Oyina.uz portali oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi. Loyihaning 73-kuni iqtisodiyot fanlari doktori, professor Samariddin Elmirzayev “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Murod Muhammad Do‘st, “Lolazor” romani;
2. Tog‘ay Murod, “Otamdan qolgan dalalar” romani;
3. O‘tkir Hoshimov, “Ikki eshik orasi” romani;
4. Abdulla Oripov she’rlari;
5. Javlon Jovliyev, “Qo‘rqma” romani;
6. Chingiz Aytmatov, “Asrga tatigulik kun” romani;
7. Ahmad Lutfiy Qozonchi, “Saodat asri qissalari” asari;
8. Masaru Ibuka, “Uchdan keyin kech” asari;
9. Jorj Oruell, “1984” romani;
10. Charlz Uilan, “Yalang‘och iqtisodiyot” asari.
Samariddin Elmirzaev 1982-yil Samarqand viloyati Nurobod tumanida tug‘ilgan. Toshkent moliya instiuti (hozirgi TDIU)ning bakalavriat (2006), magistratura (2008) bosqichini tamomlagan.
Samariddin Elmirzayev mehnat faoliyatini Toshkent moliya institutida laborant lavozimidan boshlagan. Keyinchalik shu institutda assistent, katta o‘qituvchi, dotsent, dekan o‘rinbosari, professor, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2022-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi “Investitsiyalar va kapital bozori” kafedrasi mudiri.
18 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida moliya sohasiga doir 15 ta darslik, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 6 ta ilmiy monografiya, 70 dan ortiq ilmiy, 20 dan ortiq publitsistik maqolalarga mualliflik qilgan.
“Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti – 2016” respublika tanlovi g‘olibi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Tarix
Jarayon
Tarix
Jarayon
Adabiyot
Ma’naviyat
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q