Oyina.uz portali o‘zbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA O‘QISHI SHART BO‘LGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi. Loyihaning 80-kuni tilshunos olim Anvar Bo‘ronov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, “Sunniy aqiydalar” kitobi;
2. Mahmud Koshg‘ariy, “Devonu lug‘otut turk” asari;
3. Ahmad Yassaviy, “Devoni hikmat” asari;
4. “Qumanlar qomusi” kitobi;
5. Alisher Navoiy, “Xamsa” asari;
6. Gyote, “Faust” tragediyasi;
7. Lev Tolstoy, “Iqrornoma” asari;
8. Chingiz Aytmatov, “Qiyomat” romani;
9. Abdulla Qodiriy, “O‘tkan kunlar” romani;
10. Alber Kamyu, “Begona” romani.
Anvar Bo‘ronov 1971-yilda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti (O‘zbekiston milliy universiteti)ning falsafa fakultetida tahsil olgan.
2003–2018-yillarda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tuman Xalq ta’limi bo‘limida turli lavozimlarda, 2018–2019-yillarda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida ishlagan. 2019-yildan Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetida dars beradi. Filologiy fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
2017-yilda “Oltoylar” nomli ilmiy-ommabop kitobi chop etilgan. Mazkur kitobda tog‘li Oltoy Respublikasida istiqomat qiluvchi oltoy xalqining turmush tarzi, dini, madaniyati, qadriyatlarini ochib bergan. Lev Tolstoy ijodidan “Ikki hikoya” nomli tarjimalar to‘plami (2019), “Alpomish dostoni: turkiy xalqlar versiyalari” (2020), “Tangrichilik – ma’naviyatga tahdid sifatida” nomli kitoblari chop etilgan. Olim qozoqlarning “Alpamis batir”, tatarlarning “Alpamsha”, boshqirdlarning “Alpamisha minan Barsinhilu”, oltoylarning “Alp Manash” dostonlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 2019-yildan “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasida tarjimon sifatida faoliyat olib boradi, yigirmadan ortiq kitoblarni tarjima qilgan .
O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi a’zosi.
Adabiyot
Til
Adabiyot
Jarayon
Til
Tarix
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q