Fotoreportaj: “Kitoblararo 80 kun” marafonining taqdirlash marosimi qanday oʻtdi?


Saqlash
12:57 / 23.10.2024 231 0

22-oktyabr kuni poytaxtning Kitob Olami Shake&pear kafesida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Oyina.uz portali tomonidan tashkil qilingan “Kitoblararo 80 kun” marafonining tantanali taqdirlash marosimi boʻlib o‘tdi. Tadbirda Respublikaning turli hududlaridan kelgan g‘olib kitobxonlardan tashqari, estrada xonandalari, xususan, Hilola Hamidova va Abror Do‘stov ham qo’shiqlar ijrosi bilan ishtirok etdi.

 

 

 

Taqdirlash marosimi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov tomonidan ochib berildi. Rahbar kirish nutqida “Bugungi yoshlar kitob o‘qimaydi”, degan fikrga qarshi ekani, mutolaaga kreativ yo‘l bilan qiziqtirish kerakligini aytib, marafon bu borada yaxshi namuna bo‘lganini taʼkidladi:

 

 

“Biz yoshlarni doim tanqid qilardik, ular kitobga qaramaydi, telefondan boshini ko’tarmaydi, derdik. Lekin biz bir narsani isbotlab berishga harakat qildik: bu yoshlar kitob o’qiydi. Faqat bunga to’g’ri yondashuv kerak. Hammani kutubxonaga majburan olib kirib emas, unga imkoniyat berish kerak. Shuning uchun biz uzoq o’ylab, aynan shunday marafon eʼlon qildik. Bu bir kunlik emas, 80 kun davom etadigan tadbir edi”.

 

 

Darhaqiqat, 4 bosqichli marafon 80 kun davomida (har bir bosqich 20 kundan) shu yilning 20-iyunidan 1-sentyabriga qadar bo’lib o’tdi. Unda 36 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashdi.

 

 

 

 

 

Kitobxonlar marafonning uch bosqichida “Turkiston qayg‘usi”, “Atom odatlar”, “Lolazor”, “Qora kitob”, “Alpomish” dostoni va “Gʻarbiy frontda o‘zgarish yo‘q” kabi asarlarni mutolaa qilib, ular asosida tuzilgan test sinovidan o‘tdi. Namunali natija ko‘rsatgan 84 nafar kitobxon marafonning final bosqichiga o‘tib, unda kitobxonlar Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani bo‘yicha revyu topshirdi. Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asari yuzasidan audio-muloqot tashkil etilib, o‘zlashtirilgan bilimlar tekshirildi. Umumiy natijalarga ko‘ra, marafonning 20 nafar g‘oliblari aniqlandi. Marafon doirasida o‘tkazilgan #kitobsevarlar chellenjida 100 dan ziyod, “100 so‘z” esselar tanlovida esa 150 dan ortiq ishtirokchi qatnashgan. “Kitoblararo 80 kun” marafoni doirasida keng kitobxonlar ommasi uchun qimmatli maqolalar, so‘rovnoma va videoroliklar, karikatura va foto-reportajlar hamda turli mutaxassislar bilan onlayn suhbatlar Oyina.uz portalida e’lon qilib borilgan.

 

 

Taqdirlash tadbirida shuningdek, Kitobxon-UzQUIZ bellashuvi ham bo‘lib o‘tdi.

 

 

 

Markaz rahbari Otabek Hasanov turli jamoalar tarkibida o‘ynadi. 

 

 

 

 

UzQuiz’da 30 ga yaqin jamoa ishtirok etib, 3 ta g‘olib jamoaga 5, 3 va 2 million so‘m miqdorida pul mukofotlari topshirildi.

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Ma’naviyat

17:10 / 23.10.2024 0 159
To‘ydan to‘ygacha, qarzdan qarzgacha o‘tayotgan umr

Adabiyot

15:10 / 21.10.2024 0 326
Kichik xonimning katta “urushi”

Til

11:10 / 21.10.2024 0 372
Eshiklar ochiq, lekin...





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 20520
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

//