Duolingo’dan Mutolaa’gacha – 7 eng foydali bilim platformalari


Saqlash
15:03 / 18.10.2024 472 0

Inson tabiati shundayki, agar biror narsa bepul boʻlsa, biz uni qadrlamay qoʻyamiz. Bu, ayniqsa, internetda hamma uchun ochiq boʻlgan ilmiy saytlarga juda mos keladi. Siz intiluvchan o‘quvchi, talaba, xodim yoki tadbirkor sifatida oʻz sohangizda muvaffaqiyat qozonishni istasangiz, hech qachon yangi bilimlar oʻrganishdan toʻxtamasligingiz kerak. Bunda sizga quyidagi manbalar katta yordam beradi.

 

Flibusta

 

Mustaqil, notijorat maqsadidagi onlayn-kutubxona. Bu yerdan istalgan kitobni topish va uni tekin oʻqish mumkin. Flibusta boshqa elektron kutubxonalardan reklama va turli monetizatsiya usullarining yoʻqligi bilan ajralib turadi. Oʻquvchi kitoblarni fikrni chalgʻitmay onlayn mutolaa qilishi yoki elektron manzilga yuklab olishi mumkin.

 

 

2024-yil maʼlumotlariga koʻra, 1,4 milliondan ortiq foydalanuvchi saytdan roʻyxatdan oʻtgan.

 

Duolingo

 

Duolingo – til oʻrganish boʻyicha eng mashhur platformalardan biri boʻlib, u oʻttizdan ortiq tillarda, jumladan, xitoy, ispan, fransuz va nemis tillarida bepul darslar taklif etadi. Dastur interaktiv mashqlar, viktorinalar va oʻyinlar orqali foydalanuvchilarga ularning lugʻat, grammatika va talaffuz koʻnikmalarini qiziqarli tarzda oshirishga yordam beradi.

 

 

Duolingo beruvchi til sertifikati koʻplab mamlakatlarda tan olinadi va hatto maʼlum imtiyozlar taqdim etadi. Bugungi kunga qadar dastur 500 milliondan koʻproq marta yuklangan.

 

Gutenberg

 

Kitob bosish mashinasini ixtiro qilgan germaniyalik Ioann Gutenberg sharafiga nomlangan ushbu platforma ixtirochi kabi bilim olishni osonlashtirishni maqsad qilgan.

 

 

1971-yilda asos solingan ushbu loyiha jahon adabiyotining turli asarlarini – asosan jamoat mulki boʻlgan kitoblarni raqamlashtirish va matn formatida saqlashni koʻzda tutadi. Kutubxona tili asosan ingliz tilida ishlaydi.

 

Mutolaa

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-noyabrdagi “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori asosida Yoshlar ishlari agentligi va Xalq banki hamkorligida yaratilgan ushbu ilovada elektron, video va audio shaklidagi yuzlab kitoblar mavjud.

 

 

Mutolaa hozirgi vaqtda ham yangi asarlar bilan boyitib borilmoqda va mushtariylar undan bepul foydalanishi mumkin.

 

Free-Ebooks.net

 

Kitoblarni anʼanaviy nashr etish jarayonidagi barcha qiyinchiliklardan qochishni xohlaydigan mustaqil mualliflar tomonidan yaratilgan platforma. Free-Ebooks arxivlaridan koʻplab fantastik, ilmiy-ommabop asarlar va hattoki istalgan janrdagi audiokitoblarni topishingiz mumkin.

 

 

Platformaga har kuni yangi kitoblar qoʻshib boriladi. Dasturdan foydalanish mutlaqo bepul.

 

Natlib.uz

 

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining raqamli bazasi. Bu yerda Milliy kutubxonada saqlanayotgan tarixiy va nodir asarlarni onlayn hamda tekin oʻqish mumkin.

 

Shuningdek, saytda Oʻzbekistonga oid boʻlgan boshqa qimmatli maʼlumotlar bilan ham tanishish imkoniyati ham mavjud. Sayt hali yangi tashkil etilgani bois uni yangi bilimlar bilan toʻldirish davom etmoqda.

 

Yoki.uz

 

“Akademnashr” nashriyotiga tegishli loyiha. Ushbu onlayn kutubxonada nafaqat kitoblarni bepul o‘qish mumkin, balki mualliflik huquqi mavjud kitoblarni bozor narxlarda sotib olish imkoni ham bor.

 

 

Platformadan diniy-ma’rifiy, folklor, mumtoz, ilmiy-ommabop va darslik adabiyotlardan joy olgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Adabiyot

15:10 / 21.10.2024 0 250
Kichik xonimning katta “urushi”

Til

11:10 / 21.10.2024 0 312
Eshiklar ochiq, lekin...

Ma’naviyat

18:10 / 18.10.2024 0 157
Mashhurlardan milliylik xususida besh saboq





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 20512
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

//