Johil odam soqol qo‘yib, ko‘zini olaytirib, qo‘lini siltab so‘zlagani bilan olim bo‘lib qolmaydi.
NTV telekanalida bir sharlatanni tutib kelib gapirtirishibdi. Nima emish: “o‘zbeklar hech qachon bo‘lmagan emish”. Albatta, bu gapga uning o‘zi ham ishonmaydi. Bir vaqtlar ana shu “yo‘q” o‘zbeklar Amir Temur bilan borib, uning xalqini qirg‘indan saqlab qolganini har bir maktab o‘quvchisi biladi.
Unda nega aytdi? Chunki ko‘rinishi olimsifat, noshukr, olchoqni topib, shunday dedirish NTVga kerak bo‘lgan. Bu mafkura masalasi.
Nega? Chunki O‘zbekiston kuchayib boryapti. “Yangi O‘zbekiston”, “Toshkent”, “Samarqand”, degan so‘zlar jahon trendiga chiqdi. Bu davlat birovga bo‘ysunmay, dadil rivojlanyapti. Eng muhimi – uning ko‘zga tashlanayotgan ertangi qudrati. Bugungi O‘zbekiston xalqining shiddati g‘ashini keltiryapti xorij ideologlarini. Ularga qolsa, o‘zbeklar hech qachon bo‘lmasa. “O‘zbekiston Respublikasi”, degan davlat bo‘lmasa...
Xalqimiz bilgich. “Mevali daraxtga tosh otiladi”, deydi. NTV o‘zbekning chappar urib gullayotgan daraxtiga tosh otyapti. “Mevasi bizga tegmaydimi, hech kimga tegmasin”, deb. Lekin biz bugun kechagi, og‘zidagini oldirib qo‘yadigan o‘zbeklar emasmiz. Tosh otganning toshini olib, ikki ko‘zining o‘rtasidan uramiz.
Xullas, aziz vatandoshlar! Aziz ziyolilar!
Hurmatli Prezidentimiz aytganlaridek, bu yorug‘ dunyoda “o‘zbek”, “O‘zbekiston” degan nomlar bilan yashash uchun kurashishimiz kerakligi yana bir marta o‘z tasdig‘ini topdi. Ertaga kech bo‘ladi.
O‘zligimizni ko‘ksimizda asrab, bir-birimizga jonu jigar bo‘lishimiz kerak. Biz birlashsak, bizni to‘xtata oladigan kuch yo‘q.
Biz bo‘lganmiz!
Bormiz!
Bo‘lamiz!
Muhammadjon QURONOV,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi
Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari
Tarix
Tarix
Tarix
Tarix
Tarix
Jarayon
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q