Oyina.uz portali oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi.
Loyihaning 62-kuni siyosatshunos Farhod Tolipovning kitob tavsiyasi bilan tanishing:
1. Lev Tolstoy, “Urush va tinchlik” romani;
2. Abdulla Qodiriy, “Oʻtkan kunlar” romani;
3. Alisher Navoiy, “Xamsa” asari;
4. Frans Kafka, “Qalʼa” romani;
5. Ernest Heminguey, “Motam qo‘ng‘irog‘i” (ruschasi: “По ком звонит колокол”, inglizchasi: “For Whom the Bell Tolls”) romani;
6. Onore de Balzak, “Inson komediyasi” epopeyasi;
7. Iogann Gyote, “Faust” tragediyasi;
8. Gomer, “Odisseya” dostoni;
9. Fridrix Nitshe, “Zardusht tavallosi” falsafiy romani;
10. Genri Kissinjer, “Diplomatiya” kitobi.
Farhod Tolipov 1961-yili Toshkent shahrida tugʻilgan. 1983-yili ToshDU (hozirgi OʻzMU)ni tamomlagan. 1994–2005-yillari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida, 2005–2010-yillari O‘zbekiston Milliy universitetida dars bergan. 1998–2002-yillari Oʻzbekiston Prezidenti Devonida konsultant, yetakchi konsultant va bosh konsultant lavozimlarida xizmat qilgan. Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida ilmiy xodim bo‘lib ishlagan.
Farhod Tolipov siyosiy fanlar doktori (PhD). Xalqaro xavfsizlik, zamonaviy geosiyosat, strategik tahlil, Markaziy Osiyoda mintaqaviylik sohalariga ixtisoslashgan. Rimdagi NATO mudofaa kolleji, Garvard universitetida stajirovka o‘tagan. AQSh, Germaniya, Fransiya, Turkiya universitetlarida ma’ruza o‘qigan. 210 dan ortiq ilmiy ishlar, monografiya, maqola va tesizlar muallifi. Ayni paytda “Bilim karvoni” nodavlat notijorat ilmiy muassasasi direktori, Toshkentdagi Webster universiteti professori.
Adabiyot
San’at
Til
Adabiyot
Jarayon
Ma’naviyat
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q