Oyina.uz portali o‘zbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA O‘QISHI SHART BO‘LGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi. Loyihaning 75-kuni jurnalist Ahmadjon Meliboyev “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Mahmud Koshg‘ariy, “Devonu lug‘otit-turk” kitobi;
2. Alisher Navoiy, “Xamsa” asari;
3. Zahiriddin Muhammad Bobur, “Boburnoma” asari;
4. Odil Yoqubov, “Ulug‘bek xazinasi” romani;
5. Osho, “Ijod” kitobi;
6. Anton Chexov, “6-palata” qissasi;
7. Javaharlal Neruning qamoqxonadan qiziga yozgan maktublari;
8. Jaloliddin Rumiy, “Ichindagi ichindadur” asari;
9. Stefan Sveyg, “Mariya Styuart” romani;
10. Chingiz Aytmatov, “Qiyomat” romani.
Ahmadjon Meliboyev 1946-yili O‘sh viloyatida tug‘ilgan. 1974-yili Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini gazetada boshlagan. So‘ng “Yoshlar” nashriyotida o‘rinbosar, O‘zbekiston televideniyesida siyosiy sharhlovchi, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida bosh muharrir, O‘zbekiston Pezidentining Davlat maslahatchisi lavozimlarida ishlagan. Hozirda “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri.
“Bir zaminda yashaymiz”, “Umidli dunyo”, “Yolg‘iz yashab bo‘lmaydi”, “Hushtakni kim chaladi?”, “Umr uchar yulduz”, “Torning cho‘michdan farqi”, “Suvora sog‘inchi”, “Qirq beshinchi bekat”, “Qabohat to‘ri”, “Rizq daraxti”, “O‘zingni o‘zing boshla” nomli publitsistik to‘plamlari, “O‘ng‘or ertaklari”, “Safed Bulon hikoyalari” nomli nasriy asarlari hamda qator o‘quv qo‘llanmalari chop qilingan.
Ahmadjon Meliboyev 2018-yili Oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi pedagog” respublika tanlovida, 2019-yili “Oltin qalam” tanlovida g‘olib bo‘lgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
Adabiyot
Til
Adabiyot
Adabiyot
Jarayon
Til
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q