Yevropa fazo agentligi olimlari “Evklid” kosmik teleskopidan foydalangan holda ushbu teleskop tushirgan suratlardan koinot xaritasini yigʻishni boshladi.
260 ta tasvirdan mozaika shaklida yigʻilgan xaritaning birinchi qismi 14 milliondan ortiq galaktikalarni qamrab oladi. Ammo bu koʻlam olimlar chizishi kerak boʻlgan koinot xaritasining atigi 1 foizini tashkil qiladi.
Yevropa fazo agentligi tomonidan NASA bilan hamkorlikda 2023-yilda start berilgan “Evklid” missiyasi oʻsha yilning noyabrida va 2024-yilning may oyida oʻzining ilk suratlarini Yerga yubordi.
“Evklid” missiyasining maqsadi koinotning vaqt va makon boʻyicha uch oʻlchamli xaritasini yaratish, kosmos evolyutsiyasini tushunishga harakat qilish hamda koinot massasining 95 foizini tashkil qiluvchi qora energiya va qora materiya sirini aniqlashdir.
“Koʻlam mutlaqo noaniq”, dedi YFA ilmiy direktori Kerol Mundell Italiyada boʻlib oʻtgan Xalqaro Astronavtika Kongressi yigʻilishi chogʻida. Uning soʻzlariga koʻra, tasvirlarni toʻliq aniqlikda (208 gigapiksel) taqdim etish uchun 16 mingdan ortiq 4K televizori kerak boʻladi.
Olimlar “Evklid” yordamida koinotning eng katta va eng aniq xaritasini yaratishni maqsad qilgan. Tadqiqotning birinchi bosqichi aprel oyida boʻlib oʻtdi. Oʻshanda teleskop ikki hafta davomida janubiy osmonning toʻlin Oydan 500 baravar katta hududini suratga oldi.
“Rasmdagi koʻk chiziq – Somon yoʻlidagi chang va gazdir”, degan Mundell. Uning aytishicha, tasvirni kattalashtirish orqali yuzlab million yorugʻlik yili uzoqlikdagi harakatdagi galaktikalarni koʻrish mumkin. Ularning baʼzilarining markazlarida supermassali qora tuynuklar mavjud boʻlib, ular Yerdagi qurilmalar yordamida aniqlash mumkin boʻlgan gravitatsion toʻlqinlar chiqaradi.
Kelgusi olti yil ichida teleskop avtonom rejimda tungi osmonning uchdan bir qismini skanerlaydi. Tadqiqotchilarning hisob-kitoblariga koʻra, yakuniy xaritada yoshi 10 milliard yilgacha boʻlgan 8 milliardga yaqin galaktikani koʻrish mumkin boʻladi.
Galaktikalar klasterlari va tortishish kuchi yorugʻlikni qanday egishi kabi boshqa hodisalarni kuzatish orqali Evklid "kosmik toʻr" ni – materiyaning fazo va vaqtda taqsimlanishini oʻrganadi.
“Qora energiya va qora materiya galaktika klasterlari orasidagi boʻshliqlarning paydo boʻlishiga taʼsir qilar ekan, bu boʻshliqlarni oʻlchash bizga ularning tabiatini tushunishga yordam beradi”, degan YFA vakili Valeriya Pettorino.
Tarix
Tarix
Tarix
Jarayon
Til
Tarix
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q