Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2024-yilgacha bir qator mukofotlarga loyiq koʻrilgan.
Bular:
🔲 “Mehnat shuhrati” ordeni (1998-yil)
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Oʻzbekistonda iqtisodiyot va madaniyat yuksalishiga, xalq farovonligi oshishiga, tinchlik va barqarorlik saqlanishiga xizmat qiladigan ulkan ishlari uchun mazkur orden bilan mukofotlanadi.
🔲 “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni (2007-yil)
Ushbu orden bilan mamlakatning iqtisodiy va madaniy yuksalishiga, mudofaa qudratini kuchaytirish va milliy xavfsizligini taʼminlashga, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo hamjihatlikni mustahkamlashga, xalq farovonligini oshirishga katta hissa qoʻshgan, oʻzining isteʼdodi, bilim va tajribasini Vatanimiz ravnaqiga baxsh etib, fidoiylik namunasini koʻrsatib kelayotgan fuqarolar va harbiy xizmatchilar mukofotlanadi.
🔲 “Danaker” ordeni (Qirgʻiziston, 2017-yil)
Orden xalqlar oʻrtasida tinchlik, doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlash ishiga katta hissa qoʻshgan shaxslarga beriladi.
Maʼlumot uchun, Qirgʻizistonning ushbu davlat mukofoti bilan Rajab Toyyib Erdoʻgʻon, Dmitriy Medvedev, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I, jahonga mashhur violonchelchi Yo Yo Ma ham taqdirlangan.
🔲 AQSH-Oʻzbekiston savdo palatasining mukofoti (2017-yil)
🔲 Yevrosiyo oldidagi xizmatlari uchun mukofoti (2018-yil)
🔲 Osiyo jurnalistlar uyushmasining “Yil kishisi” mukofoti (2018-yil)
Ushbu yuksak mukofot Yevroosiyo mamlakatlari oʻrtasidagi oʻzaro foydali munosabatlarni ravnaq toptirishga sezilarli hissa qoʻshgan shaxslar va institutlarga koʻrsatilgan katta hurmat hamda ehtirom namunasi hisoblanadi.
🔲 1-darajali “Doʻstiq” ordeni (Qozogʻiston, 2018-yil)
Orden ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdagi ulkan xizmatlari uchun taqdim qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, 2018-yil Qozogʻistonda Oʻzbekiston yili deb eʼlon qilingan edi.
🔲 Nagoya universiteti faxriy doktori (2019-yil)
🔲 Turk dunyosini tiklashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun mukofoti (2020)
🔲 1-darajali “Zarrintoj” ordeni (Tojikiston, 2021-yil)
U Tojikistonning yuksak mukofoti hisoblanadi. Orden ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdagi ulkan xizmatlari uchun beriladi.
🔲 “Aleksandr Nevskiy” ordeni (Rossiya, 2022-yil)
“Aleksandr Nevskiy” ordeni taniqli xorijiy siyosiy va jamoat arboblariga, xorijiy davlatlar ishbilarmon doiralari vakillariga Rossiya Federatsiyasi bilan koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirishdagi xizmatlari va uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi koʻmagi uchun beriladi.
🔲 “Turkiy dunyoning oliy ordeni” (2023-yil)
Orden turkiy xalqlar oilasining birligini mustahkamlashga, turkiy mamlakatlarning manfaatlari va qarashlarini xalqaro maydonda faol ilgari surishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun topshiriladi.
🔲 MDH Faxriy nishoni (2023-yil)
Bu nishon MDH Davlat rahbarlari kengashining 2002-yil 7-oktyabrdagi qarori bilan ta’sis etilgan bo‘lib, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga alohida hissa qo‘shgan shaxslarga beriladi.
🔲 Turkiya Respublikasi ordeni (2024-yil)
Nishon Turkiya bilan doʻstlik aloqalarini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan davlat amaldorlariga beriladi.
🔲 “Oltin Qiron” (“Oltin burgut”) ordeni (Qozogʻiston, 2024-yil)
Qozogʻiston bilan doʻstona munosabatlarni mustahkamlashga ulkan hissa qoʻshgan davlat arboblariga “Oltin Qiron” oliy ordeni beriladi.
Adabiyot
Til
Adabiyot
Adabiyot
Jarayon
Til
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q