Ma’naviyat
Oyina.uz portali o‘zbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA O‘QISHI SHART BO‘LGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi.
Loyihaning 71-kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Olim Toshboyev “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. “Alpomish” dostoni;
2. Alixonto‘ra Sog‘uniy, “Tarixi Muhammadiy” asari;
3. Zahiriddin Muhammad Bobur, “Boburnoma” asari;
4. Abdulla Oripov she’rlari;
5. Shukur Xolmirzayev hikoyalari;
6. Lev Tolstoy, “Urush va tinchlik” romani;
7. Ivan Turgenev, “Otalar va bolalar” romani;
8. Ibn Battuta, “Sayohatnoma” asari;
9. Piter Hopkirk, “Katta o‘yin” asari;
10. G‘iyosiddin Xondamir, “Makorim ul-axloq” kitobi.
Olim Toshboyev 1971-yili Surxondaryo viloyati Boysun shahrida tug‘ilgan. 1994-yil Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Olim Toshboyev mehnat faoliyatini O‘zbekiston radiosining “Adabiyot va radioteatr” bosh muharririyati katta muharriri lavozimidan boshlagan. “O‘zbekiston” telekanali “Ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy” dasturlar bosh muharririyatining bosh muharriri, direktori, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari, “Madaniyat va ma’rifat” telekanali” DUK direktorining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. Hozirda O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti “Axborot xizmatlari va jamoatchilik bilan aloqalar” kafedrasi dotsenti.
Uning “Abadiy zamondosh” adabiy-portret, “Oybolta ostidagi olomon” jurnalistik tadqiqot, “Botindagi bo‘ron” adabiy-publitsistik maqolalar kitoblari hamda “Ultontoz”, “Kishan” nomli romanlari chop etilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist (2009), filologiya fanlari nomzodi.
Ma’naviyat
Adabiyot
Tarix
Mafkura
Tarix
Til
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Jarayon
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q