼzolari 1 asrdan buyon dehqonchilik bilan shugʻullanib keladi. Soylarni taʼminlash uchun qishda qorlar kamroq boʻlgani sababli, vodiyda oʻtlar ham kamaygan. Shuning uchun u oʻz suruvlarini Alp togʻlariga haydamoqda.

 

Koʻcheneshti, Ruminiya. Fotograf Jasper Doest

 

Birlashib ketgan qora chiziqlari bilan mashhur ushbu yoʻlbars Similipal yoʻlbarslar qoʻriqxonasida saqlanadi. Fotograf ushbu suratni kadrlarga muhrlash uchun hayvon tusiga kirishiga toʻgʻri kelgan.

 

Hindiston, Odisha shtati. Fotograf

 

Zardushtiylik va buddizmning boy tarixiga ega boʻlgan, mahalliy vaxilik tomonidan saqlab kelinayotgan Animizm ziyoratgohi. Bir necha yil oldin ziyoratgohdagi qabr ustiga qulab tushgan daraxt odatga koʻra, oʻsha joyda qoldirilgan. Qabr usti togʻ echkisi hamda qoʻy shoxlari bilan bezatilgan.