
Oyina.uz portali o‘zbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA O‘QISHI SHART BO‘LGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi. Loyihaning 81-kuni tarixchi olim G‘aybulla Boboyorov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Mahmud Koshg‘ariy, “Devonu lug‘atit turk” asari;
2. Alixonto‘ra Sog‘uniy, “Turkiston qayg‘usi” asari;
3. Ulug‘bek Hamdam, “Muvozanat” romani;
4. Orxan Pamuk, “Ma’sumiyat muzeyi” kitobi;
5. Andrey Brik, “Shamoldagi lahza” asari;
6. Jorj Oruell, “1984” romani;
7. Chingiz Aytmatov, “Asrga tatigulik kun” romani;
8. Muxtar Mag‘avin, “Arosat” asari;
9. Stendal, “Qizil va qora” romani;
10. Gi de Mopassan, “Azizim” romani.
G‘aybulla Boboyorov 1973-yil Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. Qarshi Davlat universiteti tarix fakultetida bakalavriyat (1991–1996), O‘zR FA Sharqshunoslik institutida aspirantura bosqichida (1996–1999) o‘qigan. Toshkent davlat universiteti (O‘zbekiston milliy universiteti)ning falsafa fakultetida tahsil olgan. Tarix fanlari nomzodi (2003), tarix fanlari doktori (2012), professor (2022).
Olimning 300 dan ortiq ilmiy maqola, 25 ta monografiyasi chop etilagn. “Köktürk kağanliği sikkeleri katalogu” (Ankara, 2007), “G‘arbiy Turk xoqonligining davlat tuzumi” (Toshkent, 2012) kabi yirik monografiyalar muallifi. Qadimgi turk-run, sug‘diy yozuvli bitiklar bo‘yicha kam sonli mutaxassislardan.
“O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni, Turkiya v Qozog‘iston ilmiy mukofotlari bilan taqdirlangan.
Adabiyot
San’at
Tarix
Vatandosh
Mafkura
Jarayon
Jarayon
Til
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Din
Tarix
Til
//
Izoh yo‘q