Yangi O‘zbekiston: Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari


Saqlash
10:11 / 24.11.2021 11460 1

Bugun xalqimiz hayotida ulkan sifat o‘zgarishlari yuz bermoqda. Jumladan, Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashabbusi bilan 20172021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi mamlakatimizda tub demokratik islohotlar, transformatsion o‘zgarishlar davrini boshlab berdi. Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan, oshirilayotgan ishlar barcha sohalarni qamrab oldi. Eng asosiysi, mamlakatimizda insonning huquq va erkinliklarini, sha’nini, qadr-qimmatini, manfaatlarini, davlat organlarining jamiyat oldida hisobdorligini ta’minlash islohotlarning bosh maqsadi etib belgilandi.

 

Ayniqsa, xalq bilan muloqot qilish, majburiy mehnat va bolalar mehnatini bartaraf etish borasida qilingan ishlar, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan Davlat xizmatlari agentligi faoliyati, valyuta bozorining liberallashtirilishi, propiska tizimining bekor qilinishi va tashqi siyosatda salmoqli yutuqlarga erishilgani e’tiborga loyiq.

 

Joriy yilning sentabr oyida Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning O‘zbekistonning yaqin besh yildagi taraqqiyot strategiyasidan ko‘zlangan maqsadlar, belgilangan vazifalarni amalga oshirish tamoyillarini jamlagan “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” nomli kitobi chop etildi. Unda Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessansni qurish bo‘yicha qilinayotgan ishlar va milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritilgan. Ushbu asar “Yangi O‘zbekiston orzusi, bugungi kunlarimizga nisbatan aytganda, hozirgi davrning taqozosi, uning asl qiyofasini, harakatlantiruvchi kuchlari va omillarini belgilaydigan g‘oyaviy-ma’naviy asos, xalqimizga xos yaratuvchanlik shijoati va keng ko‘lamli islohotlarimizning yaqqol ifodasidir”, so‘zlari bilan boshlanadi.

 

“Harakatlar strategiyasi”ning mantiqiy davomi sifatida nashr etilgan ushbu  kitob konseptual ahamiyatga ega bo‘lib, unda mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar aniq bayon etilgan. Mazkur kitob o‘quvchilarda Yangi O‘zbekistonning zamonaviy demokratik qiyofasi qanday yaratilayotgani, mamlakatni yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarish uchun belgilab olingan strategik yo‘l to‘g‘risida yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini beradi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan saylovoldi uchrashuvlarida bildirilgan fikr-mulohazalar, amaliy taklif va tashabbuslar Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasini yanada takomillashtirishga xizmat qildi.

 

Yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidaYangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik islohotlar yo‘lini qat’iy davom ettiramiz” mavzusida so‘zlagan nutqida kelgusi besh yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlar haqida so‘z yuritildi.

 

Unda davlatimiz rahbari “El-yurtimiz biz boshlagan xalqchil islohotlarga bugun xayrixohlik va qat’iy ishonch bilan qarab, ularning hosili va samarasini tezroq ko‘rishni istamoqda. Ana shu haqli talabni inobatga olgan holda, biz Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqib, saylov jarayonida uni o‘ziga xos umumxalq muhokamasidan o‘tkazdik. Bu muhim konseptual hujjatda islohotlarimizning uzviyligi va davomiyligini ta’minlash maqsadida “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyil asosiy g‘oya va bosh mezon sifatida kun tartibiga qo‘yildi”, deya ta’kidladi. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi milliy rivojlanishimizning yangi bosqichini boshlab beradi. Bundan buyon jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi faoliyat “inson – jamiyat – davlat” degan yangi tamoyil asosida tashkil etiladi.

 

Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi 7 ta yo‘nalishdan iborat:

Birinchi yo‘nalish erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etishga qaratilgan. Buning uchun kelgusida davlat funksiyalarining katta qismi markazdan hududlarga o‘tkaziladi. Har bir mahallada hokim yordamchisi lavozimi joriy etiladi. Tuman byudjeti qo‘shimcha manbalar bilan ta’minlanib, mahallaning alohida jamg‘armasi shakllantiriladi. Markaziy idoralar transformatsiya qilinib, ixcham va samarali boshqaruv tizimi yaratiladi, bir xil yo‘nalishdagi vazifalarni amalga oshirayotgan idoralar optimallashtiriladi;

 

Ikkinchi yo‘nalish adolat va qonun ustuvorligini mustahkamlash, inson qadr-qimmatini ta’minlash vazifalarini qamrab olgan. Bu borada sudlov tizimi va advokatura instituti, huquq-tartibot organlari faoliyati takomillashtiriladi. Tadbirkor va mulkdorlar huquqlarining himoyasi kuchaytiriladi. Korrupsiyaga barham berishga davlat va jamiyatning barcha kuch va vositalari safarbar etiladi. Bunda aybdorlarni huquqiy javobgarlikka tortish bilan cheklanib qolmasdan, korrupsiyaning sabablarini oldindan bartaraf etish choralari ko‘riladi;

 

Uchinchi yo‘nalish milliy iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi rejalarni qamrab oladi. Bu borada 2030-yilga borib, jon boshiga hisoblaganda, aholi daromadlari o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga chiqish maqsad qilingan bo‘lib, bunga xususiy sektorni rag‘batlantirish va uning ulushini oshirish hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisobidan erishiladi. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlab, inflyatsiya darajasini belgilangan 5 foizgacha pasaytirish choralari ko‘riladi. Shuningdek, aholini uy-joy va toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, zamonaviy yo‘l va kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish, jamoat transporti hamda hududlararo qatnovlarni yaxshilash bo‘yicha ham yirik loyihalar amalga oshiriladi;

 

To‘rtinchi yo‘nalishga asosan adolatli ijtimoiy siyosat yuritish hamda inson kapitalini rivojlantirishning eng muhim omili hisoblangan sifatli ta’lim-tarbiya masalasi bundan buyon ham doimiy e’tibor markazida bo‘ladi.  Bu borada oliy toifali o‘qituvchilarning oylik maoshini 2025-yilga borib, ekvivalent hisobida 1 ming dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan. Yangi maktablar qurish, mavjudlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sohaning barcha bosqichlari o‘rtasida uzviylikni ta’minlashga qaratilgan Milliy ta’lim dasturi ishlab chiqiladi.

 

Aholi salomatligini mustahkamlash uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Kelgusi besh yilda oliy toifali shifokorlar maoshi ham ekvivalent hisobida 1 ming dollarga yetkaziladi. Viloyat, tuman va shaharlarda ixtisoslashgan tibbiy xizmatlar ko‘lami kengaytiriladi. Davlat tibbiy sug‘urta tizimi ishga tushirilib, mablag‘ aniq bemorga bog‘langan holda ajratiladi. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish muhim vazifa bo‘lib qoladi;

 

Beshinchi yo‘nalishga asosan ma’naviy va ma’rifiy sohalarda islohotlar amalga oshiriladi. Shu maqsadda “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi amalga oshiriladi. Madaniyat va san’atni yuksaltirish, yoshlarni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash, millatlararo hamjihatlik va o‘zaro hurmatni mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratiladi.

 

Zero, bugungi kunda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari yagona va ahil oila bo‘lib yashayotgani, fidokorona mehnati bilan mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgani e’tiborga loyiq. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti: “Bizning davlat siyosatimizda bundan buyon ham barcha millat va elat vakillarining milliy o‘zligini, ona tili va madaniyatini, dini, urf-odat va an’analarini saqlab qolish va rivojlantirishga ustuvor ahamiyat beriladi”, deya alohida ta’kidlab o‘tgani bejizga emas;

 

Oltinchi yo‘nalishga asosan global muammolarning milliy va mintaqaviy darajadagi yechimlarini topish, bu boradagi barcha sa’y-harakatlarni uyg‘unlashtirishga e’tibor qaratiladi. Xususan, Orolbo‘yini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi sifatida rivojlantirish, Butunjahon ekologiya Xartiyasini ishlab chiqish masalalari diqqat markazida bo‘ladi.

 

Mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi konferensiyada qabul qilingan qaror va hujjatlarning izchil bajarilishi uchun xalqaro hamkorlar bilan zarur chora-tadbirlar amalga oshiriladi;

 

Yettinchi yo‘nalishda mamlakatimizdagi tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi vazifalar o‘z ifodasini topgan. O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining qudratini yanada oshirish, harbiylarning jangovar shayligi, jismoniy va ma’naviy tayyorgarligini kuchaytirishga e’tibor qaratiladi. Xalqaro hamkorlikda pragmatik va chuqur o‘ylangan tashqi siyosat, iqtisodiy diplomatiya davom ettiriladi. Avvalo, qo‘shni mamlakatlar va dunyoning barcha mintaqalaridagi sheriklar bilan o‘zaro manfaatli va ko‘pqirrali aloqalar kengaytiriladi.

 

Umuman olganda, “Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi”da aks etgan maqsad va vazifalar mamlakatimizda “Inson qadri uchun” degan ustuvor tamoyilni to‘la ro‘yobga chiqarish – davlatimiz rahbarining ezgu sa’y-harakatlarida bosh mezon bo‘lib qolganligidan dalolat beradi.

 

Sanjarbek DAVLETOV,

 Urganch davlat universiteti prorektori,

tabiiy fanlar doktori

1 Izoh

исмаил ахмедов

20:07 / 09.07.2023

Главное - устранить коррупцию на всех уровнях власти. И в этом смысле я прошу Президента Шавката Мирзиёева, которого очень уважаю и почитаю за огромную энергию и труд на благо Узбекистана, не стать ненароком вторым Каримовым или вторым Назарбаевым, которых бесчестие, самомнение, самодовольство и дочки сгубили и которых теперь мы будем вспоминать всё реже и реже и только с негативной стороны. А стать как Махатма Ганди, бессеребренник и честнейший вождь народа, тогда и будет истинное величие на все времена. Ведь ничего не утаишь в этой жизни, а мне так хочется, чтобы мой президент Мирзиёев стал вровень с Махатмой Ганди, Нельсоном Манделой, Ли Куанг Ю, чтобы и через тысячу лет о нем вспоминали, как о герое узбекской нации и национальном достоянии, ставили памятники ему и писали книги о нем.

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Ma’naviyat

18:04 / 18.04.2024 0 134
Ey qarindoshlar!





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19165
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 7 15964
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi