
Oyina.uz portali o‘zbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA O‘QISHI SHART BO‘LGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi. Loyihaning 79-kuni adabiyotshunos Shahnoza Nazarova “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Qur’oni karim;
2. Bibliya (“Eski Ahd”);
3. “Gilgamish” dostoni;
4. “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostoni;
5. Fuzuliy, “Layli va Majnun” dostoni;
6. Farididdin Attor, “Tazkirat-ul avliyo” asari;
7. Iogann Gyote, “Faust” asari;
8. Altgeri Dante. “Ilohiy komediya” asari;
9. Fyodor Dostoyevskiy, “Telba” romani;
10. Lev Tolstoy, “Tirilish” romani.
Shahnoza Nazarova 1987-yil Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) filologiya fakultetining bakalavr (2010), magistratura (2012) bosqichini tamomlagan. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (2017), filologiya fanlari doktori (2023).
Mehnat faoliyatini O‘zbekiston milliy universitetida o‘qituvchilikdan boshlagan. “Jahon adabiyoti” jurnalida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari.
“Muvozanat”, “Ohang” she’riy kitoblari, “Xayol va haqiqat folklor va teologiya kesimida”, “Taboo and antiquity”, “XX asr boshlari o‘zbek she’riyatining yangilanish tamoyillari” monografiya va risolalari chop etilgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
Adabiyot
Til
Falsafa
San’at
Tarix
San’at
Jarayon
Til
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Din
Tarix
Til
//
Izoh yo‘q