
Oyina.uz portali oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi.
Loyihaning 64-kuni Oʻzbekiston xalq artisti Olimjon Salimov “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. “Ellada qahramonlari” (yunon ertaklari)
2. Ernest Xeminguey, “Chol va dengiz” qissasi
3. Chingiz Aytmatov, “Sohil yoqalab ketayotgan olapar” qissasi va “Qiyomat”” romani
4. Chexov, “Oltinchi palata” qissasi va “Olchazor” pyesasi
5. Lev Tolstoy, “Ivan Ilichning oʻlimi” va “Xolstomer” hikoyalari
6. Gogol, “Shinel” qissasi
7. Gabriel Garsia Markes, “Yolgʻizlikning yuz yili” romani
8. OSHO, “Ijod” va “SIR”( Sufizm haqida suhbatlar) kitoblari
9. Abdulla Qahhor, “Anor” va boshqa hikoyalari
10. Alisher Navoiy, “Shayx San'on qissasi” (“Xamsa”dan).
Rejissyor Olimjon Salimov 1947-yil Namangan viloyati Kosonsoy shahrida tugʻilgan. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (hozirgi OʻzDSMI)ning aktyorlik, rejissyorlik fakultetlarini tamomlagan. Rejissyor sifatida “Bir xonada qoʻsh hangoma” (Vampilov), “Sohil yoqalab chopayotgan olapar” (Chingiz Aytmatov), “Jafoga vafo” (Alp Jamol), “Temir xotin” (Sharof Boshbekov, “GranPri” mukofoti, 1988, 1989-yillar), “Toshkentga sayohat” (Hamza), “Ot yigʻlagan tomonda” (Togʻay Murod), “Ufq” (Said Ahmad), “Boz masxaraboz” (Olimjon Salimov), “Sohibqiron” (Abdulla Oripov), “Turna patlari” (Dzuindzi Kinosito), “Ikki moʻjiza” (K. Gotssi), “Dala sayli” (“Piknik”, F. Arabbal), “Uchar tabib” (Moler), “Ishlagandek boʻlaylik” (Erkin Aʼzam) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Uning spektakllari xalqchilligi, milliyligi, anʼanalarni yangicha, zamonaviy qarashlarga mos ifoda vositalarida uygʻunlashtirilgani bilan ajralib turadi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1990), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1991), Oʻzbekiston xalq artisti (1992) unvonlari bilan mukofotlangan.
Falsafa
Jarayon
San’at
Vatandosh
Adabiyot
Adabiyot
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
Til
//
Izoh yo‘q