O‘zbekistonda suv resurslarining unikal xaritasi yaratildi: muallifi – yoshlar!


Saqlash
10:11 / 13.11.2023 600 0

“MediaDataLab” jamoasi qariyb bir yil mobaynida aholining suv resurslaridan unumli foydalanish, suvni tejash madaniyatini oshirish va ekologik muammolarning oldini olish maqsadida tashkil qilingan “Suv bormi?” ijtimoiy loyihasini ilgari surdi. Loyiha yoshlarning suv resurslari va atrof-muhit mavzusiga doir ijtimoiy qarashlarini o‘rganish, ularda suv va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ko‘nikmasini rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi.

 

 

 

Ushbu loyihaning komponentlaridan biri sifatida yoshlar orasida tadqiqot amalga oshirildi va u orqali yoshlarning suv resurslari, suvdan oqilona foydalanish va suv inqirozi kabi muhim mavzulardagi qarashlari tahlil qilindi. Loyihaning ushbu bosqichida aholi, asosan, 14 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida, ularning kundalik hayotida va qaror qabul qilishda suv mavzusining dolzarbligi yuzasidan sotsiologik so‘rov o‘tkazildi. Unda jami 1 583 respondent ishtirok etdi. So‘rov uch tilda (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) maxsus ishlab chiqilgan Telegram bot yordamida amalga oshirildi.


Shuningdek, loyiha davomida Yoshlar ishlari agentligi ekologiya yo‘nalishining 300 dan ortiq faol va iste’dodli sardorlari “Suv bormi?” doirasida suv muammosi haqida kreativ
kontent yaratishda ishtirok etdilar.

 

 

 

Loyihaning yutuqli jihatlaridan yana biri sifatida sanash mumkinki, joriy yil 23–25-aprel kunlari “Suv va suv resurslari haqida jamoatchilikni xabardor qilish va fotofaktlar yig‘ish” mavzusida 50 dan ortiq ekofaol yoshlar uchun seminar-trening o‘tkazildi. Trening turli interaktiv mashg‘ulotlarga boy bo‘lib, unda ishtirokchilar O‘zbekistonda suv mavzusi nega dolzarb, suvning tasnifi va sifati kabi savollar yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, suv mavzusida suratga olish, video va fotomateriallar tayyorlash haqida ko‘plab qiziqarli va zarur axborotlar taqdim etildi. Bundan tashqari, 20–23-may kunlari O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi sardorlarining an’anaviy XXII anjumani doirasida “Ekologik muammolar mavzusida foto tayyorlash amaliyoti” mavzusida trening va amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Trening davomida “Suv bormi?” loyihasida faol ishtirok etib, kreativ kontent yaratgan “Kamalak” bolalar tashkiloti sardorlari “MediaDataLab” tomonidan qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

 

 

“Suv bormi?” doirasida o‘tkazilgan yana bir ahamiyatga molik tadbir “Men bir kunda suvni qanday tejayman” oylik aksiyasi bo‘ldi, u necha o‘nlab faol yoshlarni qamrab olishga erishdi. Sarhisobning muhim elementlaridan biri sifatida 28-iyul kuni “Suv bormi?” loyihasi tomonidan O‘zbekiston suv xaritasini yaratish bo‘yicha ekofaol yoshlar uchun videokonferensaloqa shaklidagi trening o‘tkazilganligini ham sanab o‘tish kerak. Trening davomida “MediaDataLab” ekspertlari tomonidan suv xaritasini yaratish yuzasidan tashkil etilgan telegram botdan foydalanish, xarita uchun ijodiy ishlarni jo‘natish va hududlarda suv ta’minoti yuzasidan tadqiqot o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Trening davomida ishtirokchilar interfaol o‘yinlar, prezentatsiyalar va ochiq muloqot orqali fikr almashishdi. 

 

Suv xaritasini yaratish uchun botga 150 dan ziyod ko‘ngillilar ma’lumotlarni yubordilar va bu O‘zbekiston suv resurslarining ko‘rinishi va holatini baholashga imkon beruvchi unikal xaritaning yaratilishi uchun asos bo‘ldi. Xaritani yaratishda bevosita ishtirok etgan yoshlar turli suv obyektlaridan foto-hikoyalar tayyorlash jarayonida ham qatnashdilar. Loyiha davomida har bir bosqichda faol ishtirok etgan yoshlar va ko‘ngillilar muntazam taqdirlanib borildi.

 

“MediaDataLab” yoshlar orasida suvdan oqilona foydalanish, uni asrash, suv inqirozini tushunish va anglash g‘oyalarini ilgari surish tomon dadil qadamlar tashladi va bu qadamlar oylar, yillar o‘tgach o‘z mevasini berishi muqarrar. Tashkilot kelgusida ham sayyoramizning cheklangan resurslarini avaylashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish va kengaytirishga harakat qiladi va barchani bu ezgu amal yo‘lida birlashishga chorlaydi.

 

 

Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

 

Dilbar ISMATULLAYEVA

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Adabiyot

18:04 / 05.04.2024 0 19311
Yaponiya sotuvga qo‘yiladi

San’at

11:08 / 28.08.2021 8 16389
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi