Germaniyaga oʻqishga ketgan turkistonlik qizlarning birinchi marta eʼlon qilinayotgan maktublari


Saqlash
16:19 / 26.03.2026 1657 0

Germaniya arxivlaridan turkistonlik “yetmishvoy”larning izlarini topishni maqsad qilgan yurtdoshimiz Botirali Jondoriy sabab Sattor Jabbor, Abduvahhob Murodiy, Solih Muhammad va boshqalarning universitetdagi taʼlim jarayoni, amaliyot va turmush tarzi bilan bogʻliq koʻplab hujjatlarni qoʻlga kiritdik. Ular orasida turkistonlik qizlar – Xayriniso Majidxonova va Maryamxon Sultonmurodovalarning Darmshtadtda yozgan insholari, ayniqsa, ayricha. 1925-yil 26-noyabr sanasi bilan bitilgan rus tilidagi “Mening vatanim” deb nomlangan insholarda qizlarning biri Toshkentni, ikkinchisi Xorazmni oʻzining vatani sifatida qayd etadi. Quyida beradiganimiz, qizlarning erkin mavzuda yozgan insholarining ahamiyati shunchalar kattaki, ularni ommaga, albatta yetkazish kerak, deb oʻyladik. Eslatib oʻtamiz, ushbu insholar OAVda birinchi marta eʼlon qilinmoqda. 

 

Xayriniso Majidxonova arab alifbosida bitilgan “Osiyo bilan Ovruponing bir biriga boʻlgʻon taʼsirlari” deb nomlangan turkcha inshosini “Bundan bir necha asrlar avval osiyoliklarning ham qoʻllarinda katta madaniyatlari bor edi. Soʻnggi vaqtlarda bu osiyoliqlarning madaniyatini ortda qoluvigʻa yoʻqolishigʻa sabab boʻlgʻon bir necha narsalar boʻldi. Baxtsiz osiyoliqlarning necha ming yillardan beri kelib yotgʻon madaniyatlarini din boshqa narsalar deb yoʻqotmagʻon boʻlsalar edi. Keyingi vaqtlarda boshlariga kelgan zoʻr balolarga uchramagʻon boʻlur erdilar! Ham dunyoda eng yuksak madaniyatli xalqi boʻlur edilar”, deb boshlaydi. “Avvalgi zamonda ovrupoliqlar madaniyatni Osiyodan olgʻon boʻlsalar, soʻng vaqtlarda bizlar unlardan olishqa majbur boʻlamiz. Ovrupoliqlar Otilla zamonidan boshlab amal salb urushlarina qadar eski misrlilar ham shuning orqasindan Qitoy, Eron ham arablarning madaniyatlari bilan oshno boʻlgʻonlar. Masalan, Horun ar-Roshid zamoninda Arabistonda madaniyat eng taraqqiy etgan zamoni boʻlgʻon...”, deb yozarkan, maqsadga koʻchib, “Osiyoliqlar ham soʻng vaqtlarda Ovrupodan koʻp foyda oldilar...” deydi va misollarga oʻtadi: Siyosiy sohada hukumat idoralarida Ovrupo usuli paydo boʻldi, turmushda kiyimlarning ovrupolashuvi, ovrupocha maktablar, sanʼatda teatr va musiqiylarini milliylashtirdilar.

 

Xayriniso Majidxonova. SI da qayta ishlangan surat 

 

Shuningdek, “...Usmonli turklarning shoirlari koʻbincha Fransiya adabiyotina taqlid etardilar. Bu shoirlar fransuzlarga butunlay taqlid etganlarni katta ziyoni boʻlsa-da foydasi ular uyquda yotqon turk xalqini uygʻotdilar... Hozirda osiyoliqlarning ham madaniyatlari taraqqiy eta boshladi. Oz zamonlarda osiyoliqlar ham ovrupoliqlar kabi yuksak madaniyatga ega boʻlishlari koʻrinadir” degan xulosa bilan inshoni yakunlaydi.

 

***

Maryam Sultonmurodovaning 1925-yil 17-iyun sanasi bilan yozgan “Turk adabiyotinda soʻng jarayon” deb nomlangan inshosi yana ham keng qamrovligi bilan ajralib turadi. Endigina yigirma yoshni qarshilagan qizning turk adabiyoti tarixi va keyingi zamonlarda kechayotgan jarayonlarni qanchalik teran anglagani sizni hayratga soladi. Ayniqsa, yagona adabiyot yaratish zaruriyati haqidagi fikrlari, tavsiyalari bugungi kunda ham dolzarb ekani diqqatga sazovor. Muallif tili va fikrlarning qimmatini yoʻqotmaslik uchun inshoni qisqartirmagan holda oʻquvchilar eʼtiboriga havola etishni maʼqul topdik:

 

“To eski zamonlardan beri turk lisoni turk eli kabi yer yuzinda buyuk va muhim bir oʻrun tutqondir. Eski turklarning kendilarina (oʻzlariga) doir bir milliy madaniyati, milliy adabiyoti oʻldigʻini tarixlardan bilsak-da, yozmada u vaqtlardagʻi hayajonli hayoti va muning taʼsiri oʻlaroq unlardan bu kunda biza Bugʻroxon zamoninda 1086 milodiyda sof va goʻzal turk tili ilan yozulgʻon va bu kunda butun dunyoning turkulugʻlarini kendina (oʻziga) maroq etadirgan “Qutadgʻu bilik” ismli asardan oʻzga hech bir shey biroqmamishdir (narsa qoldirmagan). Turklikning avvalgi shonli zamonlarindogʻi buyuk hayotini, odatini, madaniyatini biza goʻzal eski turk tilinda (lisoninda) soʻzlayan bu asar u vaqtlar turkning milliy yozisi oʻlon uygʻur yozuvi ilan bitilgʻondir.

 

Bu til, bu yozi butun Osiyo kengliklarini qamragandi. Xususan, buyuk Chingizxon zamoninda davlat va hayot tili oʻlaraq ishlatilmishdir. Soʻngralari turklara islom taʼsiri kirmagi ila islom dini va arab xarfi taʼsiri ostinda turklar kendi (oʻz) millatlarini unutmishlar. Xususan, Sharqdan ayrulib gʻarba ketgan Gʻarb turklari millatlari ila barobar u goʻzal lisonlarini-da gʻarbning va ajamning turklikka hech shey vermayan (hech narsa bermagan) lisonlarina qurbon etmishlardir. “Biz turklar agar Erondan oʻgranmasaydiq geri vaxshi(ortda) qolirdiq, turkligi goʻzallashtiran Erondir” deya davo edanlar vor(bor). Yon-yona oʻlon millatlar yon-yona qoʻnon sijoq va sugʻuq (issiq va sovuq) jismlar kabidir.

 

Maryamxon Sultonmurodova. SI da qayta ishlangan surat 

 

Gench (yosh) millatlar asorina vujud vermish daho avvalgi millatlardan albat istifoda etarlar. Bu turk uchun na kimsaya nasib oʻlmayan bir qozonchdir, na-da bir zaifdir. Chunki butun millatlarning tarixi bir-birila aloqador millatlar orasida yuksaklik daho sungragina nagʻuz etdigini goʻstarir. Turklikning Erona verdigi tillari bu kunda ichimizda hangi (qaysi) birimiz bilyur?

 

Oʻrta Osiyoda turk, eroniy, chiniy chinni erona naql etmish va buning-la qolmadan eroni arab oʻlkasi oʻlmadan qurtarmish. Yangidan bir martaba daho doʻnmak ehtimoli oʻlmayan u eski shonli zamonlarini yanadan bir marta maydona keturmishdir. Eski Eron tarixinda turk eronning bir dastagidirki uni oldigʻimiz zamon Eronning naylajagʻigʻa hech shubha qolmas. Eronsiz bir turk dunyosi yana maydona kelajak va bukungidan ozmi-koʻpmi farq bilan yana yashamaya chiqadi. Faqat Eronni turksiz tasavvur etmak bizim uchun mumkin oʻlamiyajaqdir. Biz Erondan oldigʻimiz sheylari taqdir etmak istayursak, unlara verdigimiz sheylari-da taqdir etmamiz lozimdir.

 

Soʻnggi zamonda turklarning bir qavmi adabiyoti turkning munavvarlari-la ming barobar maydona keturdiki, adabiyot vorkan ishta u turklar Erona oʻgʻromaqdan soʻngra soʻnmish va bitmish va naqadar buyuk turk shoir va adiblari asarlarini ajam va arab tilinda yozmishlardir. Oʻrta Osiyoda Temurxon zamoninda turklik yana bir marotaba ajnabiy taʼsirlar ustidan gʻalaba choldi esa-da, bu-da Temurxon davlati u vaqtlarda maydona kelmish buyuk turk shoiri – Navoiy, Xoʻja Ahmad Yassaviy va buyuk turk riyozuyuni, filasufi, astronomi Ulugʻbeklar oʻldikdan soʻngra bu-da yoʻqolmish unlar-la barobar soʻnmishdir.

 

 

Navoiy asarlarini mumkin qadar arab va ajam taʼsirindan qutqarib, sof turk tilinda yozmaya gʻayrat edamish va bunga bir daraja muvaffaq oʻloroq yetishadi. Bukungi kunda Oʻrta Osiyoda adabiy til sonolgʻon chigʻatoy shevasini maydona keturmishdir. Undan soʻngra Xiva xonlari Abulgʻozi Bahodirxon va Umarxonlar zamoninda turklik dunyosini diriltmak ichun yana bir martaba gʻayrat edildi esa-da, bu harakat ichinda jaholatdan oʻzga hech shey bilmayan xalq barobar oʻlunmogʻi uchun hepsi boʻsha gitti. Shunisi shoyon hayratdirki, umum bir harakat oʻldigʻini boqmishdik, Umarxon zamonlarinda buyuk shoira va adibalar yetishmishdir.

 

Gʻarb turklari ichinda turkcha yozmagʻi istayan Fuzuliy kabi shoirlar yetishsalar-da choʻq davom edamamish va zamon kechdigicha gʻarb turklari sharq turklarindan uzoqlashmishlar, soʻng zamonlara qadar bir-birisina ajnabiy nazari-la boqmishlardir. Buningla barobar turk dunyosi soʻnmish. U avvalgi shonli kunlarini bus-butun yoʻqoltmishdir. Madrasa hayotinda dindan boshqa hech shey talqi edilamamish va madrasalarda oʻqugʻonlardan bik oʻzlari eski adabiyotlarindan xabardor oʻlmishlardir. Va dinni yanglish yanglayaroq uni shaxsiy manfaatlari uchun qoʻllanub, uzun zamonlar gʻaflatda qolmishlar va Turkiyada 3 asrlardan beri davom etub kelmakda oʻlon islohot harakatlari Bolxon urushlarina (harblarina) qadar bir necha yilda idammishdir.

 

 

Ishta qattiq bir uyquda oʻlon turk dunyosini ilk martabada Bolxon harbi Turkiya turklarini uygʻotdi. Shinosiy, Nomiq Kamol, Abdulhaq Xomid, Ikram bek, Mizoniybek kabi muhtaram zotlar turklari uyondirmak ichun butun kuchlari ila isha kirishub, kendilarining darin taʼsirlari izlari Nomiq Kamolning otashla Vatan ishqi ila yonan sheʼrlari ila turk samosinda bir oz ufq ochdilar. Ishta, bu harakatni tanzimot davri diyilur.

 

Tanzimot davri uzun bir qishdan soʻngra joʻshon, fishqiron bir bahor holindadir. Ruhimizning gunash uyush qobiliyatlari goʻzal bir tuyqiz ila oʻrtaya chiqar. Adabiyot – bir iymon, adabiyot bir – ishq, adabiyot – muqaddas bir qudratdir. Tanzimot davrinda adabiyotning bir muxtalif shartlarini tamsil edan odam Kamolbekdir. Kamolbek ular orasinda Tavfiq Fikrat mustasno oʻlmaq uzra eng buyuk milliy dahomizdir.

 

Sharq turklarinda-da 1905-yilda Yapun rus muxoribasindan soʻngra uygʻonish boshlandi. Bogʻchasaroyda Ismoil Gʻaspirinskiy ishda va kuchda birlik shiorila “Tarjumon” gʻazetasini chiqorub, rafiqasi Fotima Zahro xonimla turk dunyosina ruh vermak ichun cholishdi. Rusiya turklarindan Fotih Karimiy, Said Rameyev, Turkistonda (Oʻrta Osiyoda) Munavvar Qori, Behbudiy kabi zotlarda kendilarining ilmiy kuchlari yangi va toza fikrlari ila maydona keldilar. Turk adabiyotini diriltirmak uchun bir birila al ala verarak cholishdilar.

 

 

Faqat bu bir uygʻonish va Ovrupogʻa yaqinlashuv edi. Munda koʻrildigi, eshutildigi sheylar toʻgʻridan toʻgʻri olinur, kendi muhitimiza kendi hayotimiza loyiq ishlatulmayur, oʻzlashdirilmayurdi. Va buda birinchi martaba Tavfiq Fikrat, Rusiya turklarinda A.Toʻqay kabi shoirlarning buyuk ruhlari ila amalga oshdi.

 

Turk adabiyoti na qadar yuksalarak avvalgilarning Ovrupadan oʻzgartmadan olan sheylari oʻzlashtirildi (milliylashtirildi). Faqat buning-la barobar turk adabiyotinda buyuk oʻksiklar vordi. Ishta bu oʻksiklari birinchi martaba tuyan va turklara milliy bir adabiyot maydona keturmak uchun birinchi odimi adlayan (odam)Turkiyada Muhammad Aminbekdir.

 

Muhammad Aminbek turk elinda bu fikra sadoqat koʻstarmaning eng asl bir timsolidir. Hech kimsaning bitmamadigi ishdan silkub otdigʻi turkligi butun bir mamlakatning umumiy gʻaflati oʻrtasinda boshning ustina qoldirmish. Kulanlara qorshi uni kendi ruhi uchun birnoma holina qoʻymish oʻlon bu shoir shubha yoʻqki, samimiy bir turkchilik talabinda maʼrus va mustasno bir mavqeʼ molikdir. Milliy adabiyot ruhi turk dunyosinda turklikning ruhini bus-butun boshqa bir yoʻla suqdi. Turkchilik ruhini yuksaltdi. Bu kuna qadar bir birisindan ayri hayot kechiran turklari bir birina donitdi va al ala verub kelgusiya (istiqboli) vormaq gʻoyasini maydon otdi. Bu yangi jarayon qatʼi soʻzla: turkchilikdir.

 

Turkchilik tarixi va ijtimoiyani kendisina rahbar edarak, uning sanoʻiy unsurlarini, milliy unsurlarini aramagʻa cholishiyur (topishga harakat qiladi). Bu masʼalalar natijasinda turk irfonining milliy oʻlan va koʻklari xalqda boʻlinan hurriyat qismi maydona chiqajagʻi kabi ovrupo madaniyatida asosli bir surʼatda bunga ilova edilincha, mustaqil turk irfoni milliy suratla Ovrupo madaniyatindan murakkab oʻlajaqdir. Sanʼat mart manzumasina adabiyot esa madaniyat manzumasina mansub oʻldigʻindan sanʼatimiz ketdikcha daho milliylashajak. Adabiyotimiz tamomila Ovrupoyi va yunoniy oʻlajaqtir.

 

Yaʼni, turkchilar rumoning bir sanʼat daxlasining bir adabiyot tarafdorlaridir. Falo olmonlar muttasil adabiyotlarini ketdikcha daho choʻq falosining yaʼni yunoni yopmogʻa cholishurlar. Holbuki, sanʼatlarida ketdikcha daho choʻq romantik oʻlyur. Yaʼni, xalq zavqina, xalq ruhina kiriyur. Ruslarda oʻyla, fransuzlarda oʻyla. Bu umumiy bir shey! Tabiiy bu buyuk harakatning uchun biz turklar-da kirajagiz.

 

 

Lison va adabiyotdagi tamoyillar kelincha, butun millatchilar kabi bu turk millatchilari-da xalqchidurlar. Yaʼni xalqning lisoni xalqning vazinini araraq, bu millatning ruhini tarannum etmak buning falokatlarini agʻlamaq, buning sevinchlarina mahram oʻlmaq istayurlar.

 

Tillar har bir ajnabiy taʼsirindan qutulgʻon kendi goʻzalligini kendinda boʻlon sof turk lisonidir. Eski turk lisoni arab va ajam taʼsirindan faqat koʻylarda va bir na qadar Oʻrta Osiyoda qurtulib qoldigʻindan turk tillar oʻralarda aralanajaq va bir biri ila yaqinlashub sof ham goʻzal bir turk tilinda umum bir turk adabiyoti vujudga ketirajaklardir.

 

Yangi istanilmaq adabiyot butun unsurlarini millatdan oladir. Binoan alayh rus romani, noruj romani kabi borar. Bir shaxsiyata molik oʻlon bir adabiyotdir. Bir adabiyotki, unda turklikning har goʻshasini boʻlmaq goʻzalliklarini koʻrmak. Ruhning eng majhul mantagʻalarini kashf eta bilmak qobil oʻlsin. Mavzulara gelincha mavzularida mamlakatning hayotinda boʻlajaqlar va boʻldilar. Milliy adabiyot bahslari va hislarini xalqning qalbindan olaraq turkning sozila turkning ruhini yuksaltirajakdir.

 

Shoirlarimizning ichinda Rizo Tavfiqbek... lisoni eʼtiborila hamon tashkilan hech, faqat yuksaltira sharqning badbin falsafasini xasta ishqini, malul goʻzallikni tarannum etdi.

 

Ziyo Goʻkalpbek oshiq Gadoyilarning falon dostonlarini shakl va ruh eʼtiborila bir yangilik verdi. Xalq lisoni-la va milliy vazn-la turkning afsonaviy tarixini oltin davrini qahramonlik ruhini yashatdi. Milliy adabiyot diyincha, buyuk va mistano adibamiz Xolida adib xonim ayricha bir tadqiqi shoyondir. Xolida xonim turkchilikning eng buyuk quvvatlarindan biridir. Va unga molik oʻlmaq buyuk bir toleʼ asari sonolmagʻi loyiqdir. Xolida adib xonim “azob maʼbudlarning bu sanʼat maʼbudasi biza” yangi Turon oʻzanimgʻila bir kitob muqaddas verdi.

 

Yangi Turonni oʻqidigʻingiz zamon bir qadin ruhining nasil yaradichi bir qadarni oʻldigʻini xayrat-la sayr edayuriz. Koʻz yoshlari shoirasi Ehson Roiq xonim Britani gullarindan bir dasta tayyorlayur.

 

Bunlarning yoninda Xafida xonim, Rafiq xola, Rifqi Yaʼqub Qadari. Sulaymon Nazif, Yahyo Kamol, Nozil Ahmad, Haqqi Sahi, U. Sayfiddin Turkistonda Choʻlpon, Fitrat, Ozarboyjonda Husayn Jovud, Ahmad Javod. Russiyada: Fotih Burnashev, Olimjon Ibrohimuf kabi, kimi koʻkdan kelanlar kabi ellari xitoblar-la, kimi xaroba yerlari kabi agʻlayan magʻzum sheʼrlar ila, kimi suriklar ila birlikda tubroq oʻlmish qahramonlari diriltmish hikoyalari-la, kimi hayotimizning iztiroblarini yaralarini ishq va umidlarini butun chirkinlik va goʻzalliklarini maydona qoʻyon holda millatimizning va mamlakatimizning hayotini va ruhini yashaturlar.

 

Yangi davrning yaratdigʻi shoirlardan Ozarboyjonda Husayn Johidbekning buyuk bir din fikri ila, hissiyoti ila insonlari hayratda biroqajin darajada goʻzal oʻlan Shayx Sanʼoni ila Turkistonli Choʻlponning

 

Ketdingmu sen meni tashlab,

Qoldimmi qaygʻularimla?

Meroning kuyini boshlab

Yigʻlovchi cholgʻilarimla!

Suygumdan soʻnggʻi malaklar

Tubtoʻgʻri koʻkkami uchdi?

Faryod yoʻq, barcha jahon jim.

Yer yutsa yaxshi shu choqda! ....

 

kabi misollar ham goʻzal sheʼrlari sharq turklarining-da buyuk inja ruhlarini va bu milliy davrda turklikka buyuk sheylar berajaqlarini ochiq goʻstariyur. Bundan boshqa yanada yuzlarcha bu milliy adabiyotning doʻstlari va yozichilari vordir.

Shubha yoʻqki, adabiyotimiz yangi bir vazifa kasb edmishdir. Shubha edmiyurimki, turk xalqining ruhina oid oʻlon haqiqatlar bu yangi adabiyotda kelajakda daho kengish bir mavqeʼ boʻlajaqdir.

 

Asosan milliy jarayonlar doimo yangi quvvatlar, xatto, dargʻalar, daholar tugʻdurur. Bizim jarayonimizi adabiyot va sanʼat sohasinda butun xashamatila maydona quyajaq dohiylar buyuk sanʼatkorlar bukun boʻlmasa, ertaga har holda zuhr edajak va bu kungi turk qizlarining milliy ilohiy niyatlar-la beshiklarda solajaqlari chujuqlari bekladigimiz dohiylari yetushtirajaklardir. Maorif uylari istadiklari qadar istadiklari yerdan qidira tursinlar. Biz nazariyalarimizi qoʻrimaq-la mashgʻuliz!”

 

Maryam Sultonmurodova

 

1922-yilning kuzida Turkiston kelajagi uchun Germaniya sari yoʻl olgan yigit-qizlar ana shunday edi! Ularning har biri fikri teran, ijtimoiy, siyosiy, adabiy jarayonlarni kuzatib boruvchi, fikr bilduruvchi, tahlil qiluvchi boʻlgan. Shu boisdanmi, ular oʻshanda tarix bergan oniy fursatlarda Yevropada olib kelgan ilm va tajribalari bilan oʻlkaning madaniy qiyofasini oʻzgartirib yuborishga muvaffaq boʻlishgandi. Bugun, oradan 100-yildan oshiq vaqt oʻtib, ularning fikrlari, amalga oshirgan ishlarini oʻqir, oʻrganarkanmiz, buning shunchaki tasodif emas, balki “germaniyachi” yoshlarning hammasi chin millatparvar, yoshidan koʻra aqlli, hur fikrli boʻlgani evaziga amalga oshganiga amin boʻlamiz.

 

Bahrom IRZAYEV,

Tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Ma’naviyat

17:03 / 21.03.2026 0 143
Zakovat va yuksak madaniyatning mustahkam ildizlari

Tarix

13:03 / 18.03.2026 0 401
Fayzulla Xoʻjayevning nohaq otilgan kotibi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

//